Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

 
T R A G YE D I YA 
Tragediya – Grekcha tragos-echki va ode- qо‘shiq sо‘zlaridan olingan 
bо‘lib, kо‘lam e’tibori bilan fojea ma’nosini anglatadi. Tragediya, asosida kelishib, 
ya’ni kelishtirib bо‘lmaydigan ziddiyat yotuvchi, oqibatda fojea bilan tugovchi 
dramatik turga mansub janrlardan biri hisoblanadi. Tragediya о‘z asosidagi 
konfliktning xarakteri va xarakterlarning о‘ziga xosligi bilan drama va 
komediyadan tubdan ajralib turadi. Tragediyadagi tо‘qnashuv juda ham shiddatli, 
keskin bо‘lishi bilan birga, u hamma vaqt ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot, 
insoniyatning ilg‘or ma’naviy hayoti bilan bog‘liq xolda hal etiladi. Shuning uchun 
ham tragediyada inson maishiy hayotining, tarixiy taraqqiyotning muhim 
masalalari falsafiy tarzda keskin hal etiladi. Hayotdagi ikir-chikir voqea-xodisalar, 
maxalliy yoki shaxsiy kolliziyalar tragediya uchun asos bо‘la olmaydi. Mana 
shularni nazarda tutgan ulug‘ rus tanqidchisi V.T.Belinskiy tragediyaga “dramatik 
poeziyaning oliy bosqichi va gultojidir”, deb baho bergan edi.
Tragediya dramatik turga mansub janrlardan biri sifatida bir necha 
taraqqiyot bosqichlarini bosib о‘tdi. U dastlab qadimgi Gretsiyada paydo bо‘lib, 
uning dastlabki kо‘rinishi may xudosi Dionis sharafiga echki sо‘yib о‘tkazilgan 
bayram tomoshalaridan iborat bо‘lgan. Shuning uchun ham bu janr nomi “echki” 
va “qо‘shiq” sо‘zlaridan tashkil topgan. 
Tragediya eramizgacha bо‘lgan V asrda juda ham taraqqiy etdi. Uning 
bunday rivojida Esxil, Sofokl, Evripid kabi qadimgi dramaturglarning xizmati 


117 
benihoya katta bо‘ldi. Bu davrdagi tragediya rivojining о‘ziga xos obyektiv 
sabablari ham bor.
Demokratik respublika sifatida shahar-davlatlar yuzaga kelib, urug‘chilik 
jamoasi yemirila boshlashi tragediya konflikti va u bilan bog‘liq qaxramonlar 
xarakterida о‘zgarishlar yuz berishiga sabab bо‘ldi: mifologik qahramonlar va 
konfliktlar о‘rnini butunlay real insoniy obrazlar va ziddiyatlar egallab oldi. 
Eramizgacha bо‘lgan IV asrning birinchi yarmida Afina demokratiyasining 
inqirozga uchrashi bilan qadimgi tragediya rivoji ham tо‘xtadi. Rim imperiyasi 
davrida esa tragediya janrida Seneka ijod qila boshladi. Biroq uning tragediyalari 
qadimgi grek tragediyalariga taqlid qilishdan iborat bо‘lib, ular janr tabiatiga 
sezilarli ta’sir kо‘rsata olmadi. Sharqda esa tragediya eramizning IV asri oxirlari va 
V asrning boshlarida Hindistonda, asosan Kalidasa ijodida rivojlandi. XIII-XIV 
asrlarda tragediya Xitoyda bir muncha taraqqiy topdi. Yevropada esa о‘rta asrlar 
sharoiti tragediyaning rivojiga keng imkoniyat bermadi.
Uyg‘onish davriga kelib ingliz dramaturgi V.Shekspir ijodida tragediya 
о‘zining yuksak rivojlanish bosqichiga kо‘tarildi. О‘rta asrlar feodal jamiyatining 
yemirilishi, gumanizm g‘oyasining о‘sishi va ijtimoiy faollikning kuchayishi bu 
janrning yuksaklikka kо‘tarilish sabablaridan biri bо‘ldi. Shekspir tragediyalari 
nison aql-zakovatining tantanasiga ishonch, hayotbaxshlik pafosi, razillikning 
keskin fosh etilishi ichki dramatizm bilan sug‘orilgandir. Bu davrda uning 
“Gamlet”, “Rameo va Julyetta”, “Qirol Lir”, “Venetsiyali savdogar”, “Otello” kabi 
mumtoz tragediyalari yaratildi. Shekspir tragediya janriga quyidagi muhim 
о‘zgarishlarni kiritdi:
1. Qadimgi grek tragediyalariga xos bо‘lgan xor о‘rnini aktyorlar
dramatizm va jonlilik egalladi.
2. Tragediya tarkibidan real hayotiy fojeaviylik bilan birga, hayotiy 
komiklik ham о‘rin oldi.
3. Tragediya tili jonli xalq tiliga yaqinlashtirildi. Shakl jihatdan esa 
kо‘proq oq she’r bilan aralash holda nasriy parchalar ham kiritildi. Bular tragediya 
janrida realistik tasvir qudratini oshirdi: 


118 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling