Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Teatr va kinoda rejissyor faoliyati
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. “Padarkush” asarida asosiy qahramon kim? 2. Asarning asosiy ziddiyati nimada va asar songiga qadar о‘quvchilar e’tiborini jalb etaoladimi? 3. Qahramonning asosiy maqsadi nima? 4. Qahramonni maqsadga yetkazuvchi yo’lida jiddiy tо‘siqlar etarlichami ? Va u tо‘siqlarni yengish uchun nimalar qiladi? 54 5. Asarda salbiy qahramon mavjudmi? 6-mavzu: Zabardast rejissyorlar 1. Rejissyor va dramaturg hakorligining о‘ziga xos jihatlari 2. Rejissyor tushunchasi 3. Teatr va kinoda rejissyor faoliyati Bо‘lajak voqelikning plastikasini “kо‘rish” rejissyor zimmasida. Dramaturg yo shoirning yelksida emas. Ma’lumki, voqelik izchillik-shoirga tegishli, keng kо‘lamlik jabhasi-rassomga tegishli. Rejissyor о‘zining ijodida ikki san’atni: vaqtinchalik izchillik va keng kо‘lamlikni chatishtirib, bir vaqtda “shoir” va “rassom” vazifasini bajaradi. Rejissyor-dramaturg ssenarist bо‘lib yozayotganda avvalo birinchi navbatda voqelik, ikkinchi navbatda harakatlilik, uchinchi navbatda-voqelik va tomoshabinni kо‘zda tutib yozish kerak. Tomoshaviylik о‘ziga chip etib tortadigan jozibali bо‘lishi kerak. bularning hammasini murakkab qorishmaga aylantirib spektakl qо‘yadigan, katta iste’dod bо‘lishi talab qilinadi. Hozirga kelib mana shunday teatr sof tarzda juda kamdan-kam uchraydi. Yо‘q hisobida. Nomlmari yuqorida bir necha marotaba tilga olingan buyuk о‘zbek aktyorlari ham aynan ana shu e’tiqod, rejissyornming bori mahoratini aktyorlar orqali namoyish etib, о‘zi mutlaqo nazardan pinhon turishiga asoslangan qoidaga rioya qilingan davrning yuksak ijodiy shaxslari hisoblanadi. Bu buyuk aktyorlar bilan ishlagan buyuk rejissyorlar: Manon Uyg‘ur, Yetim Bobojonov, A.O.Ginzburg, Toshxо‘ja Xо‘jayevlar aynan Stanislavskiy aytganidek, “aktyorlarda qorishib ketganliklari” uchun ham, ular sahnalashtirgan spektakllarda aktyor, uning sahnadagi kechinmalari eng asosiy bо‘lganligidan, ana shunday zabardast aktyorlar maydonga kelganligi aniq. “Rejissyor-dramaturg” aniqlab, tо‘la kuchni saqlab, uni estrada dasturi va spektakl yaratishga safarbar etadi. Dramaturgik vazifa, ma’lumki, har xil va turli 55 xarakterdagi materiallardan iborat. Buni yagona montaj qurilmasiga joylashtirish rejissyorning zimmasida. Tajriba shuni kо‘rsatadiki, konsert dramaturgiyasini ishlashda va boshqarishda bosh vazifa rejissyorga yuklanadi. Professional rejissyor ssenariyni mantiqan tushinish va fikrlashda dramaturgdan kam bilmasligi kerak. Ssenariy yozuvchi ssenariynavis bor vaqtda rejissyor-dramaturgni roli nimadan iborat bо‘ladi? Uning vazifasi ijodiy yechim topish, о‘z qarashlarini bildirish, ommaviy tomosha va estrada spektaklini yaratishda. Gо‘yoki, kino ssenariylar ham kо‘pincha shu tahlitda yaratiladi. Aytib о‘tish lozimki, kinematografiya bilan estrada san’ati va ommaviy tomoshalarni kо‘p nuqtalarda bir-biriga yaqinligi va о‘xshashligi bor. Bu jiddiy ijodiy yondashishda va tomosha mahsulotlarini ishlab chiqarishda. Kino rejissyor ham, estrada rejissyori ham ishni “toza oq qog‘oz”dan boshlaydi. Bularni qо‘lida teatr rejissyorlariga о‘xshagan tayyor pyesa yо‘q. Bular avval о‘ylab keyin ssenariyni yozishali. Kino va estrada rejissyorlarining doimiy saqlanib turadigan aktyorlari yо‘q, buni rejissyor о‘zi yig‘ishi kerak. О‘zining tavakkal va qо‘rqinchi bilan teatr tasavvur qilolmaydigan ochiq maydonga bir necha sahnalar qurishi kerak, keng kо‘lamlilik, qulochni keng yoyish, dinamika talab qiladi. Shu tomonlaridan kino va estrada ijodkorlari hamohangligi bor. Yana kо‘p nuqtalarda kinossenariy bilan ommaviy tomoshalar estrada ssenariylarini о‘xshashliklari mavjud, dramaturgik tizim qurilishida. Shuning uchun kо‘p marta kinematografiya tajribasidan о‘rganamiz. “Rejissyor-dramaturg” aniqlab, tur sirini biladigan ijodkor sifatida kо‘zlagan maqsadini ssenariy yozayotgan ssenariynavisga yaqindan yordam beradi, aytib turadi. Dramaturgik asosni yaratishda jonbozlik qiladi. Estrada san’atida har hil chiqishlar, turli turlardagi о‘ziga xoslikka ega, ularga shu sohaning mutaxassisi sifatida yondashilmasa, xato qilib qolishi mumkin. masalan, original janr. Shu original turni biladigan mutaxassis, aktyor yoki rejissyorni fantaziyasiga ega bо‘lgan, shu odamgina uni estrada spektaklini о‘z о‘rniga qо‘yishi mumkin. 56 Akrobat chiqish dramaturgiyasini tuzishda, kо‘z boylag‘ich navbati yoki shunga о‘xshash chiqishlarni dramaturgik qurilishini aniqlash, mutaxassislik omili bilan hal qilingan mavjud janrni tez harakatlari-plastikasi, asbob-anjomlarini yuksak iste’dodli dramaturg bо‘lsa ham yaratilmaydi. U faqat о‘yin holatlarini bilishi mumkin. Rejissyor-dramaturg yozilgan ssenariy asosida nomerlar qо‘yib, plastik obrazlar orqali, ya’ni ssenariyda о‘ylagan mazmunni keltirib chiqaradi. Biron sо‘z yoki sharxlovchi matn qо‘shmagan holda shunda alohida shoirona dunyoda pantomimada bor qahramonlar kо‘rinadi. Plastik partituradan tashqari, о‘ziga xos uslubda ijro etish, estrada asarining g‘oyaviy-obrazli tuzilishi, uni falsafiy mazmunini yaqqol kо‘rsatib berish, bu rejissyor-dramaturgning zarur vazifasidir. Rejissyor-dramaturg kо‘proq sirk о‘yinlarida qо‘llaniladi. Masalan, masxarabozning kо‘zboylag‘ich, hayvonlarni о‘ynatish kabi chiqishlarda va hakozo. Endi estrada sо‘z bilan tomoshalarda rejissyor-dramaturg. Ssenariynavis bilan birgalikda ishlasa mо‘ljallangan aktyorlarga mо‘ljallab noyob adabiy materiallar yaratishi mumkin. Chunki aktyorlarning ijodiy imkoniyatlarini aniq bilgan holda dramaturg qurilishlar obrazining – о‘rnini tо‘liq bilishi katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Murakkab sharoitda ssenariy yozish va postanovka qilish uchun rejissyor- dramaturg kо‘l oldidagi muammolarni hal qilish kerak. Asarning g‘oyaviy- badiiyligini, adabiy – puxtaligini, musiqani, plastik san’ati va ularni bir-biriga emotsional bog‘liqligi, ularni keng kо‘lamligini bilib, bilib joylashtirib, yagona bir syujet ipiga tizish kerak. Sahna asarlari rejissyor xulosasi bilan aktyorlarning ijrochiligiga qarab о‘zgarib yangi qiyofa tashkil qilish mumkin. Bu yerda ssenariynavisga rejissyor va aktyorlar “hammualliflik” qilgan bо‘ladi. Bu “hammualliflik” guruhiga yana bir о‘z ta’siri bilan aloqador shaxs bor-bu tomoshabin. Tomoshabin-spektakl uchun shunday ham ijodkorki, u huddi rejissyor, huddi aktyor kabi о‘zining emotsional ta’sir kuchi bilan spektaklni о‘zgartirish mumkin. Bu tomoshabinni ta’sir kuchini 57 о‘tkir haroratiga bog‘liq. Ssenariynavis tomonidan yaratilgan dramaturgik asarga “Muallif rejissyor”, “Aktyor tomoshabinlar” bо‘lganidek, “Muallif tomoshabin” ham bо‘lishi shart. Tomosha asari tomoshabinsiz, kadrsiz asar bо‘lganidek “Rejissyor dramaturg” ssenariy ustida ishni tugatishi bilan (xoh ssenariynavis sifatida, xoh rejissyor sifatida bir yо‘lga qо‘yilgan asarning muallifi sifatida). Endi keyingi bosqich ijodiy ish boshlanadi. Bu amaliy ish bо‘lib, spektakl yaratish deyiladi. Adabiy asarni sahna asariga aylantirish bu о‘ta murakkab ijodiy jarayondir. Qog‘ozdagi jonsiz yozuv bilan jonli harakat о‘rtasida jiddiy tо‘qnashuv bо‘ladi, natijada jonli dinamik sahna harakati orqali tomosha san’ati dunyoga keladi. K.S.Stanislavskiy ta’kidlaganidek; “Teatr va dramaturgiya bir butundir. Ikki san’at birligi natijasida, ya’ni yozuvchi mahorati va teatr kollektivi yangi badiiy javohir- spektaklni yuzaga keltiradi” (tarj hm). Rejissyorlik kasbining badiiy e’tiqodi (maslagi) eng avvalo bu kasbning egallab, “rejissyorman” deya olgan kishining obrazli fikrlay bilish qobiliyatida va bu fikrlarni teatr tili bilan ifoda qila bilish mahoratida. Teatrshunos olim Shuhrat Rizayevning ta’biricha: “Rejissyor avvalo fikrlovchi, intelektual darajasi favqulodda yuksak, voqea-hodisalarga munosabati aniq, ularning aynan holatiyu, kelajagi qanday bо‘lishini tо‘liq tasavvur eta oladigan strateg, miqyosli fikirlrovchi va teatr sohasining ijodiy va texnik kompanentlarini miridan sirigacha mukammal biladigan sal kam bashoratchi, yarim avliyo va tabiatan mutloq о‘ziga xos, gohi shayton - gohi farishta, bag‘oyat murakkab Shaxs. U gо‘yo hamisha tajriba о‘tkazayotgan tadqiqotchi, kashfiyotchi olim, mutafakkir. Faqat uning tajribalari obyekti inson va jamiyat ustida, odamlar qalbi va tuyg‘ularidan iborat. Binobarin, uning kashfiyotlari ham ongu shuurni karaxt etadigan, butun vujudni larzaga, titroqqa solib, xayollarni hayratlarga chо‘lg‘aydigan hodisalar bо‘ladi”. K.S. Stanislavskiy tabiri bilan aytganda, “rejissyor aktyor ijrosida qorishib ketishi kerak”, ya’ni rejissyor о‘z maqsadini faqat aktyorning ijrosi orqaligina amalga oshirishi lozim. Bu buyuk teatr refarmatorining aynan mana shu e’tiqodi 58 tufayli ham, uning davridagi teatrda yuksak aktyorlar yetishib chiqqan va teatrda hukumronlik qilgan. K.S. Stanislavskiy aytgan bu teatr - sahna xatti-harakatlarining butun jarayoni, voqealar mazmuni sahnada tо‘laqonli ijro qilinadigan teatr. Unda har qanday his- hayajon, kechinmalar, voqea-hodisalarning belgilari, timsollari emas, ularning о‘zi bor. Bu yerda ijroning butun jarayoni va uning har qanday pallalari tо‘laqonli ifodalanadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling