Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Jadidlarni ma’rifatparvarlik faoliyati. 
2. Qaysi mualliflar ijtimoiy tragediyalar yaratishdi? 
3. О‘zbek teatri 20-yillar oxirlaridagi faoliyati. 
4. Birinchi о‘zbek musiqali dramasini ayting. 
 
5-mavzu:
Ilk pyesalar (M.Bexbudiy, A.Avloniy va bosh.) 
1. О‘zbek adabilarining ilk pyesalari 
2. Jadid dramaturglari kimlar 
3. Avloniy asarlarida insoniylik fazilatlarining aks etishi 
XX asr boshida о‘zbek adabiyoti yangi mazmun va yangi shakllari bilan 
boyidi. Dastlabki, hikoyalar “Milliy rо‘monlar” she’rlar, ijtimoiy-siyosiy 
publitsistika 
jadidchilik 
g‘oyasining vositasi sifatida maydonga keldi. 
Dramaturgiya ham deyarli bir vaqtda adabiyotga kirib keldi. Tez sur’atlar bilan 
taraqqiy etdi. Drama asarlarining omma orasidagi ta’sir kuchi, millatni tarbiyalash 
yо‘lidagi ahamiyati, nihoyatda katta bо‘lgan. Dramatik asar tomoshabin bilan 
uzviy aloqada yashaydi. Tomoshabinlar drama personajlarini о‘zlarining 


38 
zamondoshlari, safdoshlaridek his qiladilar. Shu sabab bо‘lsa kerak, ular 
tomonidan sahna asarlariga “millatning oynasi”, “ibratxonasi” deb ta’rif beriladi.
4
Behbudiyning “Padarkush”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, 
A.Badriyning “Juvormang”, Fitratning “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari” asarlari 
“fojea” deb atasalarda, ular janr nuqtai nazaridan drmaga tо‘g‘ri keladi. Jadid 
dramaturglari о‘z asarlarini “fojea” deb ataganlarida janr xarakteridan emas, balki 
о‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqqanlar. YA’ni о‘zlari tasvir etayotgan 
voqealarning millat fojeasi ekanligiga urg‘u berishni maqsad qilganlar. О‘z 
taqdirlarini millat taqdiri bilan bog‘laganlar. Bunday asarlarning tragediya ham, 
komediya ham emas, aynan drama ekanini bir misol orqali kо‘rib chiqaylik. 
Masalan, “Padarkush”dagi boy obrazi bilan “Baxtsiz kuyov”dagi Fayziboy 
obrazlari о‘zaro juda yaqin. Ularning biri butun boyligi va hayotidan, ikkinchisi 
jonidan aziz farzandidan judo bо‘ladilar. Buning sababi esa asar boshida о‘zbek 
millati uchun tipik fojea bо‘lgan ma’rifatsizlik, ilmsizlik va johillikdir. 10 yillar 
tomoshabini bu kabi boylarni har qadamda uchratib, muloqatda bо‘ladi va ibrat 
sifatida qabul qiladi. Biroq tomoshabinda bu ikki boy duch kelgan fojea, na 
achinish, na havas hisini uyg‘ota oladi. Dramada yaratilgan xarakter о‘zining butun 
yashayotgan muhitini xususiyatlarini aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda 
jadid dramaturglari tomonidan yaratilgan obrazlar nihoyatda tipik obrazlardir. 
Umuman tor ma’nodagi dramaturgiya janriga xos jihatlar xilma-xil va keng 
miqyos etsa ham, jadid dramalarining janr talablariga mos kelganini kо‘rsatadi. 10-
20 yillar dramaturgiyasida “kulgi” atamasi ostida yozilgan kо‘plab dramatik asarlar 
mavjud. Jadid dramaturglari eng kо‘p murojaat etgan janr “kulgi” janridir. 
A.Avloniyning “Advokatlik osonmi?” asari о‘zbek dramaturgiyasida dastlabki 
“kulgi” ilk komediyasi sifatida qabul qilingan. Avloniydan keyin о‘zbek 
dramaturgiyasida dastlabki “kulgi” asarlari yozila boshladi. A.Badriyning 
“Ahmoq”, “Xoji Muinjing”, “Kо‘knori”, Fitratning “Rо‘zalar”, H.Xamzaning 
“Muxtoriyat yoki avtonomiya”, “Tuxmatchilar jazosi”, “Maysaraning ishi” kabi 
pyesalari shunday asarlar sirasiga kiradi. Pyesa muallifi tomonidan aytilgan fikrlar, 
4
Қаранг: Б.Қосимов. –жадид адабиёти Ш.Ризаев. Жадид драмаси, Т., “Шарқ”, 1997. 


39 
ya’na sahna asaridagi harakat tomoshabinlar ichida о‘z prototiplarini topsa, ular 
tomonidan yaxshi deb hisoblash, xato va kamchiliklarini yuziga aytilganda buni 
tan olmaslik aytgan kishiga nisbatan esa kek saqlash kabi xususiyatlar bor. 
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, komediya janri ham о‘zining boshqa 
janrlar kabi hayotiy hodisalarga asoslanar ekan. 10-20 yillar komediyalarini shu 
nuqtai nazardan kuzatganimizda, ma’lum darajada о‘z aksini topganiga guvoh 
bо‘lamiz. Xususan A.badriyning “Axmoq” asarida bor-yо‘g‘i ikkita personaj 
ishtirok etadi. Asar qisqagina bir pardali, syujeti ham bitta. Asar shuhar kо‘rmagan 
Eshmurodning gazetaga e’lon berish uchun kelishi bilan boshlanib, shu bilan 
tugaydi. Asardagi suhbat Eshmurod va Muxarrir orasidagi befarosatligini 
kо‘rsatishga qaratilgan. Adib pyesada о‘z personajini Eshmurodni tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri “kо‘p axmoq va faxmsiz” deb ta’riflaydi. Agar kulgi obyekti bо‘lgan 
Eshmurodning harakatini chuqurroq tahlil etsak, unga nisbatan “axmoq” о‘zi 
shartli ravishda ishlatilganligiga guvoh bо‘lamiz. Muallif uning omiligi, dunyo 
kо‘rmaganini detallar bilan kо‘rsatishga urinadi. Biroq umuminsoniy nuqtai 
nazaridan yondoshadigan bо‘lsak, bugungi yashab turgan jamiyatimizda ham, 
bundan keyingi keladigan jamiyat va tuzumlarda ham Eshmurodga о‘xshagan 
odamlar bо‘lib kelgan, bо‘ladi ham. 
Bu yerda muallif personajning dunyo kо‘rmaganligiga, ilm-ma’rifatdan 
behabarligiga asosiy urg‘uni bermoqchi bо‘lgan. Ilmsizlik, ma’rifatsizlikni 
ahloqsizlikbilan barobar qо‘ygan. Bunday talqin barcha jadid ma’rifatparvarlik 
estetikasi asoslari bilan bog‘liqdir. Ushbu asari orqali yozuvchi ommada ijtimoiy-
ma’rifiy qarashlarini shakllantirish, ilmsizlikka qarshi kulgi uyg‘otish tarzida 
tarbiyaviy-ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Komediya janriga xos xususiyatlarni 
A.Badriyda bir shaklda kо‘rilsa, Hoji Mu’in personajlari faqat jamiyatni aldashga 
urinib, oxirida sharmandai-sharmisor bо‘lsalar, Fitrat va Xamza yaratgan 
personajlar о‘z-о‘zlarini ham aldab, uyatli holatlari orqali о‘quvchi, tomoshabinda 
mazmunli kulgi uyg‘otadilar. Tragediya janrining asosiy xususiyatini A.Fitrat 
“Asar qahramonining maqsad yо‘lidagi kurashlari dramadagidan kuchli bо‘lsa, 
halokatlarga, qonli fojealarga borib tо‘xtasa, tragediya (fojea) sodir bо‘ladir, deb 


40 
ta’riflaydi. Ikki tomlik “Adabiyot nazariyasi” deb tragediya janriga xos jihatlar 
sifatida qahramonlar taqdirining hayotda kam uchraydigan darajada murakkabligi 
ularning ichki dunyosi о‘rtasida nomutanosiblik... bu nomunatosiblikning halokatli 
xarakteriga egaligi” kо‘rsatiladi. Buyuk dramashunos V.Volkshteyn tragediya 
uchun muhim bо‘lgan beshta jihatni kо‘rsatib о‘tadi. Bular a) qahramonning 
о‘zidan ancha yuqori “Oliy kuchlar” bilan konflikti; b) tragediyada qahramonning 
ham ruhan, ham aqlan atrofdagilardan maksimal darajada ustunlik kasb etishi; v) 
tragediya qahramonining “aybsiz aybdor” ekanligi; g) tarixiy haqiqatdan 
chekinish; d) о‘tkir g‘oya va fikrga asoslangan dialog. V.G.Belinskiyning fikriga 
kо‘ra tragediya qahramoni “oliy tabiatli odam”dir. Fitratning “Abulfayzxon” 
tragediyasi о‘z davrining eng oldi asarlaridan hisoblanadi. Bu asar birinchi о‘zbek 
tragediyasi sifatida tan olingan asrdir. “Abulfayzxon”da oldinga surilgan g‘oya 
milliy ozodlik, milliy mustaqillik g‘oyalari bо‘lsa ham, shubhasiz aytish 
mumkinki, umuminsoniy xususiyat kasb etadi. Bu kо‘proq qahramonlarning 
taqdiridagi chigallik va murakkabliklarda kо‘rinadi. Birgina Abulfayzxonning о‘z 
nafsi yо‘lida kо‘plab begunoh odamlarning, hatto о‘z aksining boshini olishi 
oqibatidaunga taqdir tomnidan berilgan qiynoq va azoblar, ichki iztiroblar yoki 
Rahimbiyning Abulfayzxon о‘g‘li Abdulmо‘minni о‘ldirgandan keyingi ruhiy 
holati, uning ziddiyat va kurashlari hamma-hammasi tragik xarakterga ega. 
Hamzaning “Zaharli hayot” pyesasi janri haqida, ushbu asar drama ekanligi isbot 
etilsada, asarning ba’zi о‘rinlarida esa tragediyaga xos xususiyatlarning 
yuqoriligini qayd etishimiz zarur. “Zaharli hayot” pyesasi sarlavhasidanoq tragik 
holatni aks ettiradi. Asar qahramonlari Mahmudjon va mariyamxonlar butun 
jamiyat bilan konfliktga kirishadilar. Ularning insonga xos eng nozik tuyg‘ulari 
“oliy kuchlar” tomonidan inkor etiladi. Shundan sо‘ng ular butun jamiyatga qarshi 
isyon kо‘taradilar, о‘z joniga qasd qiladilar. Insonni, vijdonni, adolatni pulga 
sotadigan zamonlar, jamiyatlar, tuzumlar hali-hanuz bor. Bundan keyin 
bо‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shunga asoslanib, bunday asar 
umuminsoniy mavzularda yozilganligiga guvohmiz. Umuman tragediya yoki har 
qanday asardagi tragik voqea tomoshabinda... qо‘rquv va achinish hissini uyg‘otish 


41 
bilan birga ulardan ogoh bо‘lish, ularning hislarini tozalashga soflik kasb etishga 
xizmat qilishi zarur. Jadid tragediyalari, komediyalari hamda dramalari millatni 
ruhan poklash maqsadida yozilgan va shu maqsad yо‘lida xizmat qilgan. Jadid 
dramalari uch xil yо‘nalish bо‘lib xizmat qilsada, g‘oyaviy yо‘lda yagonaligi aniq.
Mavzular kо‘lami: 
1. Madaniy-maishiy mavzudagi asarlar 
2. Ma’naviy-ma’rifiy dramalar 
3. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi drama asarlar 
Madaniy-maishiy mavzudagi asarlar deganda Turkiston xalqini maishiy 
hayotidan olib yozilgan turmush tarzi tasvir etil gan pyesalarni nazarda 
tutmoqdamiz. Madaniy-maishiy mavzudagi asarlar sirasiga Fitratning “Rо‘zalar”, 
Avloniyning “Pinak”, N.Qudratillaning “Tо‘y”, A.Badriyning “Juvormag” va 
“Ahmoq”, A.Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Hamzaning “Zaharli hayot”, 
“Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari”, “Tuxmatchilar jazosi”, G.Zafariyning 
“Halima”, “Baxtsiz shogird” kabi asarlarini kiritish mumkin. Bunday asarlarda 
ham garchi ma’rifat va ilm targ‘ibi, ijtimoiy hayot nafasi sezilib tursa-da, maishiy-
madaniy masalalar birinchi planda beriladi. 
Milliy g‘oya jadid dramaturgiyasining asosi Respublikamiz Prezidenti 
I.A.Karimov “О‘zbekistonni yangilash” va rivojlantirish о‘z yо‘li tо‘rtta negizga 
asoslanishini kо‘rsatib о‘tadilar. Bular: 
• umuminsoniy qadiryatlarga sodiqlik; 
• halqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
• insonning о‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish; 
• Vatanparvarlik; 
Jadid dramaturgiyasi mustaqil davlatimizda kamol topayotgan yosh avlodni 
tarbiyalashda katta samarali ahamiyat kasb etadi. Ziyolilarning erksizlikka va 
tanazzulga qarshi va uning sabablarini izlay boshlaganliklari va tahliliy iо‘lanishlar 
natijasida adabiyotda, jumladan jadid dramaturgiyasida aks ettiriladi. Jumladan, 
A.Avloniy ijodi ayni davrda qaynoq adabiy, ijtimoiy shakllangan. U 1878 yilning 
12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida tug‘ildi. О‘qchidagi eski 


42 
maktabda о‘qidi. Madrasada tahsil oldi. Rus tilini qunt bilan о‘rgandi. Ijtimoiy-
madaniy hayotga aktiv aralashdi. Avloniy xalqning ilm-ma’rifatli bо‘lishini joni 
dili bilan istadi va buni amalga oshirish yо‘lida juda kо‘p ishlar qildi. U maktablar 
ochib, ular uchun kitoblar, qо‘llanmalar yozdi. Jumladan, uning 1909-17 yillar 
mobaynida “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi 
islom”, “turkis guliston yoxud ahloq”, “Maktab gulistoni” kabi asarlari chuqur 
ijtimoiy-falsafiy asosga ega bо‘lgan ta’limiy asarlar edi. 1907 yildan Avloniy 
matbuot ishlariga berilib ketadi. Shu yilning 4 dekabrida u о‘z uyida “Shuhrat” 
nomli bosma gazeta chiqara boshlaydi. Ming afsuski, tarixda hamma vaqt 
ma’rifatga-madaniyatga intilish jaholatning qarshiligiga uchragan. 1908 yilda 
“Osiyo” nomli gazeta chiqara boshlaydi. 1909 yilda “Jamiyati xayriya” tashkil 
qilib, 1-yil davomida unga raislik qiladi. Yetim-yesirlarga yordam beradi. 1914 
yilda “sadoyi Turkiston” gazetasida muharrirlik qiladi. Shu davrda ushbu gazeta 
orqali talaygina she’r va maqolalar e’lon qilgan edi.
1916 yilda Dergez mahallasida yana yangi maktab ochadi va mudir hamda 
о‘qituvchi vazifalarida ishlaydi. 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlab, 
Turkistonga rus Yevropa teatri, muzika va xoreografiya san’atining olib kelishi 
yerlik xalq, ayniqsa о‘zbek ziyolilarining rus teatri va muzika madaniyati bilan 
yaqindan tanishishga imkon yaratadi. Turkiston о‘lkasida 1907-1910 yillarda rus 
va chet el truppalari gastrollari tez-tez о‘tkazilishi natijasi о‘zbek yoshlarida bu 
sohaga katta qiziqish uyg‘otdi. Avloniy dastlab о‘z maktabidagi muallim va 
о‘qituvchilar orasida dramma tо‘garagi tashkil qiladi. Bu sohada ma’lum bir 
malaka, tajriba orttirgach, u Turkistonning bir necha shaharlariga bordi va о‘sha 
davrda yoshlarni о‘z atrofiga tо‘pladi. A.Avloniy 1913 yilda Toshkentda 
birinchilardan bо‘lib truppasini tashkil qiladi va unga “Turon” deb nom beradi. Bu 
haqida professor M.Raxmonov va adabiyotshunos olim SH.Rizayevlarning 
asarlarida batafsil ma’lumotlar berilgan. Faqat ta’kidlash joizki, avloniy xuddi ana 
shu “Turon” nomli teatr truppasida mahoratli aktyor, rejissyor sifatida elga tanildi. 
Ma’lum ma’noda bu faoliyatlar uni dramaturgiya sari yetakladi. Avloniyning 
dramaturgiyaga kirib kelishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga egadir. 


43 
1-an’anaviy xalq og‘zaki teatrlari ta’siri; 
2- uning maktabdagi faoliyati, ya’ni о‘quvchilarni ifodali о‘qishga о‘rgatish, 
rollarga bо‘lib о‘qitish, muzika sadolari ostida xor bо‘lib she’r aytish, texnik 
vositalaridan foydalanish va boshqalar; 
3 – uning katta sahnadagi seriqirra faoliyati; 
4 – teatr va ozarbayjon aktyor, rejissyor va dramaturglari bilan bevosita ijodiy 
hamkorlik; 
5 – о‘zi tarjima qilgan va sahnalashtirgan asarlari ta’siri; 
6 – “Turon” truppasining milliy asarlarga chanqoqligi; 
7 – dramaturgiyaga xos о‘zidagi qobiliyat, bilim muhim о‘rin tutgan va uni 
dramaturgiyaga yetaklagan; 
Dastlab Avloniy 1914 yilda “Advokatlik osonmi?” va 1915 yilda “Pinak” 
nomli bir pardali komediyalar yaratadi. Keyinchalik “Biz va Siz”, “portugaliya 
inqilobi” hamda “Ikki sevgi” (tugallanmagan) dramalarini yozdi. Asarning 
“Advokatlik osonmi?” deb nomlanishining о‘ziyoq kishida qiziqish uyg‘otadi. 
Avloniy Turkistonning maishiy va ma’naviy hayotiga inson huquqlari 
himoyachisi, 7 yil Yevropada о‘qib qaytgan advokat kо‘zi bilan qaratmoqchi 
bо‘ldi. Asar qahramoni Davronbek 7 yil Yevropada tahsil olib qaytgan bо‘lsada, 
biroq shu davr mobaynida turkiston hayotida biror о‘zgarish bо‘lmaganligidan 
g‘oyat afsuslanadi. 
Buni Davronbek о‘zining qabuliga kelayotgan har bir bilimsiz, oq-qorani 
tanimaydigan, madaniyatdan yiroq olimlarda kо‘radi. Abdujabbor ismli 
xizmatchisini 
esa 
fikru-hayoli 
qanday 
bо‘lsa-da pul topish. Asosan 
ma’rifatparvarlik g‘oyasini ilgari suruvchi bu asarda о‘sha davr kishilarining og‘ir 
ahvoli hakim sinflarning о‘ta shavqatsizliklari, bilimsizlik kabi illatlar fosh 
qilinadi. Avloniy davr muammolarini fosh etishda о‘ziga original yо‘l tanladi, 
ya’ni turli toifadagi kishilarning о‘z dardlarini ayttirish, ular ma’naviy dunyosini 
yanada yaqqolroq namoyon qilish uchun advokatga rо‘barо‘ qildi. Asarda 
muddaosi nima ekanini advokatga gapni rosa uzoqdan boshlab, savodsizlarcha, 
qonun-qoidani bilmaydigan kishilarning bir yо‘l-yо‘riq topguncha notariuslar, 


44 
adliya xodimlari eshiklarida sarson-sargardon bо‘lishlari gaplashish madaniyatini 
bilmasliklari oqibatida haqoratlanishlari muallif tomonidan juda real tasvirlangan. 
Asardagi qaysi personajning hatti-harakatini kuzatmaylik, ularning har biri о‘ziga 
xos real obrazlar darajasiga kо‘tarilganligini kо‘ramiz. Asar syujeti juda ixcham. 
Va turli millatga mansub mehnatkash xalq obrazi mujassam. Advokat oldiga 
kelayotganlar ichida bir mazluma ayol borki, u doim qimorboz eri tomonidan 
kaltaklandi, azob-uqubatda yashaydi. Ana shunday qullarcha hayot kechirishdan 
qutulish chorasini izlab advokatga murojaat qiladi. Uning quyidagi gaplariga 
e’tibor beraylik; 
“-Mehriniso, opaginang aylansun, ... о‘n besh yildan beri azob tortaman, 
dardu hasratlarimni aytayin desam, hech bir jonkuyarim yо‘q. Bir necha marotaba 
qoziga borub arz qilg‘on edim, yigitgina о‘lgur erim ma’ruzami, rivoyatmi, 
allanimabalolarni qilub, yana uyga olib keldi”. 
Ushbu sо‘zlardan Mehrinisoning naqadar xо‘rlanganligi, eri tomonidan mol 
kabi uyga “haydab” olib kelinganligini kо‘ramiz. Bu ayol о‘z zolim eri bilan 
bunday yashamoqchi emas. Endi u qoziga ham murojaat qilmaydi. Bunday 
masalada faqat advokatga murojaat qilish lozimligini tushunib yetdi. Avloniy 
Mehrinisoning og‘ir ahvolini tasvirlash bilan о‘zbek dramaturgiyasida birinchi 
bо‘lib komediya janrini yaratishda xotin-qizlarni о‘qitish, ularni о‘z sevganlariga 
berish masalasini о‘rtaga tashlaydi. О‘sha davr uchun bu katta jasorat edi.
Avloniyning yutug‘i shundaki, u ana shunday muhim bir masalani kо‘taradi 
va о‘z asarida maromiga yetkazadi. 
1. “Advokatlik osonmi?” asari birinchi о‘zbek komediyasi sifatida 
adabiyotshunos olimlar, teatr tanqidchilari tomonidan о‘rganildi. 
2. Asar Avloniyning dramaturgiya yaratish sohasidagi birinchi tajribasi 
bо‘lishiga qaramasdan ham janr, ham badiiylik jihatidan о‘zbek jadid 
dramachiligida munosib о‘rin tutadi. 
3. Komediyaning tili ravon, hamma uchun tushunarli va о‘qilishi ham. 


45 
4. Avloniyning ushbu komediyani yaratishdan asosiy maqsadi xalqni kuldirib, 
unga huzur bag‘ishlashdangina iborat bо‘lmay, balki kulgi orqali о‘zligini 
namoyon etish, millatni ma’rifatga chorlash edi. 
Abdulla Avloniy “Pinak” asari 1915 yilda yozilgan bо‘lib, aks ettirgan g‘oya 
va mazmun esa dastlab uning “Kо‘knori va qimorboz” nomli she’rida ifodalangan 
edi. Asarda zamonning kо‘p tarqalgan kasofatlaridan nashavozlik (kо‘knori) va 
qimorbozlik kulgi ostiga olinadi. Va kishilarda ularga nisbatan nafrat va achinish 
tuyg‘ularni uyg‘otish niyatini kо‘zlaydi. Komediyaning markazida 62 yoshli 
Tursun – kо‘knori obrazi turadi. U umr bо‘yi kо‘knorilik qilib, dangasalik bilan 
hayot kechirgan. Shuning orqasidan sog‘lig‘idan ajragan, “vahima” bо‘lib qolgan. 
Asosiy mashg‘ulot kо‘knori ichib pinakka ketish. Shu sabab muallif komediyaning 
nomini ham “Pinak” deb qо‘ygan. Tursunning qо‘shnisi Tolib – qimorboz ham 
qimor о‘ynab yutqazganda Tursun kо‘knorining oldiga kelib, qо‘rqitib, pulini olib 
ketishga odatlangan. 
Bundan bezor bо‘lgan dо‘sti Farhod kо‘knoriga dardini aytib, bu ahvoldan 
qutulish yо‘lini izlab topadi. Farhodni о‘zi ham Tolibning hiylasiga uchib, chuv-
tushadi. Tolib qimorboz о‘z oshnalari bilan birgalikda Tursunning uyiga 
kо‘knorixо‘rlik qilish uchun yig‘iladilar. Va hammalari pinakka kiradilar. Muallif 
Tursun orqali о‘z davridagi ayrim kishilarning g‘aflat uyqusida ekanligini, bu 
illatning kishilarning tobora ich-ichidan kemiruvchi, insoniylik xususiyatlaridan 
mahrum etuvchi bid’at ekanligini ifodalaydi. Asar g‘oyasi Tursunning Tolib 
qimorboz bilan bо‘lgan tо‘qnashuvlari orqali ochiladi. Tolib kichikligidanoq pulga 
о‘rgangan. Qimorbozlikni о‘ziga kasb qilib olgan. Goho о‘zining shunday ahvolga 
tushib qolganidan noliydi. U Tursunning qimor о‘ynamoq harom deb qilgan 
nasihatiga javoban shunday deydi: “Ey Tursun aka! Tarki odat amrimahol, degan 
gap bor, kishi yoshligida nimani о‘rgansa, shunga xu qilib, odatlanib qolur ekan. 
Oanm bechora, rahmatlik otamga doim aytardiki, о‘g‘ling о‘qib mudarris imom 
bо‘ladimi? Qaysi masjid imomsiz quvvati deysan. Fiyonbozorga chiqub, 
“tashishka” qilsun, pul topishni о‘rgansun. Mullolarni kо‘rasanmi hammasi 
kambag‘al. Aksar boy bо‘lgan odamlar avvalo tashishka qilub, о‘risni tilini 


46 
о‘rganub, boy bо‘lub ketgan, mana о‘qitmay, “tashishka”ga chiqardi. Mana endi, 
man bо‘lsam, yamon odamlarga qо‘shilib, sayog‘ bо‘lib ketdum. Pul topishni 
о‘rganaman deb, qimor о‘ynashni о‘rgandim. Topgan pulimni qimorga boy berib, 
bir parcha nonga zor bо‘lib, rasvoi olam bо‘lib qoldim. Shuning uchun sizga har 
vaqt aytamanki, о‘g‘lingizni avval о‘qiting, pulga о‘rgatmang deb”. 
Haqiqatdan ham, ilgarilari ilmli kishilar juda ozchilikni tashkil qilganligiga 
qaramay, ular qadrlanmas, aksariyat ziyolilar nochorlikda hayot kechirardi. 
Avloniy Tolibning afsuslanishlari orqali kishilarni ilm olishga chaqirish bilan birga 
ana shu ilm-ma’rifatning mohiyatiga tushunib yetadigan omma vujudga kelishi 
lozim demoqchi. Asardagi kulgili holatlar hayotiy mazmundan kelib chiqqan. 
Komediya uchun eng xarakterli xususiyat boshda tasvirlangan hayotiy 
situatsiyaning tezkor bо‘lishidir. Adib “Kulgu” asaridan kо‘zlangan asl maqsadi 
millat ma’naviyatiga bog‘liq bо‘lib tushayotgan illatlardan, bunday illatlarning 
yomon oqibatlaridan jamiyatni ogoh etish edi. A.Avloniy har ikkala komediyada 
ham tasvir vositalarining deyarli barcha turlaridan о‘z о‘rnida mohirona 
foydalangan. Xulosa qilib aytganda Avloniyning “Pinak” pyesasi komediya janrida 
yaratilgan ilk asarlaridan biri bо‘lib, giyohvandlik va qimorbozlikning ayanchli 
oqibatlarini jonli obrazlarda aks ettirgan va bunday illatlar oqibatlari haqidagi 
fikrlarni ommalashtirish maqsadida yozilgan. 
Asar tili ravon, hamma uchun tushunarli. Muallif “Pinak” asarida kо‘knorilik 
va qimorbozlik illatlari ustidan kulish orqali xalqni ilm-ma’rifatga chaqiradi. 
“Advokatlik osonmi?” va “Pinak” asarlari о‘sha vaqtda sahnalashtirilgan bо‘lib, 
tomoshabinlarning sevimli sahna asarlariga aylangan. Ichkilik, nashavandlik va 
boshqa har turli illatlarga duchor bо‘lib, о‘z insoniy qiyofalarni yо‘qotgan va 
buning oqibatida og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan kimsalar hali ham yо‘q emas. 
Shunday ekan, Avloniyning ushbu asarlari hali ham о‘z ahamiyatini yо‘qotgan 
emas, aksincha hamma davrlar uchun ham ahamiyatli va ibratli bо‘lib qolaveradi. 
ABDULLA QODIRIY - DRAMMATURG SIFATIDA 
Abdulla Qodiriy shoirgina emas, dramaturg sifatida ham qalam tebratdi. 1913 
yillarda sahnalashtirilgan “Padarkush” pyesasi ta’sirida, - deb yozdi u tarjimai 


47 
holida, - “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni о‘zim ham 
payqamay qoldim”
5
. Binobarin, “Padarkush” – 1911 yilda yozilib, 1912 yilda 
nashr etilib, 1913 yilda sahnalashtirilgan bо‘lsa. 1914 yilga kelib Hoji Mu’in va 
Nusratilla Qudratillalarning “Tо‘y” degan sahna asari dunyoga keladi. Va nihoyat 
1915 yilda Abdulla Qodiriyning mazkur “Baxtsiz kuyov” asari alohida kitob holida 
chop etildi. Asar xuddi о‘sha yilning 14 noyabrьь chorshanba kunida sobiq 
Sverdlov (Kollizey) teatrida birinchi bor sahnalashtirilgan. О‘sha davr matbuoti 
xabarlariga qaraganda asar toki 1920 yillargacha ham sahnadan tushmagan.
6
Garchi, qodiriyshunoslikda “Baxtsiz kuyov” adibning drama sohasidagi 
yagona asari deb qayd etilsa ham biroq boshqa bir holatlarda “hech kim bilmasin” 
asarini ham Abdulla Qodiriyga nisbat beriladi. Bu asar bir pardali komediya bо‘lib, 
1921-1922-1923 yillarda Toshkentdagi Jangoh – hozirgi Abdulla Qodiriy bog‘ida 
о‘ynalib kelingan. Bu haqda “Qizil bayroq” gazetasining 1921 yil 17 sentabr 
sonida xabar ham berilgan. “10 sentabr yozlik “Turon” sahnasida “Hech kim 
bilmasin” (Julqunboy asari) о‘ynaldi.
7
Mazmuni “...bir xotinboz qari duoxon qari 
duoxon domla va uning yosh yigit nabirasi bо‘ladi. Nihoyat yigit pul olish 
maqsadida bobosiga shunday hiyla ishlatadi. Yigit payt poylab, paranji yopinib bir 
yosh qiz qiyofasida bobosining oldiga “dam soldirgani kiradi… Bobosi paranjlik 
“qiz” yoniga о‘tirib dam solish bahona unga “muhabbat” izhor qila boshlaydi va 
yelkasiga” qо‘l tashlaydi. Shu choq “qiz” birdan yuzini ochib yuboradi… Hayratga 
kelgan bobo nabirasiga: “Tilaganingni beray bolam, bu sirni hech kim bilmasimn, 
gap shu yerda qolsin” deydi. Ma’lum bо‘lishicha, bu asar bir kо‘rinishli va bor 
yо‘g‘i ikki personaj harakatidan iborat, rollarda Xamza teatri akterlari Sayfiqori 
Olimov – bobo, Shokir Najmiddinov es yigit – “qiz” rolini ijro etgan. 
Ammo mazkur sahna asarlari matni hech yerda uchramaydi. Balki, 20-yillarda 
odat tusiga kirgan tarjima yoki tabdil toifasidagi asarlar bо‘lishi ham mumkin. 
Birgina G‘ozi Yunus turli mavzularda yigirmadan ortiq tadbil-sahna asarlari 
5
Abdulla Qodiriy. Kichik asarlar. T., 1996. 206-bet 
6
Qarang: S.Mirvaliyev. Abdulla Qodiriy (hayoti va ijodi) T., “Tan”, 2004, 33-46 betlar
7
Qarang: A.Qodiriy. Otam haqida. Toshkent, 1983. 32-bet


48 
yaratgani haqida aniq ma’lumotlar bor. Hattoki, ularning deyarli hammasi alohida 
kitob holida ham chop etilgan. Agar shu holatni
Oxir-oqibat urra-urra bilan boshlangan tо‘yda chakilgan kо‘knori – oqibatida 
nechta odamning boshi yanchiladi, nechta ot nobud bо‘ladi va eng oxiri Boyning 
о‘zi sinadi, qarzga botadi. Shunda Mirzo xalqqa qarata: “biz Turkiston 
musulmonlari, bu nodonlik balosidan qachon qutular ekanmiz? Bizlarni ilmsizlik 
sharobxо‘r qildi, juvonboz qildi, axmoq va isrofkor qildi. Mana, oxir beobrо‘ va 
xonavayron qildi” (о‘sha kitob. 171-bet) deb yurt kо‘zini ochmoqchi bо‘ladi. 
Kо‘rdikki, “padarkush”da kechgan fojeaning ham, “tо‘y”da rо‘y bergan 
falokatning ham bosh sababi ilmsizlik oqibati, yaramas rasm-rusm va 
isrofgarchiliklar, qolaversa diniy xurofot va bid’atdan deb qaraladi. 
“baxtsiz kuyov” ham xuddi shu jihatlari bilan mazkur asarlarga yondosh va 
mushtarakdir. Unda ham ikki yoshning tо‘yi bahonasida yо‘l qо‘yilgan xato – 
о‘sha eski rasm-rusm, isrofgarchilik, bid’at-illatlariga tobe qilish fojeaga 
yetaklaydi. Bunig bosh sababi yana ilmsizlikka borib taqaladi. Abdulla 
Qodiriyning mazkur dramasi faqat mavzu, saylab olingan hayotiy material 
jihatidan emas, balki bir qator о‘ziga xos tomonlari bilan ulardan farqlanib ham 
turadi. Kо‘rdikki “padarkush”da ham, “Tо‘y”da ham voqea – asar syujeti tizimi 
boyga, boy xarakteriga borib bog‘lanadi. Har ikkala dramada ham syujet ipini boy 
obrazi jilovlab turadi. О‘sha ilmsizlik oqibati ham, yaramas rasm-rusm ham, 
xurofot va bid’at kо‘rinishlarining barchasi boy holati, hayoti muhitida kechadi 
“baxtsiz kuyov”da esa aksincha, oddiy xizmatkor yigit solih bilan Rahima 
taqdirlarining bog‘lanishi asnosida syujet dinamikasi yuzaga keladi. Voqealar 
tadrij tarzda tо‘rt pardada navbatma-navbat rivojlanib borib, о‘z yechimga 
kо‘tariladi. Asar syujeti Solihning amakisi Abdurahim bilan uchrashuvidan 
boshlanadi. Solig‘: “-Xush kelibsiz, amaki, nechuk xudo yorlaqadi...” deb 
boshlangan ilk sо‘rog‘iga amakisi Abdurahim “Bu kun seni tо‘g‘ringda bir gap 
chiqib qoldi”, deb javob qiladi. О‘zaro suhbat davomida о‘sha “bir gap” Solihga 
otasining oshnasi Fayziboy qizini olib bermoqchi ekanligi bilan oshkor bо‘ladi. 
“Uylanib uyingda ota-onangni chirog‘ini yoqsang” deydi. Solih esa “Hozir vaqti 


49 
emas” deb e’tiroz bildiradi. E’tiroziga Abdurahim ikki bir-biriga bog‘liq hayotiy 
sababni rо‘kach qiladi. Birinchidan, yigit kishiga uylanish ham qarz, ham farz 
ekanligi bо‘lsa, ikkinchidan, ota-onadan qolgan yagona meros, uy-joyga qaramasa 
vayron bо‘lishi, undan ham ajrab qolmaslik shartidir. Solih buni anglagandek ham 
bо‘ladi. Biroq boshqa va asosiy tugun-tо‘siq ham kо‘ndalang turardi. Solih: 
“Zamonamizda yomon bid’at – isroflar taraqqiy topgan, uncha-buncha aqchaga bu 
vaqtda uylanmoq qiyin ekanligini uqtiradi. “Xо‘b, xotun olaman” desam, Fayziboy 
mendan zamonaga muvofiq aqcha olsa, ul vaqtda man qarzdor-abgor bо‘lub 
qolsam, ish qanday bо‘lur? Hozir, avf etasiz, amaki”, deb yana bir bor uylanish 
taklifini rad etadi. Ammo amkisi boshqacha yо‘l tanlaydi. Uni qо‘rqoqlikda ayblay 
boshlaydi. Noiloj qolgan Solih: “Xayr, qarzdor bо‘lub qolamande”, tarzida 
noroziligini yana bir bor yolvorgansimon bildiradi. 
Bir qarashda amakisi Abdurahim bu ishda aybdor, sababchidek ham 
tuyuladi. Ammo u ham nima qilsin, musulmonchilik, jigarchilik yо‘lini tutadi. 
Solih otasidan qolgan yolg‘iz yodgorlik uy-joyi qolib kimlarning eshigida 
xizmatkor, buning ustiga bir yetimchani uylantirib qо‘yish, uy-joy mulkini saqlash 
ham savob ish. Shu tufayli Abdurahim ham amaki sifatida о‘z insoniy burchini ado 
etishni ham qarz, ham farz deb biladi. 
Solih buni anglagani tufayli: “otam о‘rnida otamsiz, nima qilsangiz ixtiyor 
о‘zingizda”, - deb jilovni berib qо‘yadi. Biroq, Solihdagi uylanishga bо‘lgan 
norozilik tuyg‘usi uning о‘z qalbida, ruhiy kechinmalariga kо‘chadi. Konfliktda 
kolliziya holati rо‘y beradi. Amakisiga rozilik berib yuborgach: «Qanday gap 
bо‘ldi, shu zamonda. Kambag‘al kishining tо‘yida bir ming besh yuz sо‘m ketib 
turg‘on bо‘lsa, qarzdor bо‘lmog‘im ob-ochiq kо‘rinib turg‘on ish, boshimda ota-
onam yо‘qki, meni g‘amimni yesalar va men uchun harakat qilsalar. Oh yaratgan 
xudoim, о‘zing ishimni tо‘g‘rilamasang, men yetim bandangni kori og‘irdir!» - deb 
kо‘z yosh qiladi. Xuddi shu о‘rinda Abdulla Qodiriyning ilk kashfiyoti kо‘rinadi. 
Negaki avvalgi ikki dramada qahramon harkati dramaturg bayonida, voqea 
rivojida, qahramonlarning о‘zaro suhbati, tо‘qnashuvi va goho yozuvchi ifodasi 
orqali hal etilgani holda endi bu yerda shularga qо‘shimcha, qahramonning ichki 


50 
ruhiy dialogi bilan yangi bir tasviriy usul kurtak otadi. Zero, “Baxtsiz kuyov” 
avvalgi har ikki sahna asari bilan kо‘p jihatdan mushtarak bо‘lgani holda, endi bu 
о‘rinda о‘ziga xos belgi va sifatlari, muallif topilmalari bilan ham ulardan farqlanib 
turadi. 
Asarning ikkinchi pardasiga kо‘chgach, harakat о‘zgacha tus oladi. Endi bu 
pardada avvalgidek faqat ikki personaj emas (Solih va Abdurahim), balki bir qator 
personajlar suhbatga kirishadi, asosiy hal etuvchi davrani tashkil etadilar. Drama 
harakatning kulminatsiyasiga ham zamin yaratadilar. Shu tufayli dramaning 
ikkinchi pardasi asarda ilgari surilgan g‘oyani hal etishda asosiy va yetakchi о‘rin 
tutadi. Negaki, bu kо‘rinishda nafaqat kishilar taqdirini, balki zamona taqdirini, 
millat rasm-rusmi, urf-odati, savdo-sotiq, diniy ma’rakalarni boshqaruvchi kazo-
kazolar, yurt egalari majlisining hukmi о‘qiladi. Undagi Domla ana shu yurt egasi, 
din arbobi sifatida majlisni boshqaradi. Aytgani aytgan, degani degan. Hatto tо‘y 
egalari ham, ellikboshilar ham uni aytgani oldida ip esha olmaydilar. Uylanib uyli 
joyli bо‘lish orzusida boshlanayotgan tо‘ydan oldingi aza hidi ham, fojea zamini 
ham xuddi shu damda tug‘iladi. Ana shu fojeaga Fayziboyning uyidagi ochiq-
sochiq yurt rasmi zamin hozirlaydi. Bu masalada Fayziboy ham, Domla-imom har 
bir tarafda, ochiq-sochiq yurt rasmi deb da’vo qiladi. Ammo yangi fikrli 
Mullakarim ellikboshi va Abdurahim ikkinchi tomonda turib bunday rasm-
rusumlar shariatda yо‘qligini aytadilar. Agar, Fayziboy: “Olug‘-solug‘ bо‘lmasa 
tо‘y bо‘ladimi?! Meni ham boshimda bir qizim bor. Orzu havaslik dunyo...” deb 
Domla imomni bu ishga da’vat etsa, “Ellikboshi sо‘zim shulki, sovchigarchilik, 
olug‘-solug‘ sо‘zlashilmasa, chunki kuyov bо‘lmish yigit... yetim ham 
kambag‘al... qarzdor bо‘lib qolsa yaxshi emas” degan qat’iy e’tirozni bildiradi. 
Domla-imom: “Bu kishini aytganlaridek qilsangiz xalqqa kulgi bо‘lasiz... Olug‘-
solug‘ yurtni rasmi...” (о‘sha kitob, 181-bet) deb olug‘-soluqqa о‘tadi”. Besh yuz 
sо‘m pul, о‘n besh qо‘y, bir ot, tо‘rt botmon bug‘doy, tо‘rt botmon guruch, 
kajobada magiz, turshak, о‘n yashuk har xil qandu-shirinlik, yigirma quyum xolva, 
uch ming dona kichik non, ikki ming dona о‘rta non, ikki ming dona katta non, 
qozonda nisholda, qizlarga о‘n bosh oyoq kiyim, kimxob duxoba, shohi atlas, 


51 
movit, chidakon, chit va boshqalar, har biridan kо‘ylak, kamzul, mazkurlarga loyiq 
qimmatbaho rо‘mollar, yana uch dona paranji, shoо‘i duxoba adras, uch dona 
kovush mahsi, qavm-qarindoshlarig‘a, о‘zlarig‘a, zaifalarig‘a bosh-oyoq kiyim” 
(о‘sha asar, 181-182-bet). Olug‘-solug‘ ishtirokchilaridan Ellikboshi: “Yо‘q Domla 
juda oshirib yubordingiz”, desa Fayziboy: “Juda kam aytdingiz”, deydi. Ellikboshi 
buni “Tо‘y” demang, oxiri azaku, taqsir deb qarshilik kо‘rsatadi. Fayziboyga 
“kuyovingiz bechora qarzdor bо‘lib qolsa, g‘am-andug‘ini qizingiz tortadur” deb 
insofga chaqiradi. Domlagan esa: “Shariat mustafoda shundoqki kuyov tarafidan 
qizga mahr tayinlamoq, sо‘ngra bir kosa suv bilan nikohlamoq” ekanligini 
ta’kidlaydi. Diniy xurofot va bid’at homiysi Domla bо‘lsa: “Har joyni 
musulmonlarini rasmi bо‘ladi. Bizlarga ham shundoq qilmoq rasmdur”, - deganda 
pirovardi Ellikboshi “bu rasm emas” johiliyat zamonidan qolgan bid’at deydi. 
Noiloj qolgan Solihning amakisi Abdurahim: “Xо‘p, xо‘p!” deb chiqib ketadi. 
Uchinchi pardada esa yana amaki jiyan uchrashadi. Bо‘lib о‘tgan hangomalar 
olig‘-solig‘ natijasi bilan tanishtiradi. Amakisi Solihga “Tо‘yga taxminan bir ming 
besh yuz sо‘m ketadi” uning kо‘zlari olayib, “Undoq aqcha va g‘allalar berib xotun 
olmoqqa quvvatim yetmaydur... Hali ham buncha narsa berib xotun olmaydur deb 
javobini bering” degan qarorga keladi. 
Abdurahim: “Endi bо‘lar ish bо‘ldi besh-olti yuz sо‘m qarzdor bо‘lsang, 
bо‘libsan. Quvvatim yetmaydi demoq yigit kishiga ayb ekan. Tishingni tishingga 
qо‘y, unaqa qilma!”. 
Solih: “Yо‘q, javobini bering, hozir qarzdor bо‘lib xotin olmayman. Qarzodr 
bо‘lsam, qarzimni kim beradur?” 
Abdurahim: “Ey, ahmoq ekansanku. Yaramas gaplarni gapirma! Fotiha 
xudoning muhri debdurlar, fotihadan qaytsang, kishini fotiha uradur! Keyingi 
dushman jonga dushman, degandek bir kasalga yо‘liqib, keyin pushaymon bо‘lib 
yurma. Qarzdor bо‘lsang bir gap bо‘lib ketar о‘rtada turg‘onni uyaltirib 
qо‘yadurg‘on ish qilma!” 
Solig‘: “- Xayr, men kо‘ndum, endi kimdan qarz sо‘rayman..” (о‘sha kitob, 
186-bet). 


52 
Kо‘rinadiki, adib asar syujeti va undagi konflikt ipini tobora taranglashtirib 
boradi. Demakki, realistik hayotdan olingan voqealar zanjiri tobora tarnglashadi, 
kishilar obrazi yorqinlashib, asarda realistik tasvir bо‘yog‘i quyuqlashadi. Endi 
adib xuddi shu о‘rinda yana bir yangilik sari intiladi. Avvalgi dramalardagidek 
faqat feodal ijtimoiy-siyosiy kurashlarining ifodasi bilangina chegaralanib 
qolmaydi. Endi antifeodal munosabatlardan antikoloniyal (Shuhrat Rizayev 
iborasi) munosabatlarni ham tasvirga tortadi. Qosimboy kabi yangicha boy-sudxо‘r 
boy obrazini yaratishga kirishadi. Bu orqali о‘lkaga kirib kelayotgan kapitalistik 
munosabatlarga ham ishora qiladi. Shuningdek, dramada pristav obrazini kiritib. 
Ular orqali chor mustamlakasi himoyasiga ham tayangan “yurt egalari”ni 
qoralaydi. 
Albatta, dramadagi harakat tо‘rtinchi pardaga yetganda sifat о‘zgarishi rо‘y 
beradi. Oldindan gazak olib kelgan fojea о‘z yechimiga yetadi. Baxtli bо‘lish 
orzusi bilan uylangan solih va Rahimalar zamona kulfatidan halokatga uchraydilar.
Achchiq qismat ustida yig‘lab о‘tirgan Solih va Rahimaga otasi Fayziboy: 
“Ha nima gap? Nega yig‘lab о‘turubsizlar?” degan sо‘rog‘iga ular: “xonavayron 
bо‘lganimizga yig‘lashamiz” deb javob qiladilar. Shunda Rahima о‘z otasiga: 
“...har ishni siz qildingiz, kuyovingizdan aqcha olmay va isrof qilmaganingizda 
kuyovingiz qarzdor bо‘lmas edi va bundoq tashvishga qolmas edik” degan ta’nani 
qiladi. Biroq bu tashvishdan na amki Abdurahim, na ota Fayziboy, na kelin-kuyov 
о‘zlarini qutqara oladilar. Ularni yakkayu yagona о‘lim qutqaradi. Asar 
dramatizmi, konflikt hukmi shuni taqazo etadi. 
Shunda Ellikboshi Boyga: “Bularni kim о‘ldiradi?” desa, Boy: “Bizlarni 
xabarimiz yо‘q” deya qutuladi. Ellikboshi xalqqa qarata: “...isrofni ziyonini 
kо‘rdingizlar. Fayziboydan ibrat olinglar. Kо‘rdingizmi isrof qilib, oxiri holi nima 
bо‘ldi?... Bid’at tо‘yiga isrof qiladurg‘on aqchaga о‘g‘lingizni о‘qitinglar... о‘g‘il 
о‘qitmoq yaxshi, ham farzdur. Tо‘yga isrof qilmoq bid’atdur” (193-bet) degan 
ma’rifatparvarchilik aqidalariga da’vat yangraydi. 
Biz bilamizki, Abdulla Qodiriy millat farzandi va adibi sifatida ijodining 
tongida, ya’ni о‘zining о‘sha 1914 yilda yaratgan “Tо‘y” nomli she’ridayoq 


53 
bunday bid’at tо‘ylarni qoralash sari borgan edi. Chamasi she’rda ifodalab 
ulgurmagan tо‘y isrofgarchiliklari va uning oqibatida rо‘y berishi mumkin bо‘lgan 
bunday fojealar uni ushbu fojea asarni yozishga ongli tortgan bо‘lsa ajab emas. 
Negaki, har qanday yaxshi, da’vatkor she’rdan sahna asarining amaliy samarasi – 
kо‘rgazmalilik fazilati adibga ilhom bergani rost. Buning ustiga “Padarkush”, 
“Tо‘y” dramalari ham muhim bir turtki bо‘lgani bor. 
Xullas, Abdulla Qodiriy “Tо‘y” she’rida ham, “baxtsiz kuyov” dramasida 
ham oddiy bir maqsadni – tо‘y isrofgarchiliklari oqibatida kelib chiqishi mumkin 
bо‘lgan millatfojeasining oldini olish edi. Bunda albatta о‘z davrining ikki yetakchi 
mafkurasi – islom ma’rifatchiligi va jadidchilik g‘oyasi “Baxtsiz kuyov” dramasiga 
ijtimoiy-siyosiy qolaversa, badiiy-estetik ruh bag‘ishlangan. 
Bizningcha, asarning ba’zi о‘rinlaridagi: xususan Abdurahim, Domla-imom, 
Ellikboshi va Solih kabi qahramonlar nutqidagi kо‘p sо‘zliklarni hisobga 
olmaganda “Baxtsiz kuyov” dramasi kо‘p jihatlari bilan hayot haqiqatiga mos 
keladi. Binobarin, adib ilk dramasidayoq hayot haqiqatidan badiiy haqiqat yaratish 
sari intilganligi seziladi. 
Qisqasi, milliy Uyg‘onish davrining – aniqrog‘i jadidchilik harkatining ilk 
davrida yaratilgan har uch sahna asari har jihatda о‘zaro mushtarakliklarga ega 
bо‘lsa ham, har uchchalasi о‘z о‘rnida takrorlanmas belgi va fazilatlari bilan 
о‘zbek milliy dramaturgiyasining tug‘ilishini boshlab berganligi bilan muhim 
ahamiyatga egadir. “Baxtsiz kuyov” dramasining badiiy-estetik qimmati, adabiyot 
tarixidagi, xususan adib ijodidagi о‘rni ham shunday sifatlari bilan belgilanmog‘i 
lozim.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling