Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. “CHо‘pqо‘g‘irchoq” spektaklida ilgari surilgan mavzu
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. An’anviy teatr dramaturgiyasi haqida tushunchangiz? 2. A’naviy о‘zbek teatrida dramaturglaridan kimlarni bilasiz? 13-mavzu. An’anaviy qо‘g‘irchoq teatri spetsifikasi 1. A’naviy qо‘g‘irchoq teatri tushunchasi 2. О‘zbek qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyachi 3. “CHо‘pqо‘g‘irchoq” spektaklida ilgari surilgan mavzu О‘zbek an’anaviy san’atining qadimiy turlaridan yana biri xalq qо‘g‘irchoq teatridir. Hamma xalqlar madaniyatida bо‘lgani kabi О‘zbekistonda ham boy an’analarga ega qо‘g‘irchoq teatri bо‘lgan. Tomosha san’atining bu turida «chodir 104 xayol», «Fonus xayol» va «qо‘l qо‘g‘irchoq» tomoshalari ayniqsa mashhur bо‘lgan. Bolalar dramaturgiyasi borasida sо‘z ketganda, eng qiziq va osondek tuyulgan ushbu yо‘nalishda qalam tebratadigan dramaturglar soni barmoq bilan sanarli darajada desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Bolalar dramaturgiyasida Ertak yozish unga qahramonlar topish ya’ni tanlash biroz mushkul... Dramaturg Erkin Xushvaqtovning “CHо‘pqо‘g‘irchoq” qо‘g‘irchoq teatriga mо‘ljallangan ertagi juda sodda va bolalar tilida tushunadigan shaklda yozilgan. I – P A R D A I – KО‘RINISH Hovlidagi daraxtni tagida supa. Burchakda supurgi, axlat chelak, obtava, chilopchin qо‘yilgan. qurbon momo supada о‘tirib, quroq kо‘rpacha tikayapti. Yonida nevarasi pishillab uxlab yotibdi. Nevarasi uyqudan chо‘chib uyg‘onadi. - Aya-ayajon! (baqirib uyg‘onadi) - Mening gо‘zal nevaram noz uyqudan turibdilarda. - A-a-a (arillab yig‘laydi). - Uyqungiz chala bо‘ldimi? - Ayam qanilar (yig‘laydi)? - Ishga ketgan. - A-yam (yana yig‘laydi). - Uyqungiz chala bо‘lgan bо‘lsa, uxlang Nozibonu. - Uyqum qochib ketdi. - qayerga qochib ketdi? - Bilmayman, uyqumni ushlab bering! - Voy tavba qildim, qanday ushlayman. - Ushlab berasiz, ushlab berasiz. - Hozir, hozir Nozibonu, uyqusi orqangga qayt, qaytmasang senga la’nat, qaytarmasam menga la’nat, qayt orqangga (qо‘lini osmonga siltaydi)! - Tezroq ushlab bering, uxlolmayapman. 105 - Ana, mana ushladim(ushlagan bо‘ladi)! - qani u? - Changalimda mahkam ushlab turibman. - Kо‘rsating! - Changalimni ochsam qochib ketadi. - Kо‘zimga kо‘rsatasiz. - Yostig‘ingizni tagiga tiqib qо‘yaman(musht qilingan qо‘lini yostiqni tagiga tiqadi). - Aldayapsiz. - Aldasam har narsa bо‘layin-a, uxlang(yelkasiga uradi). - Buvijon, buvijon! - Labbay Nozijon. - Boshginam og‘riydi-yey (yotgan joyidan xirgoyi qiladi). - Boshginangizdan buvingiz aylansin, nimalarga og‘riydi-yo?! - Bozorlarda bо‘lar emish, Attorlarda sotilar emish, Ana uni oti tilla bargak, Ana о‘shangga og‘riydi-yo. - О‘shangga og‘risayo, Alam-o, alam-o. - Buvijon, buvijon, quloqqinam og‘riydi-yo. - Ha qulog‘ingizdan buving о‘rgilsin, Nimalarga og‘riydi-yo? - Bozorlarda bо‘lar emish, Attorlarda sotilar emish, Ana uni oti tilla sirg‘a, О‘shanga og‘riydi-yo. - Ha, о‘shanga og‘risa-yo, Alam-o, alam-o. 106 - Buvijon, buvijon, Oyoqqinam og‘riydi-yo. - Ha, oyoqqinangizdan buving о‘rgilsin, Nimalarga og‘riydi-yo? - Bozorlarda bо‘lar emish, Dо‘konlarda sotilar emish, Ana uning oti tilla kovush, О‘shanga og‘riydi-yo. - Ha, о‘shangga og‘risa-yo Alam-o, alam-o. Ha kо‘ngillarini kо‘chalaridan о‘rgilay, kecha tuxumdan chiqqan jо‘ja ham faqat tilla xohlaydilar-a! - Uyqumni ushlab bermadingiz, uyqum kelmayapti. - Uyqungiz kelmayotgan bо‘lsa, turing о‘rningizdan. - Turmayman ham, yurmayman ham. - Kechqurun uxlaganingizda shaytonlar, ajinalar yuzingni yalab-yalab, og‘zingizga tuflab ketgan. - A-a-a..(yig‘laydi). - Turmasangiz, men sizga ertak aytib beraman. Uyqungizni о‘zi keladi. - Eshitishni istamayman. - Eshiting! Bor ekanda, yо‘q ekan. - Nima yо‘q ekan? - Ertak shunaqa boshlanadi. Och ekanda, tо‘q ekan. - Kim och ekan. - Podshosi nodon, yurtning odamlari och ekan. - Shunaqa yurt bor ekanmi? - Bor. qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. - Injiq о‘rtog‘imga о‘xshab chaqimchi ekanmi? - Ha! qirg‘ovul qizil ekan, tumshug‘i uzun ekan. - qayeri uzun ekan? 107 - Tumshug‘i uzun ekan. qadim о‘tgan zamonda yo Mashriq yo Marg‘ib tomonda saxiy, mard о‘z sо‘zida turadigan dono podsho bо‘lgan ekan. Uni oy desa oydayin, kun desa kundayin suluv qizi bor ekan. - Menga о‘xshar ekan-da! - Xuddi sizga о‘xshagan ekan. U injiq, erkatoy… - A-a-a-.. - Emas ekan, U gо‘zal qiz sо‘lim bog‘da, baland kо‘sikda turar ekan. - Kо‘sik nima? - Ertaklardagi malikalar kanizlari bilan turadigan baland minora. Kо‘sikning tagida oppoq ot bog‘langan turar ekan. О‘sha qiz har tong erta turib, oq otiga minib, qoya ostidan mildirab chiqadigan buloq suviga gul chehrasini chayib qaytar ekn. U qizni tong parisi der ekan. III - K О‘ R I N I SH Hovli, daraxt, supa, axlat chelak, supurgi, obtava, chilopchin, о‘yinchoqlar о‘z holiga qaytadi. CHо‘pqо‘g‘irchoq yо‘q bо‘ladi. Nozibonu о‘z holiga kelganidan hayron bо‘ladi. Xursand bо‘lganidan hovliga suv sepib kichrayib qolgan supurgi bilan supura boshlaydi. Momo kiradi. - (kuzatib turadi) quyosh qayoqdan chiqdi, qizim?! Hamma yoq toza, orasta! - Men endi har kuni tongda turaman, yuz-kо‘zlarimni yuvaman. Hovlini supiraman! - О‘zimning aqlli-farosatli qizim! - (Momosini kо‘ksiga boshini qо‘yadi) Endi sizni sira ham xafa qilmayman. Meni kechiring! Erkalik ham qilmayman. - Kirar aqling kirib qolganidan xursandman! - Voy mening chо‘pqо‘g‘irchog‘im qani? (atrofga qaraydi) - Meni esdan chiqarib qо‘ydinglar-a! - Zulmat saltanatining shohi Kalamushni zulmidan, baloyu ofatlardan asrab qolgan CHо‘pqо‘g‘irchog‘im! - Momoga rahmat ayting! - Mо‘jizani qarang, siz yasab bergan chо‘pqо‘g‘irchoqqa jon kirib ketdi. 108 - Rahm-shavqatli, mehr-muhabbatli bо‘lsa chо‘plarga ham jon kiradi. Umid bilan suqilgan tayoq bir kun berar meva-yaproq, deganlar-ku! Tugma boshim, Nurli yuzim, Latta yuzim. Jonli о‘zim. Ipdan yuzim, Kuyar dilim, CHо‘pqо‘g‘irchoq. CHо‘pqо‘g‘irchoq. CHо‘pdan tanim, Donolarga, Bordir qalbim. Bolalarga. Oqar yoshim, Men ovunchoq, CHо‘pqо‘g‘irchoq. CHо‘pqо‘g‘irchoq. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling