Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Ssenariy finali qanchalik haqiqatga yaqin va oldindan aytib bо‘lmaydigan 
darajada ? 
2. tanlangan asarning tomoshabinlar ayditoriyasi qanday?
9-mavzu: 
Syujet tushunchasi 
1. Asarda syujet tushunchasi
2. Jahon asarlarida syujet masalasi
3. Asarda voqea va syujet masalasi 
Asarda hikoya qilinayotgan voqea “syujet” deb ataladi. Syujet (fransuzcha 
sо‘z bо‘lib “predmet”, ya’ni tasvirlanayotgan yoki namoyish etilayotgan jarayon 
tasvirini anglatadi) asrdagi voqealarni birlashtirib, tugal manzara yaratadi. Syujet 
voqealar tizmasidan iborat (voqealar ketma - ketligi). Voqealar ikki tomonning 
bir–biriga bо‘lgan real kurashuvi natijasida yuz beradi. Shuning uchun syujetda 
konflikt mavjud. 
1
Izzat Sulton. “Adabiyot nazariyasi” 269 bet. Spartalar bilan Eroniylar orasidagi bu urush eramizdan avvalgi 
500-499 yillarda bo‘lgan. 


72 
Syujetni qurish va rivojlantirish jarayonida voqealar izchilligi juda muhim 
hisoblanadi. Barcha voqealar ham sahnaning о‘zida sodir bо‘lavermaydi, uni sо‘z, 
xabar, harakatlar orqali ham bilish mumkin. 
Sahnada va sahna otida sodir bо‘layotgan munosabatlar benihoya muhim. 
Dramaning asosini xuddi shunday xatti – harakatlar aniqlab beradi. 
M.Gorkiy syujet tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “odamlarning 
о‘zaro aloqalari, oralaridagi qarama – qarshiliklar, biri – birlarini yoqtirish yoki 
yoqtirmasliklari-umuman, 
kishilar 
orasidagi 
munosabatlar–u 
yoki 
bu 
xarakterlarning о‘sishi, tashkil topib borishidir”. Mazkur ta’rif dramatik asarlarga 
bir qadar yaqinligi sezilib turadi. 
E’tiborlisi shundaki, syujet tushunchasiga yozuvchi va dramaturgalar 
turlicha ta’rif berishgan. Tо‘g‘rirog‘i, mazkur tushuncha yillar davomida turlicha
talqin qilib kelingan. Ba’zi yozuvchi, dramaturg va nazariyachilar syujetni 
“faktlarning bog‘lanishi” (Aristotelьь), ba’zilar “kompozitsiya shakllaridan biri” 
(L.I.Temofeyev) deya izohlashgan. V.O.Shklovskiy esa uni “kompozitsiya” deb 
tushungan. Izzat Sulton esa “syujet formaga mansub” deya ta’rif beradi. Bugungi 
kunda “syujet va mazmun bir” yoki “syujet – asarning elementi” degan qarashlar 
ham yо‘q emas. Bentli esa syujetni “xarakterlar tarixi” sifatida emas, balki 
hayotning mag‘zi deb ataydi. Hayotning turtkisi, asosiy nuqtasi deb qarashlar ham 
uchrab turadi. 
Arestotel syujetni badiiy asarning muhim unsuri sifatida uni ehtirosli 
(pafosli) bо‘lishi kerakligiga urg‘u beradi. Haqiqatdan ham sahna asarini
ehtirossiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Ehtirossiz “meyor darajasida” asar 
tomoshabinni hayajonga sola olmaydi. Aksincha, asarda ta’sir kuchi susayib 
qoladi. 
Ba’zi bir mutaxassislarning syujet bilan mazmun bir degan fikrlariga 
qо‘shilib bо‘lmaydi. Chunki mazmun syujetga nisbattan kengroq tushuncha. 
Syujetga badiiy asarning ma’lum tarkibiy elementlari (bо‘limlar, qismlar), ya’ni
ekspozitsiya, tugun voqealar rivoji, kulminatsiya, yechimlar kirsa, mazmun esa 
badiiy asarni butunligicha о‘z ichiga qamrab oladi. Uning barcha komponentlari 


73 
mazmunga borib taqaladi. Syujet va mazmuning bir narsa emasligini G‘arb va 
Sharqning buyuk mutaxassislari о‘z vaqtida juda tо‘g‘ri isbot etib berganlar. 
Tajribali nazariyachilari syujet tuzishda hayotiy voqealarni nazardan 
qochirmaslik lozimligiga alohida e’tibor qaratishgan. “Syujetning qanday 
bо‘lishligini qalamkashlarga hayotning о‘zi aytib beradi” degan iborani ham 
keltirishgan. Ma’lumki har bir muallif voqea hodisalarga, jamiyat oldida turgan 
dolzarb masalalarga turlicha yondoshadi. Dramaturg asar syujetini hayotga 
asoslanib yaratar ekan, u о‘zgarib turadigan hayotiy voqeylikni nazarda tutgan 
holda ijod etadi. Hayotiy voqealarni, turli jarayonlarni badiiy obrazlarda asar 
zamiriga singdirib boradi va bu esa asarning syujeti asosini tashkil qiladi. Zero, 
hayotdagi voqealarni о‘z asarlariga qanday kiritish, syujetni qanday tuzish 
adibning dunyoqarashiga, g‘oyaviy – estetik maqsadiga bog‘liq holda yuz berishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Asar syujeti orqali voqealar davomiyligi, xarakterlarning о‘zaro 
munosabati, ular о‘rtasidagi tо‘qnashuv va ishtirokchilarning о‘ziga xos 
xususiyatlari turli janrlarda ifoda etiladi.
“Dramaturg qо‘liga qalam olganda о‘quvchi va tomoshabinlarning 
manfaatilari, qiziqishlari, badiiy didlarini nazarda tutib ijod etadi. Lekin ayrim didi 
past tomoshabinlarda muvaffaqiyat qozonaman, deb yengil-yelpi narsalarni, 
masxarabozlikka oid qiliqlarni yoki buzuq ishlarga boshlaydigan qilmishlarni
asarga kirita bermasligi kerak”
8

Dramaturg hayotni о‘zicha tushunishga, tasavvur etishiga qarab о‘z 
qarashlarini badiiy idrok egan holda asar yaratishga, syujet tuzishga harakat qiladi. 
Ijodkor asar yozayotganda, qoqealarni tanlayotganda, qahramonlarning xarakterli 
tomonlarini kо‘rsatayotganda voqea va hodisalarning tashqi xususiyatlariga qarab 
asar yaratmaydi. Uning diqqat markazida asarning bosh g‘oyasini keng va 
chuqur gavdalantirishga xizmat qila oladigan shaxslar, vaziyatlar hamda davr 
muammolari aks etgan ziddiyatlar turishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Natijada, dramaturg syujetda harakatni xarakter bilan yaxlit, uzviy bog‘liq holda 
8
Abdusamatov H. Drama nazariyasi.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at. 2000 yil,108 bet.


74 
kо‘rsatish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Badiiy teran aks etgan keng kо‘lamli
syujetgina ijtimoiy-tarixiy voqeylikni chuqurroq va har tomonlama ifoda etishga, 
о‘z zamonasining kishilarini badiiy obrazlarda ta’sirchan kо‘rsatishga imkon 
beradi. Unutmaslik kerakki, dramadagi syujet tugun, rivojlanish, yechimni о‘z 
ichiga qamrab olgan maxsus xususiyatlarga ega bо‘lgan jarayon hisoblanadi.
Ba’zi nazariyachilar syujet xarakterning tarixi deb ham tariflashadi. Aslida 
asosiy xarakter mantig‘i va inson harakatining mohiyatini syujet aniqlab beradi. 
Syujetning mantiq kuchi insonning qaysi yо‘ldan borishini belgilab beradi. 
Syujetning boshi, о‘rtasi, rivoji, oxiri bо‘lishi lozim. Uning har bir bо‘g‘ini 
о‘ziga xos ifodani, voqeylikni talab qiladi. Shundagina dramatik asarning prolog, 
ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim va epilog qismlari 
asosli ifodasini topadi.
Dramatik asardagi ekspozitsiya voqea о‘rnini, sharoitni, kelajakdagi 
niyatlarni va qiladigan ishlarni, orzu-umidlarni izhor etadi. Yana shu bilan birga u 
qahramonning xarakteri, uning ichki olami, qanday inson ekanligini ham ochib 
berishga xizmat qiladi. Asardagi ekspozitsiya asosiy voqealar boshlangunga qadar, 
vaziyat haqida ma’lumot berish bilan birga о‘quvchi va tomoshabinlarni bosh 
voqealarga tayyorlab beradi. 
“Dramaturg 
ekspozitsion 
ma’lumotlarni 
berishdan 
maqsadi
qahramonlarning ichki olamlariga sayohat qilishga yо‘l ochish bilan vaziyatning
ichki haraatning qanday holdaligini tushunishga tomoshabinlarga yordam 
berishdir. Ekspozitsiya – tomoshabinlarning tо‘g‘ri anglashi uchun yо‘llanmalik 
vazifasini о‘taydi”
9

Ekspozitsiya dramalarda kо‘pincha qisqa, lо‘nda qilib ifoda etiladi. Tugun 
esa muallifning mahoratiga qarab turlicha kо‘rsatiladi, u ba’zan yо‘sinda aks etsa, 
ayrim hollarda chо‘ziqroq shaklga ega bо‘ladi. Tugun esa rivojlanib, tezlik bilan 
kulminatsiyaga yuz buradi. Muallif tomonidan tanlab yoritilgan tugun о‘zining 
dramtizmligi bilan, shaxsning g‘oyaviy va ruhiy boyligini ochish bilan 
xarakterlanadi. 
9
Abdusamatov H. Drama nazariyasi.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at. 2000 yil,110 bet. 


75 
Vaziyatning kuchayishi va tugun о‘rtasidagi aloqaning keskinlashishi 
asarning butun tuzulishini aniqlashda о‘zak bо‘lib, uning badiiy g‘oyasi va 
mazmunini aniqlashda ham yordam beradi.
Drama ziddiyatlarini aks ettirishi, ularni kulminatsion nuqtalarga chiqarishi, 
о‘z – о‘zidan dramatik harakat rivojining ma’lum bosqichini о‘tashi, 
shubhasizdir. Bu bosqichlar syujetni ham, voqealarni ham, personajlarni ham goh 
yuqoriga qarab boshlasa, goh sokinlikni keltirib chiqaradi, goh esa о‘rta darajali
holatga olib kiradi. 
Voqealarni keskin rivojlantirgan shaxslar kurashi, ichki kolliziyalarni avjga 
olib chiqqan bu kulminatsiya xarakterlarni ochib berib, kim qanday ekanligini 
kо‘rsatib beradi. 
Kulminatsiyaning yechilishi voqealarni tо‘xtatib qо‘ymaydi, harakat 
keskinligiga putur yetkazmaydi, syujetni esa zaiflashtirmaydi. Asarda voqealar 
bosqichma – bosqich yuz beradi. Voqealar jarayonida turli qarama – qarshiliklar,
turli xil chigalliklar, ichki ziddiyatlar yuzberadi. 
Shuni aytib о‘tish kerakki, syujet elementlarining rang – barangligi 
pyesalarida turlicha namoyon bо‘lgan. Ba’zi bir asarlarda ekspozitsiya tugunni 
hozirlasa, 
boshqalarida 
voqealar 
tugundan 
boshlanishi 
mumkin. 
Ular 
ekspozitsiyadan holi bо‘lib qoladi yoki u tugundan keyin kо‘rinishi ham mumkin. 
Bunda tugun tо‘satdan, kutilmagan ravishda paydo bо‘ladi va tezda voqealar 
rivojiga zamin hozirlab, harakterlararo ziddiyatlarni maydonga olib chiqadi va 
personaj faoliyatini ochishga xizmat qiladi, harakatni ishga solib yuboradi.
Shunday asarlar borki, ularda syujet voqealar taraqqiyotidan yoki 
kulminatsiyadan boshlanib ketadi va bu shiddatlilik asar oxirigacha saqlab 
qolinadi, dramatik harakat esa susayib ketmaydi. 
Shunday pyesalar ham borki, ularga voqealarga juda keskin tus berilmaydi. 
Bunday asarlarning syujet jarayonlari, voqealar yо‘nalishi, xarakterlari, bir 
vaziyatdan ikkinchi vaziyatga о‘tishlari о‘tkir, murakkab holda yuz bermasdan, 
harakat oqimi sokinlik bilan, izchillik bilan davom etadi.
Bu borada, Usmon Azimning “Bir qadam yо‘l” dramasiga e’tibor qaratamiz. 


76 
Hovli. CH o l karavotda yonboshlab B ye g‘ a m bilan suhbat qilyapti. 
CH o l. Kelin, xuddi farishtaga о‘xshaysan. Odamning о‘ng yelkasida ja’mi 
yaxshi-likka "omin" deb turadigan farishta bо‘lar ekan — xuddi о‘shaning о‘zisan. 
Nima istasam, "omin" deysan — muhayyo bо‘ladi... Mana, kiyikо‘tiga ham 
yetkazding... Toqqa borib kelibsan-a! Charchamadingmi? 
B e g ‘ a m . Aksincha, charchog‘im chiqdi, bobojon. Qirlarda bir yaxshi shamol. 
Tog‘-lardan archaning, yana allaqanday giyohlarning bо‘yi gurkirab turibdi. Havo 
biram toza!.. 
Chol. Bolaligimda, olti-yetti yoshlar edim chamasi, Navrо‘z о‘tar-о‘tmas qattiq 
kasal bо‘lib qoldim. Issig‘im baland. Tashqarida momoguldirak gurillaydi, chaq-
moq chaqadi... Aka-ukalarim kechqurun uyga ustlari shalabbo bо‘lib kelishadi. 
Qо‘lla-rida goh qо‘ziqorin, goh boychechak... Ularga havasim keladi, ularga 
qо‘shilib, yugu-rib dala-dashtga chiqsam deyman... Bir kun chiday olmadim. Tong 
sahar, enam sigir-ni podaga qо‘shgani kegganlarida, gandiraklab turdimu, dalaga 
chiqdim. Ipor izlab, adirning etagiga jо‘nadim. Borishga bordimu kelishda 
madorim ketib qaltiray boshladim. Uydagilar yо‘qligimni payqashib, izlashga 
tushishgan ekan. Olisda enam-ning qorasini kо‘rgan zahoti yiqildim... Kо‘tarib 
uyga eltishdi. Hamma gapni eshitib turibman, hamma narsani sezib turibman, lekin 
kо‘zimni ocholmayman. Qо‘shni kampir kirib, "bolani tamom qilibsizlar", deb 
chiqib ketdi. Ammo о‘zi shifo bersa, hech gap emas ekan, ikki haftada oyoqqa 
turib ketdim. Rahmatli enam iporga borib kasal bо‘lganim uchun niyat qilganlar 
ekanmi, bir kun "yur, iporga boramiz", deb qoddilar. Boshiga dard tushsa, bola 
ham allatovur bо‘lib qolar ekan. О‘shanda iporlarni uzgim kelmadi. Bir gullab 
turgan iporga engashdim-da, hidla-dim. Shunda agar о‘lib ketganimda
g
bu 
iporlarning bо‘yini hech qachon tо‘yib hidla-yolmasligimni tasavvur qildim. О‘sha 
yil bahor ham bahor bо‘lgandi-da! О‘tu о‘lan ayqashib yotibdi. Ja’mi gullar xudo 
yaratgan barcha ranglarda gullagan. Shamol tur-sa, dasht tо‘lqin otadi! Haligi 
tasavvurdan kо‘zim yoshlanib, iporning barglariga labimni bosdim. Enam 
hammasini kо‘rib, tushunib turgan ekanlar. Yugurib kelib, tiz chо‘kdilar-da, 


77 
mahkam quchoqladilar... Rahmatlik yig‘laydilar — о‘padilar, yig‘-laydilar — 
о‘padilar... 
Beg‘am cholning gapini tinglab, hovli о‘rtasida qotib turadi. Chol xayolga toladi. 
Sukunat. 
B e g ‘a m . Yaxshi odam ekanlar... 
Chol. Kim? 
B ye g‘ a m. Onangiz-da. 
CH o l. Tabarruk edilar. 
Beg‘am. U kishi... sizni hech urganmilar? 
Chol (kulimsirab). Kitob о‘qigan shaharlik kelinimning savolini qarang! Ur-
ganlar. Ikki marta urganlar. О‘zimdan о‘tgan... Ikki marta ham ukalarimni urga-
nim uchun... "О‘zingdan kuchsizni yana urasanmi" deb rosa orqamga 
tushirganlar... О‘zidan kuchsizni xafa qilish gunoh ekanligi о‘shanda bir umr 
yodimda qolgan... E, hammasi о‘tdi-ketdi. 
B ye g‘ a m. Meni bolaligimda hech kim urgani yо‘q. Ammam "akamdan 
qolgan yodgo-rim" deb erkalaganlari-erkalagan edilar... 
Chol. Benazir ayol ekan. 
Sukunat. Beg‘am qо‘zg‘almoqchi bо‘ladi. 
Chol. Shoshma... Agar menga bir gap bо‘lib qolsa, sen "otam" deb yig‘lagin, 
norday uch о‘g‘lim-ku sо‘ngagimni yerda qoldirmaydi, ammo qizim yо‘q... 
Otaning aza-sini qizi obod qiladi... Tushundingmi?.. Saodat kelinga ham 
tayinlaganman. 
Be g ‘a m. (Ovozini titratmaslikka tirishib.) Ha... Tushundim, bobojon!.. Fa-qat 
unday demang!.. Tuzalib ketasiz... 
Chol. О‘lim har bir kishining boshida bor, qizim. Kezi kelganda aytdim-qо‘ydim-
da... Nasib qilsa, Samarqandga bir borib kelsam... Keyin omonatini top-shirib 
ketaveraman... 


78 
Dramaturg har bir personajga alohida xarakter topadi. Drama tarzida 
yondashib voqealar rivoji sari qahramonlarni kuchaytirib boradi. Ushbu sahnada 
ham obrazlar dialogi о‘zaro bog‘lanib voqealar rivojini ochib beradi. 
Bog‘. Bazm davom etmoqda. Endi Uchuvchi va Xorijlik ham о‘tiribdilar. 
SH o k i r. Bu chaganaliklarning ildiz otmagan joyi yо‘q. Amerikada ham tomir 
otishipti-Y. Men siz sо‘ragan otaning о‘g‘illari bо‘laman. Ismim — Shokir. Bu 
kishi tumanning hokimi Eshmamatov aka. Amerikachasiga aytsak, gubernatormi, 
mermi, shunga о‘xshash katta odam. 
Uchuvchi. Men Samarqanddagi aviaotryadsa vertolyot uchuvchisiman. Men ham 
chaganalikman. Shu yerda maktabni tugatganman. Koriz guzardanman... 
Amerikadan kelgan mehmon bilan biz ikki aka-ukaning nevaralari ekanmiz. 
Topishganimiz-dan keyin, surishtirib, shu qarorga keldik. Ismu shariflari 
Muhammad Chagana. 
Xorijlik (u allaqanday sharq tilining nuqsi urgan о‘zbek tilida salmoqlab, har bir 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling