Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Асарда конфликт содир бўлиши ҳақида гапиринг 
2. Спектаклда мавзусининг етакчилиги 
3. Конфликт ҳақида мисоллар келтиринг (спектакл ва кинода) 
15-mavzu: 
1. Драматургиянинг театрдаги ўрни 
2. Театр синтетик санъат
Dramaturgiyasiz teatr san’ati mavjud emas – hammaga ma’lum bо‘lganidek, 
teatr dunyosi zamirida dramaturgiya mavjud. Dramatik asarlarsiz teatr mavjud 
bо‘lmaydi.
Dramaturg bо‘lajak asar voqeasini dilda yaratgandan keyin uning tuguni, 
rivojlanishi, yakuniy sahnada portlanishi e’tiborga olgan holda qalam tebratmog‘i 
shart. Rivojlanishi faqat dramatik asarda yо‘q degan iborani qо‘llash asosiga 
qо‘llaniladi. 
Dramatik asar yaratishda- muallif cheksiz darajada fantaziyaga ega bо‘lishi 
kerak, uning tasavvurida bо‘lajak voqea uning xohishi bilan rivojlanishga yuz 
tutishi muqarrar. Masalan, tragediya, drama, komediya turlarini misol qiladigan 
bо‘lsak, komediyada- satirik komediya, yumoristik komediya, musiqali drama 
(asarda yetgan sо‘zlar qahramonlar ariya, qо‘shiqlar orqali bayon etiladi), 
komediya fars (hayotdan umuman chetda bо‘rttirilgan), grotestik komediya (keskin 
bо‘rttirilgan) hollarda namoyon bо‘ladi. 


113 
Dramaturgiyada remarka о‘rni- kо‘rsatilishi qiyin bо‘lgan voqeani qavs 
ichida remarka orqali bayon qiladi. Lekin, butun voqeani uzundan-uzoq muallif 
remarka asosiga quradigan bо‘lsa, asar о‘z-о‘zidan bayonchilikka yuz tutganligi 
seziladi. Remarkada voqea qisqa gapiriladi. Oqibatda bayonchilik dramaturgik 
asarda rad qilinadi. 
Dramaturgiyada tugun tashlash degan qoida bor. О‘sha tugunning ma’lum 
bir qismi prologda bayon qilinib shu prolog orqali tomoshabinni voqeaga jalb 
qilish hollari namoyondir. Epilogda esa natijani yuqoridagi prologga bog‘langan 
holda voqea tavsilotining yechimini bayon qilishdir. 
Pyesa ekspozitsiyasida- asar boshlanishi degan ma’noni bildiradi. Misol 
uchun, 
Gogolning 
komediyasida 
yolg‘on revizorning Dobchinskiy va 
Bobchinskiylar tomonlaridan paydo bо‘lishi. Atrofidagi qahramonlarning revizor 
sо‘zini eshitishlari bilan “uyg‘onishlari”, har biri о‘zini himoya qilishga kirishlarini 
misol qilish mumkin. 
Asarda kо‘rinish, pardalar о‘rni va ahamiyati- bunda har bir dramatik asar 
parda va kо‘rinishdan iborat bо‘lishi kerak. 1-pardada voqeaning ma’lum birqismi 
boshqa nuqtalarga kо‘chirilmasdan nihoyasiga yetkaziladi. Qachonki, 2-voqea 
boshqa bir nuqtaga kо‘chiriladigan bо‘lsa kо‘rinish niholanib 2-bir boshqa joydagi 
voqea tasviri namoyon bо‘ladi. 
Yetakchi konflikt- eng avvalo, bosh obrazlarning turli xarakterlarga ega 
ekanliklari va ularning qarama-qarshiliklarini tushunamiz. 
Dramaturgik asar syujetidoimo voqealar asosiga quriladi va mavzuni yaxlit 
belgilovchi xususiyatga ega. 
Shakl muammolari, dramatik asar kompozitsiyasi strukturasi- bunda dramaturg 
asarning shakllanishi va kompozitsiyasini bitta yо‘nalish asosiga qurmasdan turib, 
sahna asari yaratishga harakat qilishi mumkin emas. 
Dramaturgik kompozitsiya elementlari- demak asar qahramonlarining 
xarakterlari, rang-barnglik kо‘rinishlari tortishuv chog‘ida ularning turlicha hulqqa 
ega bо‘lishi kо‘zda tutiladi. 
A.P.Chexovning “Uch opa-singil” dramasidan parcha keltiramiz: 


114 
A.P.Chexov: “Uch opa-singil”. 
Uchinchi parda. 
Olga bilan Irinaning xonasi. О‘ng va sо‘l tomonda shirma tо‘silgan, bittadan 
krovat. Vaqt tungi soat ikkidan oshgan. Tashqarida, kо‘pdan boshlangan 
yong‘indan darak berib, jom chalinmoqda. Uyda hali hech kim yotmagan. 
Divanda, egnida odatdagiday qora kо‘ylak kiygan Masha yotibdi. Olga bilan 
Anfisa kiradi. 
Anfisa - ... Ular hozir pastda, zina tagida о‘tirishibdi... Men... Men ularga: 
“Yuqoriga chiqinglar, hechqisi yо‘q, chiqaveringlar” desam, yig‘lashadi. 
“Otamizning qayerdaligini bilmaymiz”, deyishadi. “Xudo saqlasin, ishqilib yonib 
ketmagan bо‘lsin” deyishadi. Xayollariga kelgan gapni qara!.. hovlida yana boshqa 
allakimlar... Ular ham kiyimsiz. 
Olga – (shkafdan kо‘ylak olib) Mana bu kul rangini ol... Mana bunisini ham... 
Koftochkani ham... Mana bu yubkani ham ol, enaga... Bu qanday balo 
bо‘ldi, e rabbim! Kirsanov kо‘chasi butunlay yonib ketdi shekilli... Buni 
ham ol... Buni ham... (kо‘ylaklarni uning qо‘liga tashlaydi) Vershininlar, 
bechoralar, qо‘rqib ketishibdi... shu yerda yotib qolishsin... Uylariga 
ketkazish kerak emas... Bechora Fedotikning hamma narsasi yonib 
ketgan, hech narsasi qolmabdi... 
Anfisa – Ferapontni chaqirsang bо‘lardi, Olyushka, bir о‘zim olib tusholmayman... 
Olga – (Qо‘ng‘iroq chaladi) Eshitishmayapti... (eshikka) Bu yoqqa kelinglar, kim 
bor bu yerda! (Ochiq eshikdan yong‘indan qizargan deraza kо‘rinadi; uy 
yonidan о‘t о‘chirish komandasi о‘tib ketgani eshitiladi) Naqadar dahshat 
bu! Jonga ham tegdi! (Ferapont kiradi) Mana bularni pastga olib tush... U 
yerda zina tagida, Kolotilinning qizlari bor... О‘shalarga ber. Buni ham 
ber... 
Ferapont – Xо‘p. О‘n ikkinchi yilda Moskva ham yongan. Eh, Xudoyim! 
Fransuzlar hayron qolishgan edi.
Olga – Bor, bora qol. 
Ferapont – Xо‘p. (ketadi) 


115 
Olga – Enaga, jonim, hammasini ber. Bizga hach narsa kerak eams, hammasini 
ber, enaga... Men charchadim, arang oyoq ustida turibman... 
Vershininlarni uylariga jо‘natish kerak emas... Qizlari mehmonxonada 
yotishar, 
Aleksandr 
Ignatichni 
esa 
pastga, 
baronning 
yoniga 
tushiringlar... Fedotik ham baronning yoniga tushar, bо‘lmasa bu yerda 
zalda yotar... Doktor aksiga olganday mast, о‘lgudek mast, uning oldiga 
hech 
kimni 
kiritib 
bо‘lmaydi. Vershininning xotinini ham 
mehmonxonaga yotqizish kerak. 
Anfisa – (horg‘in) Olyushka, jonim, meni haydama! Haydama! 
Olga – Bо‘lmag‘ur gapingni qо‘y, enaga. Seni hech kim haydayotgani yо‘q. 
Anfisa – (uning kо‘ksiga boshini qо‘yib) Jonim, oppog‘im, qо‘limdan kelgancha 
tirishayapman, ishlayapman... qо‘limdan ish kelmay qolgandan keyin, 
hamma: Jо‘na! – deydi. Qayoqqa boraman? Qayoqqa? Saksondan 
oshdim. Sakson ikkiga borib qoldim... 
Olga – Sen о‘tirib tur, enaga... Charchading, bechora. (о‘tqazadi) Dam ol, azizim. 
Ranging oqarib ketibdi! (Natasha kiradi) 
Natasha - U yerda, yong‘inda zarar kо‘rganlarga tezroq yordam kо‘rsatish 
jamiyati tuzish kerak, deyishayapti. Nima qilibdi? Juda yaxshi fikr. 
Umuman, kambag‘allarga yordam berish kerak, bu boylarning burchi. 
Bobik bilan Sofochka bemalol uxlab yotishibdi. Hech narsadan bexabar 
uxlab yotishibdi. Qayerga borsang odamlar biram kо‘pki, uy ichi zich 
tо‘ldi. Hozir shaharda ichburg‘i, bolalarga yuqib qolmasaydi, deb 
qо‘rqaman. 
Olga – (unga quloq solmay) Bu uydan yong‘in kо‘rinmaydi, bu yer tinchroq... 
Natasha – Ha... Sochlarim rosa tо‘zigan bо‘lsa kerak. (oyna oldida) Meni 
tо‘lishgansan deyishadi... Bо‘lmagan gap! Hech ham-da! Masha 
uxlayaptimi, charchagan, bechora... (Anfisaga, dag‘al) Mening oldimda 
о‘tira kо‘rma! Tur! Jо‘na bu yerdan! (Anfisa chiqib ketadi, skunat) Nega 
ushlab turibsan bu kampirni, hayronman. 
Olga – (shoshib) Kechir, о‘zim ham bilmayman... 


116 
Natasha – Uning bu yerda hech keragi yо‘q. U qishloqi, qishloqda tursin... Bu 
qanaqa tantiqlik! Men uyda tartib bо‘lishini yaxshi kо‘raman. Uyda 
ortiqcha odam bо‘lishi kerak emas. (uning yuzini silab) Sen bechora ham 
charchading! Bizning mudiramiz charchadi! Sofochka katta bо‘lib 
gimnaziyaga kirgach, о‘shanda men sendan qо‘rqadigan bо‘laman. 
Olga – Men mudira bо‘lmayman. 
Natasha – Seni saylashadi. Olechka. Bu hal etilgan.
Olga- Men rad etaman. Qо‘limdan kelmaydi... kuchim yetmaydi... (suv ichadi)

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling