Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
“О‘tkan kunlar” romani О‘zbek Milliy akademik drama
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
“О‘tkan kunlar” romani О‘zbek Milliy akademik drama
teatri sahnasida “Otabek va Kumushbibi” spektakli yaratilganiga yetti-sakkiz yil bо‘libdi. Mana shu qisqa davr ichida romanga bо‘lgan ma’naviy ehtiyoj yanada ortib, uning 13 Hamidova N. “O‘tkan kunlar” sahnada va ekranda. // “Teatr” jurnali, 2007y, 3-4sonlar, 46-b 98 betakror jilosidan bahramand bо‘lishni istovchilar kо‘payib borayotgani kuzatilmoqda. Sababi esa barchaga ayon. Birlamchi, XX asr о‘zbek romanchiligida “О‘tkan kunlar” darajasidagi asar dunyoga kelmagan bо‘lsa, ikkilamchi, milliy-ma’naviy qadriyatlar, о‘zbek xalqining turmush tarzini Qodiriydan о‘tkazib tasvirlaydigan adib ham hali yorug‘ olamga kelgani yо‘q. Binobarin, Abdulla Qodiriyning о‘zi “О‘tkan kunlar” romanini yozishga turtki bergan omillar xususida sо‘z yuritib, “xalqimizni shu zamonning “Tohir- Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari”, “Farhod-Shirin” va “Bahromgо‘r” lari bilan tanishdirishka о‘zimizda majburiyat his etamiz” 14 – deb yozadi. Har zamonning о‘z qahramonlari bо‘lganidek, bugun biz yashayotgan XXI asrda ham yuksak iroda va matonati bilan xalqimizga о‘rnak bо‘layotgan, tom ma’noda ma’naviy jasorat kо‘rsatib yashayotgan Otabek va Kumush singari milliy timsollarga ehtiyoj kuchli. Shu ma’noda О‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi xalqimiz e’tiboriga taqdim etgan yangi “О‘tkan kunlar” spektakli ana shu xohishu istaklarga javob о‘laroq maydonga keldi. Taniqli dramaturg Erkin Hushvaqtov inssenirovkasi asosida rejissyor Marat Azimov sahnaga qо‘ygan mazkur spektakl ulug‘ adib tavalludining 120 yilligi hamda Milliy teatrimiz tashqil topganining 100 yilligi arafasida dunyoga kelishi ham bejiz emas. Zotan, akademik teatr ijodkorlari ana shu qutlug‘ sanalarni munosib, xalq yodida uzoq vaqt muhrlanib qoluvchi sahna asari bilan kutib olishni rejalashtirgan edi. Spektaklning dastlabki kо‘rigi, premyeralaridan sо‘ng matbuotda turli chiqishlar, ba’zan keskin, hatto boshdan-oyoq tanqiddan iborat (... О‘tmagan “О‘tkan kunlar”, T. Islomov, “Hurriyat” gazetasi, 09. 10. 2013), ba’zida esa bir oz alqab, “suv yо‘g‘ida tayammum” shaklida qabul qilaylik” qabilida yozilgan (Emlanmoq dardi yoxud “О‘tkan kunlar” spektakli saboqlari, SH.Rizayev, “Kitob dunyosi” gazetasi, 21-son, 13.11. 2013) taqrizlar ham uchradi. 14 Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (Yozg‘uchidan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994y, 6-b. 99 Biz har ikki olimga ham butunlay xayrixohlik qilish yoki ularni inkor etish niyatidan yiroqmiz. Faqat tomoshabinga tortiq etilgan va Qodiriyga qaytish bobida yuzaga kelayotgan taassufli beparvolik davrini bir qadar tо‘zg‘itib yuborgandek tuyulayotgan “О‘tkan kunlar” ning yangi talqini xususida ba’zi mulohazalarni aytib о‘tishni lozim topdik. Shubhasiz, о‘tgan asr tonggida millatimiz joniga oro kirgan, о‘z ijod namunalari bilan xalqni ilmu ma’rifat, adabiyotu san’at urfoniga oshno etgan ziyolilar safida Abdulla Qodiriy hazratlari doimo hurmat va iltifot bilan tilga olinadi. Shunday ekan, Qodiriyga murojaat – bu о‘ta hushyorlik va mushohadani talab etishi, uning sahnaviy tajassumi esa katta izlanish va mashaqqat evaziga zabt etilishi о‘z-о‘zidan ma’lum. Dunyo adabiyotida shunday nomlar borki, ular ijodini sahnalashtirish uchun shunchaki havas yoki ishtiyoqning о‘zi kamlik qiladi. Buyuk ingliz rejissyori Piter Bruk aytmoqchi, “Teatr rejissyori uchun “Shekspir dahosini barbod qildi!” degan ayblovdan kо‘ra, “Shekspirga murojaat qilish mening orzuim edi!” degan armon bilan ijod qilmoq ma’quldir”. О‘zbekning dovruqli adibi Abdulla Qodiriy ham shunchaki yо‘liga qо‘yiladigan ijodkor emas, balki ming istihola va iymanish bilan qо‘l uriladigan, basharti shunga jur’at topilmasa, bir kun sahnalashtirish orzusi bilan rejissyorga tinchlik bermaydigan oliy bir rutbadir. Dramaturg Erkin Hushvaqtov “О‘tkan kunlar” ni inssenirovka qilish fikriga kecha yoki bugun kelgani yо‘q. Asar matni yozilganiga roppa-rosa yigirma yil bо‘ldi. Ammo muallifning qayd etishicha, dramaturgik materialni biror-bir rejissyorga ishonib topshirolmagan. Shu bois uni ancha vaqtgacha “kiprigi ostida saqlab yurgan”. “О‘tkan kunlar” dek mashhur roman asosida inssenirovka yoki ssenariy yozish uchun ijodkor butun borlig‘i bilan asarni sevishi, unga kuchli muhabbat va ixlos qо‘yishi lozim. Kamina bu shoh asarni ilk bor mutolaa qilganimda, tamomila hayratga tushgan, Qodiriyning har bir sо‘zu jumlasi, tasvir va xarakter yaratishdagi topqirligini kо‘rib, uzoq vaqt roman ruhiyatidan chiqolmagan edim. Ana shu oshuftalik, mehr sabab bо‘lib, “О‘tkan kunlar” ni 100 sahna uchun inssenirovka qilishga qaror qildim. Shoyad shu bilan ma’naviy ustozim Abdulla Qodiriyning muborak ruhiga hurmat bajo keltirgan bо‘lsam...” 15 . Darhaqiqat, inssenirovka matniga e’tibor qaratsak, Erkin Hushvaqtovning roman mazmun-mundarijasiga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lgani, kerak bо‘lsa, har bir sо‘zni avaylab, bor tarovati va kо‘rki ila namoyon etishga intilgani kо‘zga tashlanadi. Muallif о‘zidan yangi sahna tugul biror jumla qо‘shishga ham andisha qilgan. YA’ni, ba’zi “о‘zboshimcha” dramaturglar singari “erkin kompozitsiya qilaman” – deb, mohiyat va shaklga daxl qilishdan о‘zini tiygani maqtovga loyiq. Tо‘g‘ri, Qodiriy shaxsi va uning benazir romaniga hurmat nuqtai nazaridan muallif tutgan yо‘l batamom maqsadli va о‘rinlidir. Biroq vazifa faqat mavjud syujetni sahnama-sahna taqsimlab, qog‘ozga kо‘chirib qо‘yishdangina iborat bо‘lsa, uni Erkin Hushvaqtovdan bо‘lak dramaturg uddalay olmasmidi? Bu bir qarashda juda oddiy, ortiqcha mashaqqat talab etmaydigan ishdek kо‘rinadi. Aslida о‘zbek va jahon teatri tajribasidan kelib chiqib, inssenirovka amaliyotini shartli ravishda ikki turga ajratsak, biri – erkin (muallif matniga о‘z tasavvuri bilan yondashib, yangi g‘oya va yechimlarni taklif qilish), ikkinchisi sо‘zma-sо‘z (asliyatdan yiroqlashmay, mavjud manbani saqlab qolish) shaklida bо‘lishi mumkin. Har ikkisini ham о‘ziga yarasha xarakterli jihatlari bor. Lekin ikkinchi tur inssenirovkalar asliyatni har qancha mustahkam tutmasin, yangi ruh va qarashlarga imkon bermasligi bois bir oz zerikarli va rangsiz kayfiyatda namoyon bо‘lish ehtimoli kuchli. “О‘tkan kunlar” ning yangi talqini haqida aytilayotgan tanqidiy qarashlarga aynan shu jihat sabab bо‘layotgani sir emas. Romanni “kiprik qoqmay”, о‘zgacha zavq bilan о‘qiydigan kitobxon spektaklni xuddi shu ruhiyat va holat bilan tomosha qilganida, teatr va adabiyot о‘rtasidagi ijodiy muvozanat ta’minlanganida, har jihatdan baquvvat, barkamol spektakl dunyoga kelardi. Oldinga о‘tib shuni aytish kerakki, Milliy teatrimizning “О‘tkan kunlar” romani asosida tayyorlagan sahnaviy asari kutilgan samarani bermadi. Buning о‘ziga xos obyektiv va subyektiv sabablari bor. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling