Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- mavzu: Adabiy janrlardan biri dramaturgiY.
- Kinodramaturgiya
О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari,
ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yо‘l qо‘ymaymiz. Davlatimiz rahbarining har bir nutqida ma’naviyatning rivojlanishi, ma’naviy muhtning yanada shakllantirishga e’tibor qaratilgani, bu borada san’at va madaniyatning о‘rni alohida о‘ringa egali barchamizni e’tiborimizni tortadi. Bu 23 borada, san’atning har bir yо‘nalishi ayniqsa, yozuvchi dramaturglarning ijodiy ishlari yanada zamonaviy mavzularda asarlar yaratishlariga turtki beradi. 2- mavzu: Adabiy janrlardan biri dramaturgiY. 1. “Dramaturg mahorati” fanining vazifasi 2. Dramaturgiyada janr tushunchasi Ijod dunyosida adabiy turlar talaygina, dramaturgiya esa shu adabiyot turlarining shox janrlaridan biri hisoblanadi. Dramaturgiya janri qisqa qilib aytganda, bayonchilikdan qochib, voqeani tortishuvlar ya’ni konflikt asosiga qurishni talab etadi. Ayniqsa, bu janr asosida aytmoqchi bо‘lgan voqea tomosha asnosiga qurilmoqlikni taqazo etadi. Kinodramaturgiya-suratga tushirish uchun mо‘ljallangan har qanday filmning g‘oyaviy-siyosiy asosini adabiy asar turi manba hisoblanadi. Kino –san’ati asari sintetik xususiyatga ega bо‘lib, uning tarkibida adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, aktyor mahorati, rejissura, operator va boshqalar umumlashmasi, bо‘ladi. Kinodramaturgiyada voqea-xodisalarni tasvirlang asosan kinoning ifoda vositalaridan foydalaniladi. Xususan, adabiyotning she’riyat, proza, dramaturgiya elementlarini ham qо‘llaydilar. Kinodramaturgik asarni vujudga kelishi ssenariy yozishdan boshlanib, montaj stolida tugaydi. Har qanday film qaysi mavzuda, janrda, shaklda bо‘lmasin, uning asosini badiiy sо‘z san’atining bir kо‘rinishi - ssenariy tashkil etadi. Kinodramaturgiyaning dastlabki namunalari ancha oddiy ya’ni ovozsiz filmlar sur’atga olingan bо‘lib, bugungi kunda u murakkab ijod tizimiga aylangan. Filmning g‘oyaviy-badiiyasosi aniq bо‘lishi uchun kinossenariyda muallif g‘oyaviy pozitsiyasi mustaxkam va mantiqan asoslangan bо‘lishi kerak. G‘oya yangi fikr kinossenariyning kompozitsion tuzilishi-dramatik konfliktlarga, syujet harakatiga janrlar xilma-xilligi ya’ni asarning tuzilishiga imkoniyat yaratadi. Hozirgi zamon xujjatli kinolarida kinomatografik obrazlilikning tо‘rta komponenti mavjud. 24 1. Remarka-murakkab kinomatografik harakat va kino ssenariyning hamma tomonlarini obrazli xarakterlash. Peyzaj, harakat vaziyati, voqealar tuzilishi, qaxramonning xolati, musiqa va shovqin va boshqalar remerkani hosil etadi. 2. Tasviriy qism, dialog va monologlar-ssenariyning asosidir. Bunda voqealarning qatori va xarakaterlar qirralari ochiladi. Kinomatorafik dialogining о‘ziga xosligi, harakatning davomiyligida, aktyor xarakteri yoritishga imkoniyat mо‘lligi. 3. Kinossenariyda personajlar nutqi, ichki ruxiy olami, kayfiyatini tasvirlash uchun muhit, shart sharoit yaratish. Bu muallifga murakkab xarakterlarni keng yoritishga yordam beradi. 4. Kinossenariyda muallif nutqi muhim rol о‘ynaydi. Muallif matni faqat film kompozitsiyasini emas, balki uning ichki dinamikasini ham belgilab beradi. Xujjatli kinodramaturgiyaning muhim xususiyati, undagi voqea-xodisalar badiiy publitsistik obrazlar va muallif nutqi orqali tomoshabingga havola etilishidadir. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling