Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Radiodramaturgiya
Bu 
janrning 
о‘ziga xosligi tinglash, eshitishga 
mо‘ljallanganligidir. Radiodramaturgiyaning V.N.Yaxontov obrazli qilib “Men 
voyaga yetayotgan yosh avlodimiz dо‘stlashishi kerak bо‘lgan “Ovozli kitob” 
chunki radioga yozilgan eng yaxshi san’atkorlarning ovozi orqali adabiyotning 
yangi turi-radiodramaturgiya shakllandi. Radio ovozi imkoniyatlari bilan 
ifodalangan yangi adabiy-efir janri paydo bо‘ldi. Insonlarni о‘rab turgan barcha 
tovush-ohang, shovqin-suroni, mashinalar g‘uvuri, dengiz tо‘lqinlarining
chayqalishi, shamol g‘uvullashi, barglar shitiri, qushlarning chirqillashi, otlar 
dupuri, kishnashi-musiqalar hamma tovush harakatlari, inson ovozi birgalikda 
qо‘yilib, efirda tarqalayotgan sо‘zlarga yangi bir ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Biz 
ommaga shunday badiiy materialni berishimiz kerakki, u qahramonlik, gо‘zallikni 
inson tarbiyasiga xos barcha elementlarni о‘z ichiga qamrab olsin. Shuning uchun 
radio orqali keng xalq ommasiga mо‘ljallangan turkum badiiy dramatik eshittirish 
hayotiy voqea-hodisalar asosida tuziladi. Bugungi kun rivojlanishga radio 
dramatik turning keng ommaga yetib borish imkoniyatlari va ta’sir quvvati 
cheksiz-beqiyos.  


25 
Teledramaturgiya – adabiy ijod sohasini teatr, kino, radiodramaturgiya qonun-
qoidalarini о‘z mohiyatiga singdirgan teledramaturgiya tarkib topdi.
Teledramaturgiya-televizion asarning birinchi asosi bо‘lib, adabiyot va 
publitsistikaning alohida, mustaqil turidir. Teledramaturgiyaning kompozitsion 
qurilishi bir tomondan dramaturgiya va kino qonun-qoidalariga, ikkinchi tomondan 
televizion san’at spetsifikasiga bо‘ysunadi. Teledramaturgiyada ekran obrazi 
tomoshabin kо‘z о‘ngida konkret shaxs sifatida namoyon bо‘ladi. Lekin, ssenariy 
tomoshabin ishtirokisiz yoziladi. Telepublitsistika keng ommaga mо‘ljallanadi. 
Telessenaristdan bо‘lg‘usi kо‘rsatuv mavzusini tanlash uchun obrazli yechimini 
izlab topish va qahramonlar bilan suhbatlashish jarayonida о‘zini keng 
auditoriyaning ilg‘or vakili sifatida qis qilishi, uning oldida katta ma’suliyat sezishi 
talab etiladi. Ssenarist – dramaturg tomoshabin e’tiborini qanday zabt etish 
yо‘llarini izlaydi. Shu tariqa real obrazlar orqali hayajonli daqiqalar yaratadi. 
Muallif har bir qahramonning ruhiy holatini izlab topadi. Hatto improvizatsion 
chiqishlarning ham har tomonlama izchil о‘ylangan bо‘lishi kerak. Agar 
telessenariyda muallif asarni mantiqan puxta va faktlar mohiyatan mahorat bilan 
ochib bera olgan bо‘lsa, tomoshabin teleyekran orqali katta san’at asari 
yaratilganining guvohi bо‘ladi. 
Kino, radio, teledramaturgiya hayotiy voqea-hodisalarni, aniq qahramonlar 
taqdirlarini xujjatlar asosida umumlashtirish yо‘lidan boradi. Aniqroq qilib 
aytganda, tarixiy va hayotiy materialni badiiy-publitsistik qayta ishlash kino, radio, 
telepublitsistikaning asosini tashkil etadi. 
“Drama” – aslida grek halq iborasiga mansub bо‘lib, uning asil ma’nosi 
“harakat” demakdir. Bu harakat zamirida bir paytning о‘zida obrazlar harakteri, 
keskin tо‘qnashuvlar va о‘sha asar tomoshaviyligi asnosida g‘oya oydinligi 
mujassam bо‘lmog‘i muqarrar. 
Dramaning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning sahnada ijro etilishidir. 
Dramatik asar sahnada qо‘yilmas ekan, u butunlay pyesa ham badiiy asar ham 
bо‘la olmaydi. YA’ni uning badiiy darajasi dramaturgiya qо‘ygan talablarga javob 
berishdan butunlay ojiz hisoblanadi. Binobarin drama о‘zining matni bilan sо‘z 


26 
san’atiga mansub bо‘lsa, sahnada ijro etilishi jihatidan roman, qissa kabi adabiy 
janrlardan keskin farq qiladi. Shu bilan birga, sahna asari, jumladan drama, 
aktyorlarning, rejissyorlarning mahorati, bezaklarning aniqligi, musiqa va 
yorug‘likning mо‘tadilligi jihatidan ham о‘ziga xoslik kasb etadi. 
Kо‘p sо‘zlilik – dramaturgiyaning dushmani. Tomoshabin teatrga faqatgina 
sо‘z eshitish uchun emas, nimanidir, qandaydir bir tagdor voqeani kо‘rish, tomosha 
qilish uchun va shu tomosha bahonasida hayotning u yoki bu jabhasida sodir 
bо‘lgan ayanchli, yoki kulgili sarguzashtdan saboq olish uchun keladi. Shuning 
uchun drama, ya’ni sahna asari yaratishga chog‘langan har bir qalam sohibi shu 
qoidalarga og‘ishmay amal qilmog‘i shart va zarur.
Shuni ham eslatib о‘tmoqchimizki, sahnada о‘ynalishidan tashqari, dramaning 
adabiy asosi hisoblanmish asar matnida uning poetik xususiyatlari ham 
mujassamlashgan bо‘ladi. Bu poetik xususiyatlari bilan drama epos va lirika
adabiy turlariga mansub janrlardan ajralib turadi. Chunki dramada har bir obraz о‘z 
hislatlariga xos hislatlarini о‘z tili, xatti-harakati orqali ochadi. Dramada biror 
hayotiy voqea boshdan-oyoq batafsil tasvirlanmaydi, unda shaxs hayotining eng 
muhim nuqtalari aks ettiriladi, ya’ni dramaturg о‘z g‘oyaviy niyatlariga qarab 
butun hayotiy voqealarni shunday markazlashtiradiki, tomoshabin katta-katta 
voqealar mohiyatini ham kichkina shtrixlardan anglab olishga muvaffaq bо‘ladi. 
Bular dramatik turga mansub barcha janrlar uchun ham xos bо‘lgan xusuiyatlardir.
Drama janrining tarixi juda ham qadimiy bо‘lib, uning taraqqiyoti hamma 
vaqt hayotning о‘zida ham katta о‘zgarishlar yuz berayotgan, qarama-qarshi 
kuchlar kurashi keskinlashgan paytlarga tо‘g‘ri keladi. Dramaning о‘ziga xos 
murakkablikka ega bо‘lgan janrligi yana shu bilan ham belgilanadiki, unda 
voqealar tizmasi va personajlarning cheklanganligiga qaramay, qahramon о‘z 
xarakterini turli tomondan namoyon qila oladi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling