Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

15
 Muallifning Erkin Hushvaqtov bilan qilgan suhbatidan. 2014 yil 2 fevral. 


101 
Inssenirovka muallifi Erkin Hushvaqtov romanning muhabbat mavzusiga 
daxldor romantik yо‘nalishini bosh mavzu qilib olishi asosli bо‘lsada, orginal 
hodisa emas. Yuqorida qayd etganimiz “Otabek va Kumushbibi” musiqali 
dramasida ham shoir Jumaniyoz Jabborov voqealar bayonini shu mavzu doirasiga 
qurgan edi. Inchunun, xonliklar davridagi istibdod, tarixiy-ijtimoiy ziddiyatlardan 
sо‘z ochish, burungi zamonning ayanch manzarasidan yosh avlodni ogoh etish – 
bu о‘ta muhim vazifa yoxud teatrning umumestetik mezonlariga javob beruvchi 
mavzudek kо‘rinmaydi. Lekin Abdulla Qodiriy roman muqaddimasida 
yozganidek, “Moziyga qaytib ish kо‘rish xayrlik, deydilar. Shunga kо‘ra mavzuni 
moziydan, yaqin о‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bо‘lgan 
keyingi “xon zamonlari”dan belgiladim”
16
. Otabek va Kumushning g‘oyat pokiza 
va samimiy muhabbatiga har qancha oshufta bо‘lmaylik, Qodiriyning о‘zi 
ta’riflagan davr bilan bog‘liq xunrezgiliklarni chetlab о‘tish, asarning ijtimoiy-
siyosiy ahamiyatini nazardan qochirish – bu ham biryoqlama yondashuv. Tо‘g‘ri, 
Otabek Ziyo shohichining xonadonida bо‘lgan ziyofat chog‘ida Shamay 
taassurotlarini sо‘zlab berishi, о‘zbek va rus xalqlarining ittifoq masalasidagi ba’zi 
amallarini muqoyasa qilishi, Toshkentning zolim xoni Azizbek va uning 
qipchoqlar ustidan chiqargan ayovsiz hukmlari, Musulmonqul istibdodiga qarshi 
xalq g‘alayoni va alal-oqibat bu mustabid hukmronlikka xotima yasalishi kabi 
siyosiy jaranglashi mumkin bо‘lgan qator lavhalar borki, ularni ayni zamon talabi 
kо‘tarmasa kerak. Binobarin, bunga ehtiyoj ham yо‘q.
Biroq, ijtimoiy tafsilot pardasiga zargarona berkitilgan shunday gо‘zal 
tasvir va timsollar borki, romanni diqqat va jiddiy nigoh bilan о‘qigan 
kitobxon uni darhol sezadi. 
Umuman, “О‘tkan kunlar” spektaklida aktyorlik ijrosi bilan bog‘liq 
masalalar yangi yechim va izlanishlarga ehtiyoj sezmoqda. Garchi spektaklda band 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling