Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.
- 2. Teatrshunoslar ijodida an’anaviy teatr tushunchasi 3. Xalq og‘zaki dramasi
16
Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (Yozg‘uchidan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994y, 6-b. 102 aktyorlarning aksariyati о‘z ijro manerasiga ega bо‘lsada, roman ruhi va poetik dunyosiga kirib borish uchun tinimsiz mehnat qilish lozim. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Inssenirovka qilingan asarlarning sahnalashtirilishi va muallif yondashuvi haqida fikringiz? 2. Qaysi teatrlarda inssenirovka qilingan asarlar sahnalashirilgan? 3. Respublika va viloyat teatrlarida inssenirovka masalasi 12-mavzu: О‘zbek an’anaviy teatri 1. An’naviy teatr tushunchasi 2. Teatrshunoslar ijodida an’anaviy teatr tushunchasi 3. Xalq og‘zaki dramasi An’anaviy о‘zbek teatri tushunchasiga xalq turmushi va madaniy hayotida tomosha va taqlid qilishga oid unsurlardan tortib, asrlar davomida shakllanib, yashab kelgan masxaraboz, qiziqchilar san’ati va qо‘g‘irchoqbozlik kiradi. Xalq og‘zaki dramasi an’anaviy о‘zbek teatri tomoshalarining adabiy asosi bо‘lib, masxaraboz va qiziqchilar shu og‘zaki pyesalarning mashhur va xalqqa manzurlari asosida о‘z truppalari repertuarini yaratib, tomoshalar kо‘rsatishgan. Masxaraboz va qiziqchilar teatrida asosan ikkita janr mavjud bо‘lib, ular tanqid va muqallid deb ataladi. Estetik nuqtai nazardan bu ikki janrni bir-biridan ajratib turadigan keskin tо‘siq yо‘q, aksincha, bir-birini tо‘ldiradi. Ammo har ikkisini birlamchi vazifasi mavjud: tanqidda bosh vazifa hayotda insonlar tabiatida mavjud kamchiliklarni tanqid, hajv, shuningdek, hazil, kulgi ostiga olish bо‘lsa, muqallidda inson – erkak va ayol, katta yoki kichik, jonzod qiyofasi, xatti- harakatlarini о‘rniga qо‘yish birlamchi shart sanaladi. Tanqid janridagi tomoshada muqallidga omuxta tanqid alomatlarining bо‘lishi tabiiy holdir. Chunonchi, muqallid janrida ish kо‘rish, uning shartlariga amal qilish an’anaviy teatr aktyorining tanqid janridagi ijrosida obraz qiyofasini topishga, hayotiy 103 о‘xshatishda ijrochini izlanishlarga undasa, taqlid janridagi tomoshada quruq taqlid (naturalizm)dan qochib obraz mohiyatini ochishda kesatiq, mubolag‘a, bо‘rttirish, о‘zining xatti-harakatlari bilan tomoshabinni ishontirib, kuldirishga harakat qilinadi. Demak, har ikki janr bir-birini taqozo etadi. Masxaraboz va qiziqchilar о‘zbek an’anaviy teatrida asrlar osha saqlanib kelgan ijro niqobi (maska)dan ham unumli foydalanishgan. О‘zbek an’anaviy teatrining repertuari kо‘pgina xalqlar og‘zaki teatrlaridan mavzu, pyesalari soni, ayrim hollarda esa kasaba (truppa) a’zolarining kо‘pligi bilan ham farq qiladi. Chunonchi, uning repertuarida xalq kundalik hayotining turli tomonlari – adliya idoralari, qozi va qozixona faoliyati, bozor, savdo-sotiq, boy va kambag‘allarning yeriga suv taqsimlash ishlaridagi nopoklik, о‘g‘rilik, sudxо‘rlik, madrasa, maktab, ta’lim va tarbiya ishlaridagi nuqson, ayrim tib va din ahllari orasidagi firibgarlik, sodda xalqni aldash, xon saroyi, mustamlaka ma’muriyati bilan xalqning muloqoti singari mavzular о‘z ifodasini topgan. Bu holat truppalar faoliyati va ularning repertuaridan kо‘zga ochiq tashlanadi. О‘zbek masxaraboz va qiziqchilik san’ati ham xalq an’anaviy teatrining bir kо‘rinishi sifatida XX asrga qadar yashab keldi. Uning xalqchil boy xazinasi milliy madaniy merosni о‘rganishda tengsiz ibrat va zamonaviy san’at turlaridan yangi teatr, sirk, raqs singarilarni rivojlantirishda bebaho manba vazifasini о‘tadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling