Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Ekspozitsiya –dramatik asar qismi bо‘lib, unda avvalgi vaziyatga tavsif 
beriladi, ishtirokchi shaxslarning keyingi harakat va holatlari izohlanadi. Dramatik 
ekspozitsiya haqida gapirilganda, tomoshabinni bо‘lajak voqeadan ogoh qilish, 
bosh voqealar boshlanguniga qadar vaziyat bilan tanishtirish nazarda tutiladi.
Tugun – asarda voqealar rivojini boshlovchi vujudga kelgan qarama-
qarshiliklarni tasvirlashdir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni ochib berar ekan, tugun 
asar mavzusini tushunishga olib keladi. ( “Boy ila xizmatchi”). 
Harakat rivoji – tugundan boshlanadi. Harakat rivojida odamlar orasidagi 
qarama-qarshilik ma’lum bо‘ladi, insoniy xarakter xususiyatlari ochiladi. Agar 
tugun muallif tomonidan qо‘yilgan muammoni tushunishga olib kelsa, unda 
harakat rivoji uni hal qilishning mumkin bо‘lgan yо‘llari haqida tasavvur beradi. 
Kulminatsiya - harakat rivojidagi yuqori keskinlik holati. Kulminatsiyaning 
mazmuniy vazifasi asar muammosini yuqori darajada keskinlashuvida kо‘rinadi. 


110 
Shekspir “Gamlet”idagi “qopqon” sahnasini kulminatsiya deyish mumkin. 
Yechim – tо‘qnashuvlarning ya’ni konfliktning hal qilinishi, uni hal 
qilishning u yoki bu imkoniyatlarini tushunishga olib keladi. 
Dramatik asarlarda prolog va epilog uchraydi. Prolog – bu asosiy syujet 
rivojiga о‘ziga xos muqaddima hisoblanadi. Bu rivojni izohlab prolog asarda 
tasvirlanayotgan voqealarning dastlabki sababini ochadi. Epilogbu asarda 
kо‘rsatilgan voqealardan kelib chiqadigan yakuniy oqibatlarni tasvirlanishidir. 
“Har qanday tragediyada tugun va yechi bо‘lishi zarur. Dramadan 
tashqaridagi barcha voqealar, shuningdek, ba’zan dramaning ichidagi ayrim 
voqealar – tugun, qolganlari esa – yechimdir. Men tragediyaning boshlanishidan
to (qahramonning) baxtsizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyorlikdan baxtsizlikka 
tomon о‘tish harakati boshlangan chegaragacha bо‘lgan qismini tugun deb 
atayman. Ana shu о‘tish boshlangan joydan (asarning) oxirigacha bо‘lgan qism - 
yechimdir”
17

Nazariyotchilar konfliktni bunday ta’riflaydi. Qarama-qarshi bо‘lgan kuchlar 
о‘zaro tarafkashlik tendensiyalari usulidagi konflikt, Xuddi shuningdek 
nomutanosib xarakterlar tо‘qnashuvi tarzidagi konflikt, Uchinchidan bir-biriga zid 
tuyg‘ular jangi-tashqi yoki ichki kolliziya yо‘sindagi konflikt. Demak murosasiz 
tо‘qnashuvlar oqibatida konflikt yuzaga keladi. Tо‘qnashuv turlicha dunyo 
qarashga ega bо‘lgan kishilar aro bо‘lishi mumkin. Qonuniylik yoki noqonuniylik 
о‘rtasida yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. 
Bizga ma’lumki, konflikt ikki xil bо‘ladi. Antogonistik va noantogonistik . 
Bunday konfliktlar bir-biridan farq qilishi bilan farqlanadi. 
Antogonistik konfliktda sinflar, guruhlar kurashi yotadi. Bularda manfaati, 
taraflari keskin kurashni talab qiladi. Ular keltirib chiqargan antogonistik 
ziddiyatlar isyonlar inqiloblarini о‘zida aks ettiradi. Konfliktlar keskinligi, 
xarakterlarning tо‘laqonligi badiiy namoyon bо‘lishi. О‘zbek kino asarlaridan 
Tog‘ay Murod romani asosidagi “Otamdan qolgan dalalar” Shuhrat Abbosov 
rejissyorligidagi filmda namoyon bо‘ladi. Bosqinchilarning о‘z tizimlarini 
17
Аristotеl 


111 
о‘rnatish uchun shafqatsizliklar qilishi. Mahalliy aholini, azob-uqubatlari va
antogonistik ziddiyati yorqin misolidir. Bu filmda о‘rnatigan hayotiy sharoit bilan 
xalq vakillari о‘rtasida-borgan qahramonlarning ziddiyatlar о‘z ifodasini topadi. 
Filmda asosiy kolliziyani sodir etilishidan avval kurashga tushgan shaxslar 
о‘zlarini nimalarga qodir ekanliklarini bildiradilar. Bosqinchlik va mahalliy aholi 
о‘rtasidagi tо‘qnashuv о‘sha zamon uchun xarakterli ziddiyatning hayotiy 
namunasi bо‘lib gavdalanadi. 
Qahramon taqdirida sodir bо‘ladigan fojialar yuragidagi kechinmalar, 
iztiroblar asosida alohida tashqariga zarb bilan portlab chiqadi va ichki olami 
ziddiyatlarining natijasi sifatida konfliktning uchinchi turi deb tasavvur qilsak 
о‘rinli bо‘ladi. Yurakdan kechadigan ichki kurash antogonistik konfliktlarda emas 
noantogonistik ssenariy voqealarida ham namoyon bо‘ladigan konfliktdir. 
Konflikt asarda nafaqat personajlarni harakatga keltiradi. Qahramonlarning 
qilmishlarini ham fosh qiladi, balki ruhiyatini ham namoyish qiladi. 
Qahramonlarni ichki olami shaxslar orasida о‘sishi va rivojlanishi film davomida 
namoyon bо‘ladi. 
Qahramonlarni ozodlik yо‘lidagi chekkan iztiroblari kolliziyani aniq va tiniq 
kо‘rinishga xizmat qiladi. Xarakterlar о‘rtasida ziddiyat ichki kurashni keltirib 
chiqaradi. Qahramon ongida bо‘ladigan о‘zgarish xox u salbiy xox u ijobiy bо‘lsin, 
iztiroblar gumonsirashlar bu konfliktni tashqi turtki natijasi sifatida kо‘rinadi. Buni 
ichki kolliziya deb qabul qilsa ham bо‘ladi. 
Konfliktlar qahramonlarning ichki dunyosi, ruhiy kolliziyasi bilan ong 
tuyg‘ulari bilan bevosita bog‘lanishi mumkin. Konflikt ikki xil qiyofaga ega: biri 
ichki qiyofa, ikkinchisi tashqi qiyofada namoyon bо‘ladi. 
Tashqi konflikt ochiq kurash kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Ichki konflikt 
(kolliziya) qahramonlarning ongi-ruhiyatida bо‘lib о‘tgan holda bо‘ladi. Bu holda 
qahramonlar voqealarga turli munosabatlarda: sharxlash, tushunish, idrok qilish 
sharoitga qarab ish tutish, qiyinchiliklarga duch kelishi, tо‘qnashuvlar in’kosi 
sifatida yuzaga keladi. Bir sо‘z bilan aytganda, ularni nozik hissiyotlardan izlamoq 


112 
kerak. Bundan xulosa shuki ziddiyatlar kishi ruhini, psixologiyasini shaxsiyatiga 
borib taqaladi. 
Tashqi konflikt ichki ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 
Hayotda shunday shaxslar uchraydiki, ularning harakati ham antoganistik, 
ham noantoganistik konfliktlar bilan aloqador bо‘ladi. Bu о‘rinda biz konfliktlarga 
qat’iy chegara qо‘yish о‘rinsiz deb bilamiz. Konflikt voqea va qahramonlarning 
kurashuvi yig‘indisi sifatida ta’rif berishni tо‘g‘ri deb tushunamiz. 
Konflikt asarda mazmun va shaklni о‘ziga xos hususiyatlarini kо‘rsatib 
beradi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling