Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inssenirovka tushunchasi 1. Dramaturglar ijodida inssenirovkaning о‘rni 2. Inssenirovka haqida tushuncha
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Dramaturg maqsadi nimada? 2. Asarda hayotiy mavzularning о‘ziga xos jihatlari haqida gapiring? 3. Sahna va uning hayotiylik bilan uzviylik bog‘liqligi nimada? 4. Asarlardan parcha keltiring misollar asos bо‘lsin. 94 11-mavzu: Inssenirovka tushunchasi 1. Dramaturglar ijodida inssenirovkaning о‘rni 2. Inssenirovka haqida tushuncha 3. Sahnada inssenirovka qilingan asarlarning sahnalashtirilishi Yaqin о‘tmishimizning mumtoz adiblaridan sanalmish Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek va boshqalarning mashhur roman, hikoya va qissalari ham inssenirovka shaklida sahna uchun tayyorlanib, milliy teatrimizning yuksak dramatik manbaga bо‘lgan ehtiyojini qondirib keldi. Bu badiiy polotnolarda xarakterlar kuchli va jо‘shqin pafosga boyligi, sof milliy kolorit va ruhiyatning ustunligi, inson shaxsi va tabiatining murakkab jihatlari, ba’zan ehtirosu mushohadalarga chо‘milgan, ba’zida ta’qibu ta’nalarga qarshi turgan isyonkor shaxslar, millat dardu g‘amida yashayotgan fidoyi zahmatkashlar siymosi kо‘zga tashlanadi. Aynan shu xususiyatlari bilan ham mazkur sahna asarlari xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi. Milliy mumtoz adabiyotimizning sahnaviy talqinlarini yaratish jarayonida teatr ijodkorlari inssenirovka atalmish dramaturgik hodisaning nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etishi, bir asarni boshqa san’at turiga kо‘chirish naqadar murakkab va zalvorli vazifa ekanini anglab yetishdi. Boisi adabiy asarning jozibador tili, qahramonlarning sо‘zlar vositasida bunyod etilgan zohiriy va botiniy qiyofasi, yozuvchi tasavvuri ila qog‘ozga tushgan chiroyli tasviru ohorli о‘xshatmalar inssenirovkachi tomonidan nozik his etilmasa, adabiyot teatr san’ati bilan murosa qilolmaydi. Mumtoz asarlarni sahnaning ifodaviy tiliga kо‘chirishda avvalo tasvirlangan muhit va hodisalar mohiyatini chuqur anglash, xalq xotirasidan joy olgan qahramonlar qiyofasini gavdalantirishda ularning shaxsi, ijtimoiy faoliyati, dunyoqarashi, о‘y-hayollari, bir sо‘z bilan aytganda, jamiyki estetik kategoriyalarini hisobga olish zarur ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, inssenirovka muallifi mumtoz adabiyot namunasini qо‘lga olganida, asarning ayni davr bilan 95 mushtarak jihatlarini topishi, boshqacha aytganda, moziydan turib, bugunga nazar tashlay olishi lozim. Milliy mumtoz adabiyotimizning yaqin о‘tmishini ma’rifatparvar adib Abdulla Qodiriy ijodisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Ayniqsa, uning “О‘tkan kunlar” 1–tom ma’noda millatning qon-qoni, vujud-vujudiga singib ketgan, minglab kitobxonlar tomonidan sevib, ardoqlab о‘qiladigan, har bir sо‘zi, jumlasi, lafzu latofati qalblarga muhrlangan, hanuzgacha о‘z jozibasi, ijtimoiy-adabiy qimmatini yо‘qotmay kelayotgan durdona asar, milliy romanchiligimizning eng sara namunasidir. Bu tabarruk va mо‘tabar asarni har qancha alqasak, Qodiriy dahosini har qancha yuksakka kо‘tarsak oz. Qiziq, aslini olganda biror ishning ibtidosi doim ham kо‘ngildagidek chiqavermaydi yoxud taraqqiyotning keyingi pillapoyalari ilk tajribani yо‘qqa chiqaradi. Garchi о‘tgan asrning boshlarida Abdulla Qodiriy hazratlari ming istihola va iymanish bilan “Yozmoqqa niyatlanganim ushbu – “О‘tkan kunlar”, yangi zamon rо‘monchilig‘i bilan tanishish yо‘lida kichkina bir tajriba, yana tо‘g‘risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir” Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling