Matn tilshunosligi


ADABIY TIL VA BADIIY ADABIYOT


Download 79.54 Kb.
bet15/23
Sana28.03.2023
Hajmi79.54 Kb.
#1305188
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
ADABIY TIL VA BADIIY ADABIYOT
Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb boʻlmaydi.Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun bir-dekabr U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga boʻysunsada, 181koʻplab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. Adabiy til bilan milliy til oʻrtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi boʻlgan xalq millat boʻlib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasiii oʻtaydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi.Adabiy til bilan shevalar oʻrtasidagi munosa-bat alohida muammoni tashkil etadi (qarang Shevalar). Shevalar tarixan qanchalik barqaror boʻlsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazar-dan umumlashtirish shunchalik murakka-blashadi. Hozirgi kunda koʻpgina mamlakatlar (mas, Italiya, Indoneziya va boshqalar)da she-valar Adabiy til bilan teng suratda qoʻllanmoqda.

Download 79.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling