Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
qarab qolgach, taassuf ila bosh chayqaydi, og‘ir xо‘rsinadi.) Bola ketibdi-da
baribir. Atta-ang, atta-ang. Yaxshigina usta bо‘lib qoluvdi-ya, kasofat! G ye n j a m u r o d (g‘ashi kelib). Kasofatingizning о‘rnini bildirmayapmiz lekin, bobo! Ana, siz yо‘g‘ingizda bir emas, ikkita qayiq yasab qо‘yganmiz! T i l o v b ye r g a n (hayajondan). Tо‘rtta de! J u m a b o y (unga о‘qrayib). Ikkita, ikkita! 65 Genjamurod choldan pinhona, “kallang ishlamaydi” degan kabi kо‘rsatgich barmog‘ini chakkasiga burab qо‘yadi. O r o l b o b o (ruhlanib). Barakalla, chirog‘larim, barakalla! Xо‘sh, yana nima yangilik? T i l o v b ye r g a n. Siz birdan ketib qoldingiz, mana, bugun birdan kelib qoldingiz – yangilik shu! Baravariga kulib yuborishadi. O r o l b o b o (о‘rnidan og‘ir qо‘zg‘alib). Asr payti kepqolgandir, men namozimni о‘qib olay endi... bir haftalik qilib! Chol о‘choqboshidan oftobasini olib, uy orqasiga о‘tadi. Yigitlar qaytib ishga tutinadi. Jumaboy qandaydir taxtani aylantirib kо‘zdan kechirayotganida uning bir uchi dastgoh adog‘ida turgan tranzistorga tegib ketadiyu shо‘x yalla yangraydi. Qoraqalpoqlarning mashhur “Dembermas”i!.. Ana shu tarona asnosi hovli qorong‘ilashib, keyin yana asta yorisha boshlaydi. Tong! Uzoqlardan kelayotgan dengiz shovqinlari boyagi qо‘shiqqa qorishib, uni bosib ketadi. Ana – tо‘lqinlar bir-biriga urilib shaloplashi, jonsarak mavjlar shiviri, eshkaklarning bir maromdagi g‘ichir-g‘ichiri... Ana – chag‘alaylarning betinim chug‘ur-chug‘uriyu suvga tо‘sh urib uchayotgan oqchorloqlar sasi... Yeru osmon g‘ayrioddiy, g‘ayritabiiy bir yog‘dular, charog‘onlik qо‘ynida... Tom boshidagi ona qayiqda O r o l b o b o miz tik turibdi. Qalpog‘i qо‘lida, quvonchdan kо‘zlari chaqnab har yonga alanglayotir. Chetan ortidan shogirdlar sasi eshitiladi: “Kо‘rdi! Ana, qaranglar – kо‘rdi!” O r o l b o b o (hayqira-qiyqira). Mana, keldi! Axiyri keldi! Suv, suv!.. Orolimiz suvga tо‘ldi, odamlar! Yashasin, dod! Shu kunni kо‘rdim-a! Endi о‘lsam armonim yо‘q... (Qо‘llarini kо‘kka chо‘zib.) Omonating ol, egam! Roziman, bariga roziman! Shukr, shukr... Chol shunda bir qalqiydiyu oyoqlari mayishib, bо‘shasha-bо‘shasha, baayni suvga chо‘kayotgan misol, qayiq ichida kо‘rinmay ketadi. 66 Atrofni sukunat chulg‘aydi – purhikmat, tantanavor bir sukunat!.. Chol qayiq ichiga “chо‘kib” ketgach, andak sukunatdan sо‘ng, chamasi, chetan ortida bu manzarani – nima bо‘lishini kuzatib-poylab turishganmi, birin-ketin sh o g i r d l a r kirib keladi. Ular hovli о‘rtasida saf tortib, tomboshiga baqraygancha qotib qolishadi. Bir vaqt chetan eshik og‘zida yelkasiga safarxalta osgan notanish libosli yigit paydo bо‘ladi. A m ye t! U ohista yaqinlashib, uch о‘rtoqni orqasidan birvarakay quchib oladi. T i l o v b ye r g a n (vahima ichida). Amet! Senmisan? Osmondan tushdingmi, nima balo?.. A m ye t (aybdorona). Keldim. Kо‘nglim bir nimani sezganday bо‘laverdi... Tо‘rt о‘rtoq yig‘lamsiragancha quchoqlasha ketadi. Sizlarni... Orolni unutolmadim, jо‘ralar. Keldim. J u m a b o y (tomboshiga ishora qilib). Yuragi yorilib о‘lib qoldi bobomiz... Kо‘zlariga ishonmagan-da! A m ye t (yuzini changallab). Men, hammasiga men aybdor!.. (U jahl bilan yelkasidagi safarxaltani yerga otadi.) T i l o v b ye r g a n. Endi nima qildig-a, bolalar, nima qildik? J u m a b o y (sarkorlikka о‘tib). Yuringlar. Olib tushish kerak... Birin-birin qayiq-narvonga tirmashib, tomga chiqa boshlaydilar. G ye n j a m u r o d (chiqayotib). Aytib edim-ku, bu ishimizning oxiri zil bо‘lib chiqadi, deb!.. J u m a b o y (tepadan, jerkib). Qо‘y endi sen ham shu paytda!.. Har ne bо‘lgandayam murodiga yetdi-ku bobomiz! Suvni kо‘rganday bо‘lib ketdi... Yigitlar tomda qayiqni qurshab, baravariga unga engashadilar. Amet beixtiyor cholning qalpog‘ini olib, boshiga qо‘ndiradi. T i l o v b ye r g a n (izillab). Bobojon, о‘lmang! Kо‘zingizni oching... A m ye t. Kechiring, ustoz, beoqibat shogirdingizni kechiring... J u m a b o y (о‘qrayib). Bо‘ldi!.. Qani, oldik! 67 Tomboshida tо‘rt о‘g‘lon – tо‘rt shogird qayiq-tobutni dast kо‘tarib turibdi! G‘oyibona vidolashuv... O r o l b o b o (ovozi). Kelganing chinmi, Amet bolam? Bobongning о‘lishini kutib yurganmiding yo?.. A m ye t (ovozi, titrab). Unday demang, bobojon, unday demang. Keldim, mana. Butunlay keldim. O r o l b o b o (ovozi). Bilib qо‘y, Orol chaqirdi seni, Orolimiz! Ishonmasang, ana – atrofga boq, suvning о‘zidan sо‘ragaysan! A m ye t (ovozi). Sizlarni tashlab qayoqqa ham borardim, bobo?! O r o l b o b o (ovozi). Ota bolasi emas, Orol bо‘lib qaytdim de? Barakalla, chirog‘im! Bobongning vasiyati – anovi qalpoqni hech qachon boshingdan qо‘ymagaysan! A m ye t (ovozi). Ruhingiz xotirjam bо‘lsin, bobo, sizdan meros bu qalpoq hamisha boshimda tug‘!.. T i l o v b ye r g a n (ovozi, yig‘i aralash). Bizlarni kechiring, bobojon... G ye n j a m u r o d (ovozi). Men sizni bugun bildim, Orol bobo! О‘zimni ham endi taniyapman. Sarkashroq bolangizning qiliqlaridan о‘tarsiz, bobojon... J u m a b o y (ovozi). Bunday bо‘lib chiqishini kim о‘ylabdi deysiz, Orol bobo! Biz sizni bir suyuntirmoqchi edik-da... O r o l b o b o (ovozi). Bu dunyodan, sizlarning baringizdan rozi bо‘lib ketyapman, qaroqlarim, yig‘lamanglar, men uchun kо‘zyoshi qilib yurmanglar. Sizlar bor ekansiz, bobongiz о‘lmagan, о‘lmaydi. Sizlar bor ekansiz, Orol о‘lmaydi, Orolimiz tirik! Toabad bor bо‘lgay, omin! Qayiq-tobut nogahon bir silkinib, boshlar uzra ohista kо‘tarila boshlaydi. Yuksala-yuksala, kо‘k dengizi sari suzib ketadi... Tо‘rt о‘g‘lon osmonga qо‘l chо‘zib, uni gо‘yo kuzatib qolgan... Uzoqlardan kelayotgan dengiz shovqinlari tobora kuchayadi. Ana – tо‘lqinlar bir-biriga urilib shaloplashi, jonsarak mavjlar shiviri, eshkaklarning bir maromdagi g‘ichir-g‘ichiri... Ana – chag‘alaylarning betinim chug‘ur-chug‘uriyu suvga tо‘sh urib uchayotgan oqchorloqlar sasi... 68 Dramatik ushbu asarda yozuvchi har bir personajning hatti-harakati, ichki dialoglarini tо‘laqonli yetkazib beradi. Voqealar gо‘yoki, bitta Orol bobo atrofida sodir bо‘ladi. Dramaturgiyada voqealar tizgini maqsad sari rivojlanib boraveradi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling