Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

sо‘zda tо‘xtab sо‘zlaydi). Otamiz qishlog‘imizning nomini farzandlar uni-tib 
yubormasinlar niyatida ismu sharifimizga Chaganani ham qо‘shganlar. 
Uchuvchi. Bu kishini qishlog‘imizga kelayotganlarini eshitib, men ham hamma 
ishni yig‘ishtirdim-da, ergashib kelaverdim. Otangizni bir kо‘rmoq niyatim bor 
edi. 
Shokir. Bizning ota mashhur-da, uchuvchilar ham osmonlarini tashlab, huzur-
lariga tashrif buyuradilar. 
Uchu vchi . Otangiz tabarruk odam. Menga bir yaxshiliklari о‘tgan... Ana shunga-
yam о‘ttiz yil bо‘libdi! Vaqgning о‘tishini qarang! Amakini bir kо‘rib kо‘ngillari-
ni olay deb yuribman. Oxir mana, Muhammad aka bilan topishganimizda, nasg‘ 
qiladigan bо‘lib turibdi. 
Xorijlik. Biz asli chaganalikmiz. Ota-bobomizning kindik qoni tо‘kil-gan tuproq— 
shu joy. Men Afg‘onistonga ketganimizda uch oylik chaqaloq ekanman. Otamni 
SHо‘rolar qamashgan. Ushanda "tilla top" deb о‘zbekni qama-qama qilishgan 
ekan. Qarindoshlar maslahatlashib Afg‘onga ketishmoqni ixtiyor etishgan. Kechasi 


79 
bitta-bitta "YO Afg‘oniston, qaydasan?" deb ketishaverishgan. Men ham onamni 
qо‘lida musofir bо‘lib ketganman... Avval Afg‘onistonda yashadik. Keyin 
Makkada о‘n besh yil bо‘ldik, hozir Ameriqoda iste’qomat qilyapmiz... 
Eshmamatov. Vatanni sog‘inib kelibsiz-da, Mustaqillik sharofatidan... 
Xorijlik. Sog‘inchdan gapirmang! Hammani Vatani bor — bizning Vatani-miz 
yо‘q edi... Farangiston bir qadam yо‘l, Japon bir qadam yо‘l. Faqat bizning 
Vatanga yо‘l yо‘q. Umr bо‘yi yur — yetolmaysan. Qanchadan-qancha odam 
"Vatan, Vatan" deb qon yig‘lab, о‘lib ketdi... Makkada bir Muzaffar maxsum 
degan odam bor edi. О‘sha, "SHо‘ro baribir yо‘q bо‘ladi. Odamlarga shuncha jabr-
zulm о‘tkazgan saltanatni parvardigori egam sog‘ qoldirmaydi. Agar Vatan 
ozodlikka erishganini eshitsam, oyoq-qо‘lim shol bо‘lib yotgan ersam ham, Vatan 
sari о‘n qadam о‘rmalab, sо‘ng о‘laman", deb g‘urur bilan lutf etardilar. Istiqlolni 
men Ameriqoda eshitdim. Makkalik birodarlarimizning aytishlaricha, bu mujda 
yetganda, Muzaffar maxsum jon uza-yotgan ekanlar. Quloqlariga qichqirib aytishibdi. 
"Jon berayotgan bechoraning kо‘zi yarq ochildi — xuddi payg‘ambarni kо‘rgan 
odamning kо‘ziday yaraqlab ketdi", deyi-shadi. 
Eshmamatov. Shu gapingiz tо‘g‘ri emas. Odamlar Makkaga borib о‘lishni orzu 
qilishadi. 
SH o k i r. Muhammad aka, mana shu Eshmamatov juda musulmon odam. Kuni toat-
ibodatda о‘tadi. Birovni haqiga xiyonat qilmagan. Tumandagi odamlarni murod-
maqsadiga yetkazib, kommunizm... kechirasiz... Amerikadan ham о‘tkazib, bozor iqti-
sodi qilib yubordi. Endi bir orzusi qolgan — Makkaga borib о‘lmoqchi... 
Xorijlik (Shokirning ohangini anglamay). Murodlariga yetsinlar... Odam-ning 
kо‘ngli xudoga yaqin bо‘lsa, hamma joy Makka... 
Shokir. Qishloqqa mehmonga kelib yaxshi qilibsiz... 
Xorijlik. Onam rahmatlik Chaganadan kо‘p hikoya qilar edilar. "Chagana-ning tо‘rt 
tarafini tog‘ о‘rab turibdi. Hovlimiz Chaganani kesib о‘tgan katta soy-ning yoqasida. 
Uyimiz Chaganadagi eng kо‘rkam uy. Hovuzi bor. Tegrasi tol"... U-bu joyga kirib 
chiqdik, hech kim bilmadi. Odamlar, bilsa, sizning otangiz bilishi-ni aytishdi. 
SH o k i r. Bizning ota hamma narsani biladi! 


80 
Eshikda chol kо‘rinadi. Boshida salla. Boshdan-oyoq oq kiyimda: yaktagi ham oq. 
Qо‘lida hassa. U shu turishida, payg‘ambargami-yey, avliyogami-yey о‘xshaydi. 
Bozorboyev cholni ortidan hozirgina xalqni qoyil qilgan sehrgarday, ikki qо‘lini 
yoyib, quvonch bilan yurib kelyapti. Hamma о‘rnidan turadi. 
B oz orb o ye v . Mana, boboy sog‘-salomatlar! Bir "kuf-suf" dedim-da, kasal-laridan 
forig‘ qilib, mehmonlar istiqboliga olib chiqyapman! 
Shokir. E xudoga shukur, ota! О‘zingiz yurib boqqa chiqibsiz-a! Keling! Keling! 
Chol birin-ketin hamma bilan qо‘l olishib, Xorijlik va Uchuvchi bilan 
quchoqlashib kо‘rishadi. Keyin stol atrofiga о‘ltirmoqchi bо‘ladi, ammo 
dasturxondagi ichimliklarga kо‘zi tushgach, nariroqqa stul qо‘yishni ishora qiladi. 
Uchuvchi chaqqon turib ikki stulni olib, narirokxa qо‘yadi. Biriga cholni о‘tqazib, 
ikkinchisiga о‘zi о‘tiradi. 
Eshmamatov. Hech kasalga о‘xshamaysiz. Tumanimizning peshqadam mehnat 
faxriysi "kasalman" deb yotaversa, islohotlarni amalga oshirishda rahbariyatga kim 
yordam beradi! Bu yoshlarni sizga о‘xshagan faxriylarimiz boshqarib tursa, bo-zor 
iqtisodiga tezroq kirib boramiz. Doim sog‘ bо‘ling! 
CH o l. Qulluq, raykum ulum, qulluq! 
B o z o r b o ye v . Eshmamatov akamlar, raykom emas, tumanimizning hokimi bо‘la-
dilar... Raykom endi qolib ketdi! 
Chol. Mayli, kim bо‘lsalar ham raykumlar-da!.. Bugun tuzukman... Samarqandga 
gfarga borishimizni eshitib, birdan yengil tortdim... Mehmonlar yо‘qlagan ekan-lar
о‘zim yurib chiqmasam, uyat bо‘ladi deb... (Xorioklikka.) Xush kelibsiz! 
Xorijlik. Xushvaqg bо‘ling! Bu Samarqandga dam olish kunlari tushib tur-salaring 
kerak-da? 
CH o l. (Kulib.) Bir umr mehnat qilib, dam olish kunim endi kelganga о‘xshaydi, 
mehmon. Nasib etsa, Samarqandga birinchi borishim bо‘ladi. 
Xorijlik. Tushunmadim... Qaysi Samarqandni aytyapsiz? 
Shokir. Mehmon, ajablanmang, о‘sha Amir Temirning poytaxti Samarqand-ni 
aytyapmiz... 


81 
Xorijlik. Samarqand bir qadam yо‘l-ku! Nahotki... Barakalla-e sizlarga!.. 
Shokir. E, bizning xalq, mehmon, qо‘yday gap. Qorni tо‘ysa, issiqda erib 
yotaveradi. Faqat sо‘yishayotganda bir "ba-a" deydi, xolos. Oyoq-qо‘lini 
bog‘laguncha ham indamaydi. "Meni oyoq-qо‘limni bog‘layapti-ku" deb о‘ylab ham 
kо‘rmaydi. Fa-qat bо‘g‘zi shartta kesib tashlangandan keyin, jonholatda tipirchilaydilar... 
Men Amerikaga har borganimda qoyil qolaman. Bitta xо‘jayin bor. Qonun! Bizda qonun 
yozganlarni о‘zi qonunni buzadi. Mana, ikkita qonunbuzar о‘tiribdi! Xalqining boshida 
nima savdo borligi bilan bir tiyinlik ishlari yо‘q! CHо‘ntaklari tо‘lsa bо‘ldi! 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling