Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Asarda remarkaning о‘rni nimada? 
2. Asarni yozishda dramaturg mahorati va g‘oyaning о‘rni haqida gapiring 
3. Dramaturgning asar ustida ishlash prinsiplari nimada? 
 
4-mavzu: 
Uzbek dramaturgiyasining dastlabki davri 
1. Dramaturgiyada ilk izlanishlar 
2. Jadidlar kim va ularning qilgan ma’rifat yо‘lidagi fidoyiligi 
3. Behbudiyning “Padarkush” asarining tarbiyaviy ahamiyati 
 
Biz adabiyot tarixiga nazar solsak. Bizga ma’lumki, eramizdan avvalgi XIII-V 
asrlarda – dunyo adabiyoti, aniqrog‘i grek adabiyoti rivoj topdi. Grek 
adabiyotining о‘lmas daholari Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofanlar yuzaga keldi. 
Ularning badiiy asarlari qariyb uch ming yildan beri dunyo xalqlarining
ma’naviy durdonalari bо‘lib kelmoqda. 


30 
Undan keyin Rim adabiyotida yuksalish bо‘ldi. XVI asrda Yevropa 
xalqlaridan ingliz adabiyotida adib Shekspir, Marlo kabilarni adabiyot maydoniga 
chiqish dunyo madaniyati rivojiga yorqin rang bо‘lib kо‘rindi. XVIII asrda 
Gyote, Shillerlar olmon xalqi madaniyatiga shon-shuhrat keltiradi. XIX asrda
Gyugo, Dyuma, Standel, flober, Mopassanlar fransuz adabiyotining о‘lmas 
daholari bо‘lib qad kо‘tardi.Bu davrlarda rus adabiyoti ham о‘zining Pushkin – 
Turgenov.Chexov, Gogol kabilar bilan dunyo ma’naviyatiga ulkan hissa qо‘shdi.
О‘zbek adabiyoti ham qariyb ming yillik davrida “Alpomish”, “Tohir va 
Zuhro” kabi xalq dostonlari. Mahmud Qoshg‘ariy, Yassaviy, Navoiy, Bobur, 
Ogahiy, Nodira kabi о‘nlab daho adiblarning asarlari bilan dunyoga yuz tutdi. 
XX asrda о‘zbek adabiyoti Abdulla Qodiriyning nasriy- romanchilik asarlari 
bilan boyidi. Dramaturgiyaga asos solindi. Oybek, Abdulla Qahhor, Said Asqad, 
Mirmuxsin, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, О‘lmas Umarbekov, О‘tkir 
Hoshimov kabi iste’dodli adiblar nasriy asarlarni rivojlantirishgan bо‘lsa, о‘zbek 
adabiyotining nazm yо‘nalishing XX asr gulshanini yaratgan G‘afur G‘ulom, 
Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Shayxzoda, Shukrullo, Asqad Muxtor, 
Turob Tо‘la, Ramz Bobojon, Hamid G‘ulom, Erkin Voxidov, Anvar Isroilov, 
Jamol Kamol, Abdulla Oripov kabi о‘nlab iste’dodlar qad kо‘tardi. 
Dramaturgiyada yorqin iz qoldirgan adiblarni filologiya fanlari doktori Hofiz 
Abdusamadov о‘zining “Drama nazariyasi” kitobida milliy adaiyotimiz xalq 
xayotiga juda yaqinlashib ketdi, u bilan uyg‘unlashdi, uni sevimli adabiyoti bо‘lib 
qoldi. Xuddi ana shu davrda eng qiyin janr bо‘lgan dramaturgiya paydo bо‘ldi va 
u baquvvat namunalarini bera boshladi. Nihoyat, ular rivoj topgan mamlakatlarda
yaratilgan pyesalar bilan raqobatlasha oladigan saviyaga kо‘tarildi. Bunga 
Behbudiy, Xamza, Fitrat, CHо‘lpon, Yashin, Abdulla Qahhor, Uyg‘un Shayxzoda, 
Sobir Abdulla, G‘ulom Zafariy, Xurshid, Said Ahmad asarlarining ayrimlari chet 
mamlakatlarning sahnalaridan joy olib tomoshabinlarni ijobiy baholariga sazovor
bо‘lganini asos qilib olishimiz mumkin. Bulardan tashqari Izzat Sulton, Nazir
Safarov, Ziyo Said, Zinat Fatxullin, Umarjon Ismoilov, Shukrullo, Erkin Vohidov, 
О‘lmas Umarbekov, Ramz Bobojon, Hamid G‘ulom, Odil Yoqubov, Abdulla 


31 
Oripov A.Irohimov, Sharof Boshbekov,, Haydar Muhammad, M.Xayrullayev, 
S.Imomov kabi qator dramaturgalar yetishib chiqdiki, ulardan har birini о‘ziga 
xos badiiy xizmatlari bor”
1
. Bu nomlar qatoriga aniq faol ishlayotgan dramaturg
Xayitmat rasul, Erkin Hushvaqtov, S.Sirojiddinovlarni qо‘shish mumkin. 
О‘zbek dramasining tug‘ilishi jadidlarning о‘zbek milliy teatr san’atini 
yaratish yо‘lidagi faoliyatlari bilan bog‘liq. Ular teatrni milliy madaniyatning 
yangi shakli sifatida targ‘ib qilish bilan birga, uning g‘oyaviy asosini tashkil 
etuvchi repertuar – drama, tragediya va komediyalarni yaratish, ijrochi truppalarni 
uyushtirish, ularning iqtisodiy va boshqarish muammolarini hal etishni ham о‘z 
zimmalariga oldilar. 
Jadidlar о‘zbek teatrining ham targ‘ibotchisi, ham yaratuvchisi bо‘lib 
maydonga chiqdilar. Ularning kо‘pchiligi bir vaqtda targ‘ibotchi, tashkilotchi, 
dramaturg, rejissyor, aktyor sifatida ijod qilgan fidoyilar edilar. Ular asosan 
Ma’rifat orqali insonlar ongu-shuurini tarbiyalashni, nodonlikka qarshi 
kurashishni, xalq madaniyatini kо‘tarishni, eski urf-odatlarni tanqid qilishni 
maqsad qildi va bu intilish jadidchilar yozgan pyesalarning g‘oyaviy asosini 
belgilab berdi.
Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati — uning oila hayotini 
tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma’rifiy tarbiyalash va shu orqali 
jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg‘onish g‘oyalarini tarannum etishda 
kо‘ringan edi. Jadid ma’rifatparvarlari yoqqan ma’rifat mash’ali qariyb 1930-
yillarga qadar yangi g‘oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib 
kelgan ahli san’at yo’llarini yoritib turdi. 
Ma’rifatparvarlik g‘oyalari singdirilgan Mahmudxо‘ja Behbudiyning 
«Padarkush» fojiasi (1914 yil 27 fevralьь) о‘zbek teatrining asosiy yо‘nalishini 
belgilab berdi. «Padarkush»dan keyin «Turon» truppasi Abdulla Qodiriyning 
«Baxtsiz kuyov», Abdulla Avloniyning «Advokatlik osonmi?», «Pinak», Hoji 
Mu’inning «Mazluma xotin» pyesalarini sahnalashtiradi.
1
Ҳ.Абдусаматов “Драма назарияси”. Тошкент 2000 йил Ғ.Ғулом. “Адабиёт ва санъат” нашри. 5 б 


32 
“Butun jadid dramasi mohiyatiga kо‘ra ma’rifatchilik yо‘nalishida rivojlandi 
va Yevropa dramaturgiyasining realistik prinsiplariga tayandi. Ular eng avvalo 
qahramonlar obrazlarining xarakterini ochish, syujet va kompozitsiya tuzish, 
shuningdek ijtimoiy va sotsial qarama – qarshiliklarni aniqlash kabilarda о‘z 
ifodasini topdi. M. Behbudiy, A.Avloniy, Hamza, G‘.Zafariy, Fitrat kabi 
adiblarning asarlari bunga misol bо‘ladi. О‘sha paytlardayoq mavzuiy va uslubiy 
farq ochilib qoldi. Tarixiy mavzudagi va zamonaviy muammolarga bag‘ishlangan 
pyesalar paydo bо‘ldi. Dramaturglar tragediya, dramalar yozdilar, ular dastlab 
havoskorlar jamoalarida, sо‘ngra professional teatrlar sahnalarida namoyish 
etildi”
1

О‘zbek milliy teatrining beshigi bо‘lgan «Turon» teatr truppasi о‘zbek adabiy 
dramasi bilan bir zamonda tug‘ilib, bir sharoitda shakllanish jarayonini boshidan 
kechirdi. 
Oktabr tо‘ntarishi Turon xalqlarining boshiga tushgan ofat deb ta’riflandi. 
Dramaturglar Milliy istiqlolga chorlovchi «Temur sag‘anasi» (1918), «Chin 
sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) kabi asarlar yozdi. Hamza Hakimzoda 
Niyoziy esa «Boy ila xizmatchi» pyesasida erkini boy berib, bosqinchining quliga 
aylangan davlatda xalqning ikki tomonlama – mahalliy va kelgindi hokimlar zulmi 
ostida qolganini bayon etdi. 
О‘zbek teatrining tug‘ilganiga о‘n yil bо‘lmayoq Abdurauf Fitratning «Chin 
sevish», «Abulfayzxon», CHо‘lponning «Yorqinoy», Hamza Hakimzodaning 
komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni ovrupacha 
drama estetikasi talablari darajasida bо‘lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari 
edi. 
Shu davrda о‘zbek dramaturgiyasi barcha yо‘nalishlar bо‘yicha rivojlanish 
yо‘liga kirdi. Drama, komediya, satirik komediya, tragediya, musiqali drama 
janrlarida yetuk asarlar paydo bо‘ldi. Fitrat va Hamzaning yuqorida nomlari tilga 
olingan pyesalaridan tashqari, yana Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi», «Kim 
tо‘g‘ri?» (1918), «Burungi saylovlar», «Burungi qozilar yoxud Maysaraning ishi» 
1
Тўлахўжаева М. 


33 
(1926), «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi», «Jahon sarmoyasining 
oxirgi kunlari» (1927), Fitratning «Abo Muslim» (1919), «Arslon» (1926), G‘ulom 
Zafariyning 
«Halima» (1920), Uyg‘urning «Turkiston tabibi» (1918), 
CHо‘lponning «Yorqinoy» (1920), «Hujum» (V.Yan bilan hamkorlikda), 
Xurshidning «Farhod va Shirin» (1923), «Layli va Majnun» (1924) pyesalari 
shular jumlasiga kiradi. 
1918 yildan 1920 yilning oxirigacha truppa rahnamosi Mannon Uyg‘ur 
Hamzaning «Zaharli hayot», Fitratning «Abo Muslim», «Chin sevish», G‘ulom 
Zafariyning «Halima», О‘rdubodining «Andalusning sо‘nggi kunlari», G‘ozi 
Yunusning «Zohhoki moron» singari katta hajmdagi yirik pyesalari qatorida, 
Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Abdulla Avloniyning «Advokatlik 
osonmi?», о‘z qalamiga mansub «Turkiston tabibi», «Fanniy uy» singari 
komediyalarni va G‘ulom Zafariyning «Tilak», «Yomon о‘g‘il», «Rahmli shogird» 
singari bir pardali va kichik hajmdagi bolalar tarbiyasiga oid qator pyesalarni 
sahnalashtiradi. 
«Halima» musiqali dramasining talqin amallari uni hali о‘zbek sahnasida 
misli kо‘rilmagan mumtoz spektaklьь darajasiga kо‘tardi. U G‘ulom Zafariy 
sо‘nggi marta hibs etilib (1937), asar sahnadan olib tashlangunga qadar, о‘n yetti 
yil mobaynida tinimsiz, «anshlag» holda namoyish etildi. Asar xalq dramasi 
shaklida talqin etildi. 
Muallif va teatr xalqimizning oila, odob aqidalari, asriy odatlarini zо‘r badiiy 
ta’sir kuchi bilan akslantirdi. Natijada tomoshabin, M.Behbudiy ta’biri bilan 
aytganda, sahna oinasida kо‘pchilikka xos turmush tarzi va odatlarini kо‘rib, 
mulohaza va taassurot girdobiga g‘arq bо‘ldi. О‘zbek sahnasida milliy musiqali 
drama yaratsa bо‘ladimi, deya ijod ahlini qiynayotgan savolga ham bu spektaklьь 
javob bо‘ldi.
«Halima» spektakli xalqning yashash tarzida eski urf-odatlar inson baxti 
uchun tamoman zid ekanini muallif va teatr jamoasi har tomonlama ochib berishni 
asosiy vazifa qilib belgilagan edi. Inson tug‘ilib dunyoga kelar ekan, u hali har 
qanday odat, rasm-rusumlardan xoli va erkin bо‘ladi. Bu hayotning oddiy haqiqati. 


34 
Shu oddiy haqiqatni muallif va teatr Nilsiz-bо‘yoqsiz yetakchi mavzularning biri 
qilib oladi.
«Halima» spektakli misolida boshlangan tajriba Xurshidning «Farhod va 
Shirin», «Layli va Majnun» pyesalarini sahnalashtirishda davom etdi. Xurshid 
sahna faoliyatini teatrda suflyorlikdan boshlagan, «Halima» spektaklini sahna 
jarayonining ichida pishib yetilgan Uyg‘urning safdoshlaridan, sahna sirlarining 
bilimdonlaridan edi. Uning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» pyesalari 
Alisher Navoiy va Fuzuliy asarlarining tom ma’nodagi inssenirovkalari bо‘lmay, 
xalq afsonalari asosida oddiy tomoshabinga tushunarli tilda yaratilgan asarlar edi. 
Bu tо‘g‘rida muallifning о‘zi har ikki asar mazmunini xalq afsonalari tashkil 
etgani, о‘rni bilan Navoiy va Fuzuliy dostonlaridan foydalanilganini aytgan.
2
Musiqali dramadek murakkab sintetik san’at janrining paydo bо‘lishi ham 
о‘zbek xalqining benihoya boy badiiy merosga egaligi va shu merosni zamonaviy 
teatr tiliga kо‘chira oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog‘liq edi. Dastlab kichik 
musiqali sahnalar tarzida kо‘ringan bu janr G‘ulom Zafariyning «Halima», 
Xurshidning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asarlarining yaratilishi bilan 
о‘zbek teatrida alohida san’at yo’nalishi tarzida taraqqiy topdi. Ta’kidlash lozimki, 
о‘tmishda bu «folklor janr, о‘tkinchi, opera san’atiga о‘tishda kо‘prik vositasi 
xolos» degan fikr-mulohazalar musiqali drama yo’liga qanchalik tо‘siq bо‘lmasin, 
u rivojlanishda davom etaverdi. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini 
sahnalashtirishga qaratilgan «Musiqali drama va komediya teatri» deb atalgan 
viloyat teatrlari drama borasida hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali 
drama sohasida 1930-yillarda Respublika musiqa teatri, keyin Muqimiy nomidagi 
musiqa teatri tajribalariga suyandi va har biri san’atimiz xazinasiga ulush bо‘lib 
qо‘shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni yaratdi. 
30-yillar о‘zbek teatri tarixida, bir tomondan, sahna san’atida professionalizm, 
badiiy mahorat yuzasidan erishilgan yirik yutuq va ixtirolar davri bо‘ldi.
2
Ўзбекистон Бадиий академияси Санъатшунослик илмий тадқиқот институтининг қўлёзмалар захираси. Ж.Х-98 №246. 


35 
Shu davrdan boshlab K.Yashin qalamiga mansub pyesalar «О‘rtoqlar» 
komediyasi musiqali teatr, «Yondiramiz» dramasi 1932 yili Hamza va viloyat 
teatrlari sahnasidan о‘rin oldi. 
K.Yashin bilan oldinma keyin dramaturgiyaga Umarjon Ismoilov «Paxta 
shumg‘iyalari», «Rustam», Ziyo Said va Nazir Safarov «Tarix tilga kirdi», Sotti 
Husayn «Loyqalar», «G‘alaba», Zinnat Fatxullin «Burgut yanchildi», «Niqob 
yirtildi», «Istiqlol», «G‘unchalar» singari pyesalari bilan kirib kelishdi. 
K.Yashin «Ikki kommunist» pyesasini «Tor-mor» nomida qayta ishlab, 
ketma-ket «Gulsara»
3
(1934), «Nomus va muhabbat» (1935) asarlarini yozdi. Bu 
asarlarning hammasi respublikadagi mavjud teatrlarning repertuaridan о‘rin oldi. 
Nazir Safarovning «Uyg‘onish» dramasi 30-yillarning oxirida yozilib (1938), 
Hamza nomidagi teatr sahnasida qо‘yilgan (1939) sо‘nggi pyesa edi. 
1941 yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan sovet hukumati va 
kompartiya xalq orasida frontga safarbarlik, dushmanga qarshi kurash ruhini 
kuchaytirish uchun vatanparvarlik namunasi bо‘lgan tarixiy shaxslar va xalq 
qahramonlari jasoratini adabiyot va san’atda aks ettirishga da’vat etadi. Shu 
bahona bilan ilgari man etilgan tarixiy mavzularga bir qadar yо‘l ochilganday 
bо‘ladi. Yuzaga kelgan imkoniyatdan о‘zbek dramaturglari va teatrlari unumli 
foydalanadilar. 
Safarbarlik mavzuidagi K.Yashinning «О‘lim bosqinchilarga», (1941-1942), 
«Davron ota» (S.Abdulla bilan hamkorlikda, 1942), «Oftobxon» (1944), 
Uyg‘unning «Ona», Sobir Abdullaning «Qо‘chqor Turdiyev» (1943), S.Abdulla, 
H.Olimjon va Uyg‘unning «О‘zbekiston qilichi» (1943) drama va musiqali 
dramalari bilan birga Hamid Olimjonning «Muqanna» (1943), Uyg‘un va Izzat 
Sultonning «Alisher Navoiy» (1942), Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin 
Manguberdi» (1944) tarixiy dramalari, A.Kozlovskiyning «Ulug‘bek» (E.Kaplan, 
S.Mixoels) ,O.Chishkoning «Mahmud Tarobiy» (Oybek, 1944) operalari vujudga 
keladi. Biroq gо‘yo «tarixiy о‘tmish ideallashtirilgan» bu asarlarni о‘tkazish 
jarayoni og‘ir kechadi. 
3
М.Муҳамедов билан ҳамкорликда. 


36 
Jahon urushining oxirlab qolgan 1944 yili Uyg‘unning tinchlik davrini esga 
soluvchi qishloq hayoti mavzuidagi «Qaltis hazil» komediyasi paydo bо‘ladi. 
Pyesa chini bilan hazil-mutoiba yо‘li bilan yozilgan, xilma-xil tabiatli insonlarning 
qiyofasini mahorat bilan ta’riflab beruvchi maroqli komediya edi. 
Uyg‘un shu pyesasidan e’tiboran qishloq, kolxoz hayoti mavzuini urushdan 
keyingi ijodida atroflicha yoritishni izchillik bilan davom etdtiradi. U 1947 yili 
«Hayot qо‘shig‘i» dramasini, «Oltin kо‘l» musiqali dramasini, 1949 yili 
«Navbahor» pyesasini yozadi. Har uchala asar poytaxt va viloyat teatrlari 
sahnasida uzoq vaqt namoyish etiladi. Bu pyesalarda tinch, halol mehnatga 
asoslangan turmushning qadriga yetish, eskilik bilan yangilik orasidagi kurash, 
xotin-qizlar tashabbusini rag‘batlantirish singari mavzular kо‘tariladi. Ana shu 
mavzu 1958 yilda yozilgan «Hurriyat» pyesasida davom etadi. 
Ikkinchi jahon urushida о‘zbek xalqining ishtirokini yorituvchi mavzuga 
K.Yashinning 1949 yili yozilgan «General Rahimov» tarixiy dramasi bilan nuqta 
qо‘yadi. 
50-yillar avvalida dramaturgiyaga tajribali yozuvchi Abdulla Qahhor bilan 
birga Bahrom Rahmonov, Odil Yoqubov boshliq yangi avlod kirib keladi. Abdulla 
Qahhor ilk «Shohi sо‘zana» («Yangi yer», 1950-1952) komediyasida Uyg‘unning 
«Qaltis hazil» komediyasidan keyin sahnada kulgi janrini jonlantirish bilan birga 
hazilni chinga burishga, komediyaning asosiy vazifasi kulgi bahona jamiyat va 
inson tabiatidagi nuqsonlarni ochib tashlashdan iborat ekaniga e’tiborini qaratib, 
izchillik bilan ish tutadi. Agar «Shohi sо‘zana»da kulgining fosh etuvchi kuchi u 
qadar sezilarli darajada bо‘lmasa, «Og‘riq tishlar»da (1954) jiddiy tus olib, 
«Tobutdan tovush»da (1962) avjiga chiqadi. Pyesa «Sovet voqeligini buzib 
kо‘rsatish» aybi bilan qoralanadi. Bundan о‘n yilcha avval Bahrom Rahmonovning 
ilk yozgan «Yurak sirlari» (1953) komediyasi ham shunday hukmga duchor bо‘lib 
Hamza nomidagi teatr tomonidan sahnalashtirilgan spektakli tо‘xtatib qо‘yilgan 
edi. Biroq uzoq davom etgan muhokama, bahslardan sо‘ng, jamoatchilik va 
mutaxassislarning himoyasida sahnada tiklanib, tamoshabinning sevimli va umri 


37 
boqiy spektakllari safiga о‘tadi. «Tobutdan tovush» komediyasining spektakli bilan 
ham xuddi shunday voqea yuz beradi. 
Odil Yoqubov zamon va zamondoshlar qulfi-dili, orzu-armonlari, yoshlarning 
azmu-qarorlari sadosi uyqash keng qamrovdagi mavzularni «Chin muhabat» 
(1955), «Sadoqat» (1957), «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1958) 
pyesalarida timsollarning о‘ziga xos ishtiyoqli kechinmalarini, jonli sahnalarda 
kо‘rsata olganligi bilan Hamza nomidagi teatr e’tiborini о‘ziga tortadi. Shu 
pyesalarning hammasini teatr birin-ketin sahnalashtiradi. Odil Yoqubov jamoaning 
ishonchli mualliflari safidan о‘rin oladi. 
1959 yili Hamza nomidagi teatrda qо‘yilgan Ramz Bobojonning «Tog‘a va 
jiyanlar» komediyasi dramaturgiyada A.Qahhor va B.Rahmonov pyesalaridagi 
tanqid va satira yо‘nalishini davom ettirishga da’vat sifatida ahamiyatli bо‘ldi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling