Matn tilshunosligi


MATNIY ALOQALAR MATN QISIMLARNING BOG'LANISH


Download 79.54 Kb.
bet22/23
Sana28.03.2023
Hajmi79.54 Kb.
#1305188
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
MATNIY ALOQALAR MATN QISIMLARNING BOG'LANISH
Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida keng qo’llaniladigan, o’zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan munosabatini ifodalaydigan, o’ziga turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir, ta’sirchan vositadir. Mumtoz badiiyat ilmida murojjat birliklari nido va iltifot san’ati doirasida o’rganilgan. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birlilarda so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi turli kommunikativ munosabatlar ifodalangan bo’ladi. Misollar; – Malikam,- debdi jahl otiga minib. – Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan o’zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da yurtingizga jo’nang! (O’. Hoshimov) Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona, Nechun ko’zlaringdan oqar marjon yosh. (A.Oripov) Keltirilgan birinchi misoldagi “malikam” murojaat birligi muloqot maqsadi uchun «tramplin» vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi “ovsar” murojaat birligi kommunikantlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatni (kamsitish haqorat) oshkora ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so’zlovchining emotsional munosabati takror qo’llanuvchi “Oyisha ona” murojaat birligi orqali yana-da aniq «Undalmaning bir murojaatning o’zida takror qo’llanishi ma’no kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi». Murojaat birliklarining badiiy matndagi qo’llanilishini o’rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo’ladi. Nutq qaratilgan shaxs yoki obyekt (muxotab)ning nutq jarayonida mavjudmavjud emasligi, murojaatning ifoda tarsi, murojaat qiluvchining muxotabga subyektiv munosabati kabi omillar tahlilga tortilishi lozim. Muxotab ba’zan o’t-o’lan, hayvon yoki narsa-buyum bo’lishi ham mumkin.

Download 79.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling