Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-mavzu: Hayotiy hodisalarni kuzatish haqida 1. Asar yozishda asosiy masala hayotiy kuzatuvlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Syujetning asarda tutgan о‘rni nimada? 2. U.Azimning “Bir qadam yо‘l” asaridagi syujet haqida gapiring. 3. Asosiy qahramonlar va voqealar rivoji nimada? 4. Spektaklda insoniy qadr-qimmat masalasi nimada? 5. Jahon asarlarida syujet masalasi haqida gapiring? 10-mavzu: Hayotiy hodisalarni kuzatish haqida 1. Asar yozishda asosiy masala hayotiy kuzatuvlar 2. Hayotiy kuzatuv va uning dramaturg uchun ijobiy tomonlari 3. Asar yozishda hayotiylik va badiiy tо‘qimaning uzviy bog‘liqlik jihatlari Dramaturg doim sahnaga yoki ekranga moslab ssenariy yozar ekan doim Hayotiy hodisalarni kuzatishlar asosida asar yaratiladi. Bu borada yozuvchi, dramaturglarning hayotiy kuzatuvlari, o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy original asar tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Voqea tug‘iladi, badiiy to‘qima unga xizmat qiladi. Dialoglar va monologlar voqealar rivojiga qarab o‘zgarib boradi. Birgina televideniye ko‘rastuvlaridan biri “Otalar so‘zi, aqlning ko‘zi”ni misol qilganimizda undagi barcha voqealar hayotiy kuzatuvlarga qurilgani bilan ajralib turadi. Bu borada, quyidagi dialoglar e’tiborimizni tortadi. Otalar so‘zi-aqlning ko‘zi 82 SHERZOD – (Muzrobning o‘g‘li yosh bola) – Buvi! Endi sizlarnikidan hech qayoqqa ketmayman, deganzingiz-ku... MUNISA ONA – Alisher ukang ham meni sog‘inib qolgan bo‘lsa kerak... Tushimga kiribdi. Buvimni sog‘indim, deb yig‘layotganmish... Ko‘rib kelay... SHERZOD – Keyin qachon kelasiz? MUNISA ONA – Kelaman, darrov kelaman... (Muzrob chiqib ketadi. O‘ylanib turibdi). SHERZOD – Dadam bormasayam o‘zingiz kelaverasizmi? MUNISA ONA – Kelaman, o‘g‘lim... kelaman...Suhrob akang olib kelib qo‘yadi. Xudoga shukur ikki o‘g‘lim bor. Biri-biridan yaxshi... SHERZOD – Men o‘qishga ketdim... Tez keling-a... buvi... Ertaga kelaqoling. MUNISA ONA – (kulib) – Xo‘p, xo‘p... (Bolani peshonasidan o‘pib qo‘yadi). MUZROB – Dilrabo!!! DILRABO – Labbay dadasi (kiradi). MUZROB – Oyimni ranjitdingmi? DILRABO – (Dovdirab onaga qaraydi) – Nima?... Yo‘q... MUNISA ONA – Muzrobjon! Bu kelinimday kelin bor ekanmi? Hafa qilma. Men o‘zim ketaman, dedim... Nega tushunmaysan, ukangdan xavotir olayapman. Xudoga shukur sening ishing yaxshi... Kunduzi ishga borib, kelasan. Kechqurun uydasan.. Sendan ko‘nglim xotirjam... MUZROB – Bugun oborib qo‘ysam, keyin qachon kelasiz? MUNISA ONA – O‘zim telefon qilaman. Meni olib ket, deyman. (Dilraboga) – Bolam, xafa bo‘lmang. O‘g‘lim bilmay gapirdi... Ko‘nglingiz og‘rirmasin, qizim.. Peshonamda shu ikki o‘g‘lim, ularning orqasidan kelgan sizlardek, ikkita lobar qizlarim bor... Xudoga shukur. DILRABO – (onani quchib) – Oyijon, o‘g‘lingizni bilamanku... Xafa bo‘lganim yo‘q... MUNISA ONA – Iloxim baxtli-saodatli bo‘lib, qo‘sha-qarib yuringlar. Bolalarning roxatini ko‘ringlar... 83 MUZROB – Oyi, bo‘lmasa, sizni hozir oborib qo‘yamanda, kechqurun olib kelaman... MUNISA ONA – Mayli, bolam, mayli. (Muzrob chiqib ketadi). Z.T.M. (Suhrobning uyi. U krovatda yotibdi). MUNISA ONA – Oyog‘ingga nima qildi bolam? SUHROB – Yiqildim... MUNISA ONA – Qayerdan yiqilib yuribsan? MUYASSAR – Voy-voyeyey, oyijon... Qayerdan yiqilganlarini bilganingizda nima qila olardingiz? Ha, endi yiqildilarda... MUNISA ONA – Suyagi sinmaganmikan, deb xavotirdaman. MUYASSAR – Hech xavotir olmang. Do‘xtirga ko‘rsatdik.. Suyagi sinmagan. MUNISA ONA – Xudoga shukur... Eti ezilgan bo‘lsa kerakda... (Munisa ona Suhrobning oyog‘ini ko‘rmoqchi bo‘ldi. Suhrob og‘riqdan ingraydi). SUHROB – Voy, og‘rib ketdi... MUYASSAR – Hoy, nima qilyapsiz? O‘zi zo‘rg‘a yotibdi-ku... SUHROB – (xotiniga yomon qarab) – Ey, bo‘ldi, bas! Oyi, choy ichdingizmi? MUNISA ONA – Sening joning og‘rib turganda mendan choy o‘tadimi? SUHROB – Shu yerga choy olib kel. Birga ichamiz... (Muyassar jahl bilan chiqib ketadi). Dasturxon yozib, choy olib kira boshlaydi. (Boshqa kun. Muzrobning uyi). DILRABO – Muzrob aka, oyimni olib keling... MUZROB – Kecha yuring, olib ketishga keldim, desam... Bormayman, dedilar. DILRABO – Muyassarxon qo‘ng‘iroq qildilar. MUZROB – Ha, mayli, ishdan chiqib, to‘g‘ri shu yoqqa o‘taman... (Chiqib ketadi). (Suhrobning uyi. Boshqa kun). 84 MUYASSAR – Oyi, endi ketavering. Muzrob akam kelaverib charchadilar. O‘g‘lingiz tuzalib, yana ishlariga tushib ketdilar... Bemalol boravering. MUNISA ONA – Muzrobning aql-hushi joyida. U o‘zini uddalaydi. Suhrobni tashlab ketolmayman... Bechora bolam, yarim tungacha ishlaydi. Shu yerda turganim yaxshi... (Boshqa kun. Yarim tun. Munisa ona xovlida yolg‘iz. Ko‘cha eshik oldiga borib kelaveradi. Bexalovat. Oynadan Muyassar ko‘rib qoldi). MUYASSAR – Oyi, hali uxlamadingizmi? MUNISA ONA – Suhrob kelsin, keyin uxlayman. MUYASSAR – O‘zingizga o‘zingiz gap sotib olasizda, siz... Hozir kelsalar jahllari chiqadi. Yosh boladek, yo‘limni poylaysiz, deb... MUNISA ONA – Bolam, siz uxlayvering... Uyqum qochib ketdi. Yotganim bilan uyqim kelmaydi. Toza havoda yuribmanda, bolam... MUYASSAR – O‘zingiz bilasiz... Men aytdim-qo‘ydim... (Derazani yopadi). PEREXOD. (Muzrobning uyi. U ham xovlida o‘ylanib yuribdi). MUZROB – (O‘ziga) – Suhrob har ko‘rganda oyimni olib keting, deydi. Oyim bo‘lsa, shu o‘g‘lini deb, biznikiga kelishni istamaydilar. Nima qilsam ekan-a? (Dilrabo chiqadi). DILRABO – Muzrob aka. Nega bu yerda o‘tiribsiz? MUZROB – Hozir oyim ham uxlamay Suhrobni kutayotgan bo‘lsalar kerak. (Sekin o‘rnidan turib) – Mening ham uyqum qochdi... PEREXOD. (Suhrobning uyi. Uzoqdan mashina chirog‘ini ko‘rib, Munisa ona sekin o‘z xonasiga kirib ketadi. Keyin derezadan qarab turadi. Qiya ochiq turgan darvoza katta ochilib, keyin mashina haydab xovliga Suhrob kirib keladi. Darvozani yopib, o‘z xonasiga ketayotganida Munisa ona derazadan o‘g‘liga gapiradi). MUNISA ONA – Keldingmi, o‘g‘lim?! SUHROB – (Jahli chiqib) – Uyim bo‘lganidan keyin kelamanda... Kelmay qayoqqa borardim... MUNISA ONA – Yaxshi dam ol, bolam... (Derazani yopadi. Suhrob onasi tomoniga bir qarab qo‘yib, o‘z xonasiga kirib ketadi). 85 (Boshqa kun. Ona og‘ir betob. Muzrobning uyi). MUNISA ONA – Suhrob... Suhrobjonim keldimi? MUZROB – (xotiniga qarab qo‘yadi) – Ha... keldi... MUNISA ONA – Qachon... qachon keldi?.. DILRABO – (eriga tushunib, davom ettiradi) – Siz...siz uxlab yotganingizda... Bezovta qilmay, deb biroz o‘tirdida keyin ketdi. MUNISA ONA – Omon bo‘lsin. (ko‘ziga yosh keladi). MUZROB – Yana keladi... (Munisa ona ko‘zini yumadi). (Boshqa kun. Ko‘cha. Suhrob bilan Muzrob gaplashmoqda. Suhrobning mashinasida uning bir do‘sti Ravshan mashinada o‘tiribdi. Aka-ukaning gapi unga eshitilmoqda). MUZROB – Suhrob, ukajon.... hech bo‘lmasa bir martagina shu bugun uyimizga bor... Oyim seni so‘rayverib, charchadilar... SUHROB – Oyim ham, qiziq... Meni nima qiladilar? Do‘xtir bo‘lmasam, yana klip chiqaryapman, unga yugurishim kerak... Yangi qo‘shiq tayyorlashim kerak... MUZROB – Suhrob!!! Bunchalikka borma... Besh kunliklari bormi, yo‘qmi, hozir ko‘ngillarini olganing yaxshi...G‘animat bo‘lib qoldilar... SUHROB – Qo‘rqmang aka! Onam soppa-sog‘... Siz bilan menga erkalik qilyaptilarda... Bizni sinab ko‘rmoqchilar... MUZROB – Suhrob, bunchalik emasding-ku... SUHROB – Aka, mening bo‘lganim shu. Oyimning injiqliklaridan charchadim. MUZROB – Nahotki, ishonmasang! Oyim og‘ir... betoblar... Qanaqa odamsan o‘zi?! (Mashinadan Ravshan tushib keladi). RAVSHAN – Uzr.. Gaplaringizni eshitib qoldim... Suhrob, sen onangning duolaridan shu darajaga erishib yuribsan... Shuning uchun... SUHROB – Do‘stim, tushunmasdan bizning oramizga suqulma... RAVSHAN – Hammasini tushundim... Ishlaringni ko‘pligini vaj qilyapsan. Axir ona diydoridan ham zarur ish bormi dunyoda? Qani, yur. Xolamlarni borib ko‘ramiz. Keyin ishingga boraverasan... SUHROB – Hozir ustozimning oldilariga borishim kerak. Kechga yaqin o‘taman. 86 MUZROB – (ko‘zida yosh) – Onam sho‘rlik, seni bo‘sh bo‘lguningcha kutib tura olarmikinlar?! RAVSHAN – Ustozing kutsalar hech nima qilmaydi. Vaziyatni tushuntirsang tushunadilar. Yur, xolamlarni borib ko‘ramiz. Ularning duolarini olamiz. Keyin qayoqqa xoxlasang boraverasan... SUHROB – Hozirgina o‘zing vaqtim yo‘q. Tezroq boraylik, deb turganding-ku. RAVSHAN – Har qanday zarur ish – xolamdan aziz emas. Yur, yur... (Muzrobga) – Aka, biz hozir boramiz. (Suhrobni sudraganday qilib, mashinaga o‘tqazdi. Muzrob ham mashinaga o‘tiradi). PEREXOD. (Ona juda og‘ir ahvolda. Dilrabo uning oldida mehribonlik qilmoqda). DILRABO – Oyijon! Issiqqina mastava qilgandim... Shuni ozgina ichib oling. MUNISA ONA – Suhrobim qani? DILRABO – Hozir... hozir keladilar... Telefon qildilar... Hozir boraman, dedilar. MUNISA ONA – Bolam kelsin, birga ovqatlanamiz. (Eshikdan uch yigit kirib keladi. Dilrabo o‘rnidan turib, ularni kutib oladi. Munisa ona Suhrobga qo‘l cho‘zadi). MUNISA ONA – Bolam!!! Omonmisan?!! (Qo‘llari tolib, shilq etib tushadi. Muzrob qo‘rqib ketadi). MUZROB – Oyi, oyijon!!! Mana Suhrob o‘g‘lingiz keldi. Ko‘zingizni oching. RAVSHAN – Xola... Xolajon... (Suhrob qarab qoladi. Munisa ona sekin ko‘zlarini ochadi). MUNISA ONA – Xudoga shukur... (Ravshan, Suhrob salom beradi. Munisa ona zo‘rg‘a bosh irg‘iydi. Yana ko‘llarini zo‘g‘a Suhrobga cho‘zadi). SUHROB – Oyi, nima bo‘ldi? Tuppa tuzuk edingiz-ku... MUNISA ONA – Qqqarichilik! RAVSHAN – Xolajon, o‘g‘illaringizni qo‘rqitmang... Xudo xoxlasa tez kunda sog‘ayib ketasiz... MUNISA ONA – (bosh irg‘ib) – Hmmm... 87 SUHROB – Aka, oyimga tuzukroq qarayapsizmi? Nega bunaqa bo‘lib qoldilar? Biznikida soppa-sog‘ edilarku... MUZROB – Boshim aylanyapti, deb yotib qoldilar. Do‘xtir chaqirdik. Shifoxonaga yotishlari kerak, deyishdi. Oyim, yotmayman, deb turib oldilar. Qo‘shnimiz shifokor. Har kuni chiqib muolajalarini qilyapti... SUHROB – Uydayam davolab bo‘larkanmi? Do‘xtirga oborish kerak... Yaxshi qaramayapsizda... Kennoyim ham ko‘ngillari tusagan ovqatni pishirib bermayotgan bo‘lsalar kerak... Pulingiz bormi o‘zi? MUZROB – Uka, juda unchalikka borma... Har nima bo‘lganida ham oyim uchun kerakli bo‘lgan narsalarni yetkazib turibman... SUHROB – Uyingizda yog‘, tuxum, asal, qo‘y go‘shtlaridan bormi? MUZROB – Ha, xammasini olib kelganman. SUHROB – Qo‘y go‘shtidan qaynatma sho‘rva qilib berish kerak. Tuxumni xomroq qilib pishirib, yedirsangiz quvvat bo‘ladi. Biznikida yaxshi ovqatlanardilar. Hech ham kasal bo‘lmaganlar. Hm.. endi bildim nega biznikidan ketgilari kelmaganini... RAVSHAN – (Muzrobga qarab) – Suhrob, do‘stim. Inson o‘z jigariga bunday qo‘pol gapirmaydi. Og‘a xam ota o‘rnida, deydilar. Ularning xam dillarini og‘ritish katta gunoh sanaladi. Qolaversa, sendek bir sa’atkorning shu kunga yetib kelishingda og‘aning beminnat xizmatlari bor... Agar o‘zing qanchalik tirishsang ham shunday bo‘la olmasding... MUZROB – (Hijolat bo‘lib) – Ukam, sal erkaroq o‘sgan... Suhrob dunyoga kelganida (Onasining qo‘llarini mahkam ushlab turib) — otam dunyoni tark etganlar. Ota diydorini ko‘rolmagan o‘g‘lim, deb onam sho‘rlik Suhrobni yeru- ko‘kka ishonmasdilar... Topganlarini Suhrobga olib qo‘yardilar. Men ham yaxshiroq biror nima ko‘tarib kelsam, teng yarmini bo‘lib olib, “Bu Suhrobjonimga”, deb bir chetga olib qo‘yardilar... Shu muomalani ko‘rib o‘sgan ukam, xar doim, xamma meni deyishi kerak... Xamma narsa faqat meniki bo‘ladi, deb o‘ylaydigan bo‘lgan. (Suhrobning yelkasiga erkalagandek, qoqib qo‘yadi). 88 SUHROB – O‘qishimga, ba’zan biror ishim uchun bergan pullaringizni pisanda qilyapsizmi? MUZROB – Aslo!!! SUHROB — Unda nega o‘tib ketgan gaplarni qo‘zg‘ayapsiz? RAVSHAN – Tushunmadingiz do‘stim... Og‘ang bor gapni aytyaptilar. Hamma kenja farzandlarda bor bo‘lgan o‘ziga xos xudbinlik – bu. SUHROB – Xudbin emasman... To‘g‘risini aytsam, akam menchalik badavlat emas. Ro‘zg‘orini zo‘rg‘a tebratadi. RAVSHAN – Bo‘ldi, bo‘ldi... Gapga shu yerda nuqta qo‘yamiz. Xolamlardan so‘ra. Ko‘ngillari nima tusayapti ekan... Xammasini muhayyo qil. Har kuni kelib, xol-ahvol so‘rab tur. Onadek, mehribon, do‘st, g‘amxo‘r inson yo‘q, dunyoda. Duolarni olib qol... Keyin afsuslanib yurma. (Muzrob sekin turib chiqib ketdi). SUHROB – Oyi, nima yegingiz kelyapti? MUNISA ONA – (qo‘li bilan ishora qilib, xech narsa, deydi) – .... akangni xafa qilma... PEREXOD. (Boshqa xonada Dilrabo xomush. Muzrob uni yupatmoqda). DILRABO – Bizni kambag‘al, deb yerga uryaptimi? MUZROB – Bo‘ldi, bo‘ldi qil. Sen noto‘g‘ri tushunma. DILRABO – Boy bo‘lgani bilan biror marta uyga onamga, deb ikkita non ko‘tarib kelmaydi-ku. Bundoq olib qaraganda o‘zi oyim uchun nima qilib berdi?! Faqat tashvish keltiradi. MUZROB – Bo‘ldi, dedim... Aka-ukalarning o‘rtasiga sovuqlik qilma. Bas. PEREXOD. (Munisa ona yotgan joy.) RAVSHAN – Xolajon, sizni har doim oyim so‘rab turadilar. Siz bilan gurunglashsam, deydilar. MUNISA ONA – (Bosh qimirlatib) – Onangiz yaxshimilar? Sssalom deng... 89 RAVSHAN – Xo‘p, xo‘p... SUHROB – Oyi, men shoshib turibman. Boradigan joylarim, qiladigan ishlarim ko‘p. MUNISA ONA – Tez-tez kkkelib.... tur.... Sssseni kko‘rgim keladi. SUHROB – Ishim ko‘p deyapmanku... Kelaverib sizga nima qilib beraman. Undan ko‘ra ayting, nima kerak bo‘lsa, berib yuboraman. (Ravshan Suhrobni turtib qo‘yadi). MUNISA ONA – ...o‘o‘o‘zing kkelll... RAVSHAN – Keladi, xolajon. Bugundan boshlab kuniga ikki-uch martadan kelib turadi. Suhrob o‘zi sizni yaxshi ko‘radi. Sizga atab, qo‘shiqlar yozyapti. (Munisa ona yotgan joyida duo qildi). MUNISA ONA – .... oomoooon bbbbo‘llll... (Ular xayrlashib chiqib ketishadi). Z.T.M. (Boshqa kun. Ona olamdan o‘tgan. Ravshan tilovat qilmoqda. Tilovatdan so‘ng) SUHROB – Aka, men gastrolga ketyapman. Marakalariga yetib kelishga xarakat qilaman. MUZROB – Tashvishlanma. Marakalariga kerakli narsalarning hammasini tayyorlab qo‘yganman. Sen faqat eshik oldida kelib-ketganlarni kutib olsang bo‘lgani. Chunki, kelganlar seni so‘raydi. SUHROB – Yetib kelaman, dedimku. RAVSHAN – Do‘stim, xozir gastrolga borish shartmikin? Yaqinda xolamlar o‘tgan bo‘lsalar. Yig‘inlarini o‘tkazib keyin xohlagan tomonga borsang bo‘ladiku. SUHROB – E, nimalar deyapsan? Yigirmalarigacha men ikki marta gastrolga borib kelaman. Bu yerda o‘tirganim bilan nima qilib berardim. Onamni tiriltirib berishning iloji bo‘lganida bir yil bo‘lsa ham qimirlamay o‘tirgan bo‘lardim. MUZROB – (uni kuzatib) – Ravshan, qo‘yavering uka. Borib kelaversin. (Suhrob ketishga chog‘lanadi). SUHROB – Bo‘pti, aka, biz ketdik. (O‘rnidan turishadi). Z.T.M. 90 (Boshqa kun. Suhrobning uyi. Telefonda Dilrabo bilan Muyassar gaplashmoqda). MUYASSAR – (trubkada) – Ovsinjon, o‘zingizdan qolar gap yo‘q. Kichkinamning tobi yo‘qroq. Yaxshi qaramasam, toliqib qoladi. Endi, o‘zingiz polvonginasiz. Bizga ish yumush qoldirmaysiz. Suhrob akam bilan o‘sha kuni boramiz. DILRABO – Bir kun oldin hech bo‘lmasa siz kelib tursangiz yaxshi bo‘lardi. MUYASSAR – Bir kun oldin borganim bilan hech nima qilib berolmayman. Aytdim-ku, kichkinamning tobi yo‘q, deb. DILRABO – Biznikiga kelsa, o‘ynab ketadi. Kasaliyam tuzaladi. MUYASSAR – Voy, nimalar deyapsiz? Bolaning kasaliga beetibor bo‘lmaslik kerak. Biz sizlarga o‘xshagan emasmiz. DILRABO – Biz... biz qanaqa ekanmiz? MUYASSAR – Suhrob akam, oyimga yaxshi qarasholmadi. Yeyish-ichishlarining ham tayini yo‘q... Oyim bekorga o‘lib ketmadilar. Ochlikdan o‘lgan bo‘lsalar kerak, deydilar. DILRABO – Nima ?! Shunchalik badavlat ekansizlar, oyim hayotliklarida ikkita non ko‘tarib keldingizmi, ovsinjon. Sizdek badavlat odam bir marta bo‘lsa ham qaynona og‘ir yotganida hol-ahvol so‘rashga arzimadi-ku... Endi bu gaplar ortiqcha. MUYASSAR – Siz ham qaynonaga qarang... Ularning ko‘nglini olish qanchalik qiyinligini, xizmatlarini qilish qanday bo‘lishini biling, dedimda, ovsinjon... Jaxlingiz chiqmasin. Biznikida ko‘proq turdilar. Shu ochqolmaslik uchun biznikidan ketishni istamadilar. DILRABO – E, qo‘ying-e, siz bilan adi-badi aytishniyam o‘zimga ep ko‘rmayman. (Trubkani qo‘yadi. Muyassarning jahli chiqadi. U yoqda Dilrabo yig‘lamoqda). MUYASSAR – Ilon! Ilon!!! Yomon chaqdi, odamni... Ordona. Z.T.M. (Boshqa kun. Muyassar erini avramoqda) MUYASSAR – Qashshoq akangizning dimog‘idan qurt yog‘adiY. Xotini bo‘lsa o‘zidan battar. 91 SUHROB – Nima bo‘ldi? MUYASSAR – Oyimning marakalariga hech nima olib kelmadinglar, deb hech kun bermayapti. SUHROB – To‘g‘ri, marakalariga hech nima olib bormadim. MUYASSAR – Hooo, olib borgandursiz... marakaning yarim harajatini siz ko‘targansiz, bilaman... Hammasini mendan yashirasiz... SUHROB – Yo‘q... Marakalariga zo‘rg‘a yetib keldim-ku. Qolaversa, o‘zimning harajatim ko‘p. Bitta kampirning marakasi kichikroq bo‘lsayam o‘tdi-ketdi. Shart emas, to‘yday tantana bilan o‘tkazish. Charchadim... biroz dam olay... Z.T.M. (Boshqa kun. Hayot davom etmoqda. Yana Suhrob to‘ydan kech qaytgan. Darvoza qulf. Signal chaladi. Hech kim chiqmaydi. Darvozani taqillatadi. Jimlik. O‘tiradi. Keyin yana darvozani taqillatadi.) PEREXOD. (Uyda xotini, bolalari mast uyquda.) PEREXOD. Darvoza oldida turgan Suhrob. Hech kim javob qilmagach, devordan oshib tushadi. Oyog‘i qayrilib ketadi. Dodlaydi. O‘rnidan turolmaydi. Oyog‘ini bosolmaydi. Shu vaqt qulog‘iga onasining mayus, mehrli so‘zlari eshitiladi/. MUNISA ONA (ovozi) – Keldingmi bolam? (Suhrob alanglab atrofni qidiradi. Atrof qop-qorong‘u. O‘rnidan turmoqchi bo‘ladi. Turolmaydi. Sudralib, arang darvozani ochadi. Mashinaga o‘tirib, zo‘rg‘a haydab xovliga olib kiradi. Sudralguday bo‘lib borib, darvozani yopadi). (Hovlining o‘rtasiga o‘tirib olib onasi yotadigan xona derezasiga ko‘zi tushadi. Deraza ochilishi miksher bilan olinadi. Ona derazadan qarab turgani. O‘g‘lining yurolmay o‘tirib qolganini ko‘rgandek, tashvishli nigohi ko‘rinadi.) MUNISA ONA – Voy bolam... nima bo‘ldi?! Oyog‘inga nima qildi? (Suhrob ovozni aniq eshitadi. Onasini ko‘radi. Eslab dod, deb yig‘laydi). SUHROB – Oyijon!!! Qadringiz o‘tdi, onajon!!! 92 (Yana Munisa ona paydo bo‘ladi. Tashvishli). MUNISA ONA – Voy, onang o‘lsin, bolam... Uxlab qopman... Seni bu ahvolga solgan men o‘lay, bolam... (So‘hrob shoshib atrofga qaraydi. Onasining derazasiga qaraydi. Hovli jim-jit. Tun sukunati. Darvoza yopiq. Hovlida xech kim yo‘q.) SUHROB – Oyijon!!! Nobakor o‘g‘lingizni kechiring! (O‘tirib yig‘laydi. Ancha o‘tiradi. Qulog‘i ostida R.Xotamovning onasi haqidagi sherlari, qo‘shiqlari beriladi). (Yana Suhrob o‘tmishda onasining mehrli so‘zlarini eslaydi. Onasini siltab uyga kirib ketishi qayta jonlanadi. Yana Suhrob o‘tirgan joy. Sekin o‘rnidan turishga urinadi. Sudralguday, bitta-bitta qadam tashlab, uyiga yotog‘iga kiradi. Bolalari xonasida uxlab yotishibdi. O‘z yotog‘ida Muyassar dong qotib uxlab yotibdi. Krovatning bir chetiga o‘tirib, yana yum-yum yig‘laydi. Do‘sti Ravshanning so‘zlari yodiga tushadi). RAVSHAN – Onangdan bo‘lak mehribon do‘st, g‘amxo‘r inson yo‘q, dunyoda... (Suhrob sekin-sekin yerga sirg‘alib tushadi. Krovatga yuzini qo‘yib ho‘ngrab yig‘laydi). ( Kadr ortidan A.Sanayevning “Qani, mening onam” qo‘shig‘i yangraydi./ Yana otaxonga o‘tiladi). OTAXON – Ha, shuday deng o‘g‘lim! O‘sha do‘stingiz haq gapni aytibdi. Xom sut emgan bandalarmiz, o‘g‘lim. Hamma narsani kech tushunamiz. Keyin ox, vox qilmiz... Ammo, foydasi yo‘q... SUHROB – (yig‘idan to‘xtab, o‘ziga kelib) – Radiodan shu ovozni eshitganida onam, onajonim ko‘z oldimda namoyon bo‘laveradi. Iltijoli boqqan nigohlari, kech kelganimda siltab tashlashimdan hadiksirab, sekingina “keldingmi bolam”, deyishlari ko‘z oldimda gavdalanaveradi. Insonning boshiga ish tushmaguncha bilmas ekan. Birov aytsa, xattoki his qilib ham ko‘rmas ekan. “Boshga tushganni ko‘z ko‘radi”, deb yuraveramiz. Boshga tushganda esa... Ha, otaxon... Avval shu yigitning so‘zlarini eshitishni istamasdim... Endi esa... jon qulog‘im bilan, butun vujudim bilan tinglayman... 93 (Shu yerdan Rustamning kompozitsiyasi davom etadi. Ona haqida sherlari, yoqimli badiiy so‘zlar, qo‘shiqlar ijrosi beriladi). (Sekin otaxonga o‘tiladi). Z.T.M. OTAXON-BOSHLOVCHI – Ha, azizlar! “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q” deganlari shu bo‘lsa kerakda... Onasaning duolari bilan sanatning yorqin yo‘liga endigina kirib kelayotgan Suhrob, xatolarini tushunib yetganday... Hali ham anglab yetmadiki, uyining fayzi, dasturxoning barakasi, topgan obro‘- etobori onasining duolarining ijobati ekanligini... Suhrob, faqat onasiga yetkazgan ozorlarinigina menga gapirib berdi. Afsus chekmoqda. Endi bu afsus-nadomat chekkandan ne naf?! Har bir ishni, har bir muomala-yu munosabatni o‘z vaqtida qilgan afzaldir... Azizlar! Suhrob onasini yo‘qotgandan keyin birdaniga hammasidan ayrila boshladi. Ishi yurishmadi. Onasining qadriga yetmagani uchun afsusda. Endi esa... umrining oxirigacha onasining ko‘rmasligini gapirib ko‘zlaridan yoshi to‘xtamaydi. Ko‘nglidagi chigilini yozish uchun shu voqeani menga hikoya qilib berdi. Azizlar! Sizlarning orangizda bunday kimsalar bor bo‘lsa, voqeamizni ko‘rib, balki o‘zlariga xulosa chiqarib olgandir. Har bir narsani, har bir kunni o‘z vaqtida qadriga yetmoq kerak. Shundagina xatolardan holiroq bo‘lasiz... Hayotingiz esa kundan-kunga yaxshilanadi. Atrofingizdagilar ham sizning qadringizga yetadigan bo‘lishadi. Azizlar! Shuning bilan ko‘rsatuvimiz ham nihoyalab qoldi. Sizlar bilan xayrlashar ekanman, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilab qolaman... Yana “oynai jahon” orqali diydorlashmoq baxtini tangri taolodan so‘rab, qolaman. Hayr, azizlar, omon bo‘linglar. Muallif – Majuda Tusunovna (HOFIZ qizi). Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling