Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Asarda mavzu tanlash va uning sahnaviyligi 2. Asarda mavzu va voqealar rivoji
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. О‘zbek teatri rejissyorlaridan kimlarni bilasiz? 2. Teatr va kino rejissyorining farqi va uzviy bog‘liq jihatlari nimada? 3. Teatr rejissyorining aktyor bilan ishlash xususiyatlari haqida gapiring. 7-mavzu: Muallif tomonidan qalamga olinadigan voqea 1. Asarda mavzu tanlash va uning sahnaviyligi 2. Asarda mavzu va voqealar rivoji Buyuk yozuvchi A.Qodiriyning quyma oltindek bashariyatga va abadiyatga dahldor “О‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari tufayli qirq yoshida shо‘rolar tuzumi “Xalq dushmani” tamg‘asi bilan otib tashlagan. Usmon Nosirining otashin she’rlari uchun 27 yoshida qatag‘on qilishgan. CHо‘lpon, Fitrat va boshqa iqtidorli yozuvchi va shoirlar asarlari tufayli jonlaridan judo bо‘lganlar. Tarixda Mashrab, Nodiralar ham shunday qismatga uchraganlar. Dramaturg ham о‘z asarlari bilan Vatan tuyg‘usi, millat erki, qayg‘usi uchun hamisha jasorat bilan ekran maydoniga chiqmoqligi kerak. Shunda milliy va umuminsoniy kino, teleseriallar dunyoga kelib jahon ekranlaridan munosib о‘rin egallaydi. Mavzu qaysi yо‘nalishda bо‘lmasin, hammasining g‘oyasi birinchi navbatda milliy qadriyatlar ma’naviyati, keyingi navbatda baynalminal ruhiyati ya’ni umuinsoniy g‘oya uyg‘un bо‘lishi kerak. Chunki har bir millat jahon xalqinining bir bо‘lagidir. Umuminsoniylik g‘oyasi insoniyat asarlar ijod qila boshlagan 59 vaqtdan boshlangan. Eramizdan avvalgi antik dunyo adabiyoti, aniqrog‘i dunyo adabiyoti buyuk namunalari Gomer, Shekspir, Shiller, Gyote, Tolstoy, Chexov , Sofokl asarlari, Oddesiya va Illiada, Alpomish eposlaridan tortib bizgacha yetib kelgan asarlardir. Navoiy dostonlari, A.Qodiriy asarlari milliy va baynalminal asarlardir. Bu davrlarda rus adabiyoti ham о‘zining Pushkin, Tolstoy, Chexov kabi buyuklari bilan dunyo madaniyatiga ulkan hissa qо‘shdi. Bular hamma davrlarning va hamma xalqlarning yozuvchilaridir. Ular yer yuzida insoniyat bor ekan yaxshilik-ezgulik uchun xizmat qilaveradi. Ssenariynavislarning asari ham shunday yozuvchilar asarlari qatoriga kirishi mumkin. Uning yaratgan sahna va ekran asarlari bir vaqtda dunyo xalqlarini qalbini zabt etib, kelajakka-abadiyatga yо‘l solishi mumkin. Buning uchun ssenariynavislarning tug‘ma iste’dodi, mukammal bilimi yuksak falsafiy tafakkuri bо‘lishi kerak. Shunda san’at olamida favqulodda shaxs sifatida bо‘y kо‘rsatadi. Iste’dod ishchanlikni, nozik ta’blikni , о‘z xalqiga muxabbatli bо‘lishni, Vataniga fidoyilikni , о‘zini ishonch va irodasiga sodiqligini yoqtiradi. Ssenariynavis о‘z xalqining ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilgan holda asar yaratishga kirishishi zarur. Chunki ijobiy fazilatni elga namoyish qilish va uni ibrat maktabiga aylantirish va dunyo xalqlariga yuqtirish, salbiy xolatga nisbatan keskin kurash olib borish salbiy illatdan xalos qilish masalasi ijodkor oldida kо‘ndalang turishi kerak. Muallif tomonidan qalamga olinadigan voqea haqida – voqea topilmasdan va uning konfliktini bitta kompozitsiyaga jo qilmasdan turib, yangi fikr aytishni e’tiborga olmasdan turib sahna asari yozishga kirishish aslo mumkin emas. Bu fikrimizning isboti uchun biz dramaturg Erkin A’zamning “Tanho qayiq yohud Devonaning orzusi” Orol bobodan dramatik rivoyatidan parcha keltiramiz. Orol bо‘yidagi tashlandiq bir ovulda qayiqsoz bir chol tanho yashaydi. Dengiz suvi allaqachon necha chaqirim masofaga “qochib ketgan”. Biroq chol hanuz qayiq yasash bilan mashg‘ul. Bunisi kamdek, chol tevarak-atrof ovullardagi bekorchi yosh-yalangni girdiga tо‘plab, ularga-da bu kо‘hna kasbni о‘rgata boshlaydi. Bir 60 qarashda bu hol savdoyining qilig‘iga о‘xshaydi: suv yо‘q, dengiz yо‘q, bir tо‘p odam endi butunlay keraksiz bо‘lib qolgan hunar – qayiqsozlik bilan band. Atrofi qamish chiy bilan о‘ralgan, dov-daraxtsiz yaydoq hovli. Bir yonda bahaybat duradgorlik dastgohi, tegishli asbob-anjom; yerda eski imoratlardan chiqqan uzun-qisqa taxtayu tunuka qirqimlari, nam latta о‘rab simga tortilgan egma-qayishqoq tol novdalariyu yirik-yirik mum palaxsalari va qirindi-payraxalar aralash-quralash bо‘lib yotibdi. Ish chala, chala ishlar... Qarshi tarafda tayyor mahsulot – katta-kichik qayig‘u qayiqchalar qator qilib chetanga suyab qо‘yilgan. Biri qoramoyga bо‘yalgan, biri qizil, biri kumushrang; chetroqdagilari hali bо‘yoq kо‘rmagan – ajralib turibdi. Hovlining tо‘rida – rо‘parada g‘aribgina, pasqam bir kulba. Eshigi nim ochiq, derazalari lang. Zehn solib qaralsa, eshik ham, deraza qasnoqlari ham qayiqqa mengzab ketadi, allanechuk qayiqsimon namoyishda. Uyning chap tomonida bо‘g‘otga tirab qо‘yilgan narvon ham shunday; aslida-ku u eski bir qayiq bо‘lib, tо‘nkarilganu orqasiga taxta qoqib zina yasalgan, xolos. Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u xiyla haybatdor, hashamatli, ikki uchida baliqsimon bezaklari ham bor. Ana shu qayiqning qoq belida kontoparlar kiyadigan soyaboni serbar allaqanday movut qalpoq chо‘qqayib kо‘rinadi. Suvda qalqib turgan kabi u goh baralla kо‘zga tashlanadi, goh “chо‘kib” ketadi... Tong bо‘zara boshlagan palla. Bir maromdagi xurrak tovushi. Tom ustidagi qayiqqa jon kirib daf’atan chayqalib ketadiyu undan soch-soqoli о‘siq, yoshini bilib bо‘lmaydigan bir qariya bosh kо‘taradi. U kо‘kragida yotgan qalpoqni hafsalasizgina boshiga qо‘ndirib, tevarak-atrofga vazmin alanglab nazar soladi. O r o l b o b o m i z mana shu kishi. O r o l b o b o (tashvishmand g‘udranib). Qum, qum... Yeru osmon qum-a, tavba! (Tikila-tikila, birdan yuzi yorishadi.) Yо‘-о‘q, suv bu, suv! Qara, oftobda shishaday yalt-yult qilyapti jonivor!.. Orol qaytib kelibdi! Orolim! Bir kechada 61 suvga tо‘libdi, yashasin, dod! Ana – mavjlari! Ana – tо‘lqinlar! Vah, qayiqlar ham suzib yuribdi!.. (U huvillab qolgan ovul tomlaridagi uzoq-yaqin qayiqlarni о‘zicha Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling