Matn tilshunosligi
NOADABIY VOSITALARNI BADIIY MATNDAGI O'RNI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Download 79.54 Kb.
|
NOADABIY VOSITALARNI BADIIY MATNDAGI O'RNI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar parallelizm atamasi ostida o’rganiladi. Parallelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi) yonma-yon gaplar sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo’lishi. Masalan: Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi, Molxona taraf quloq tutadi. Ovoz qayerdan kelyapti – bilolmaydi (T. Murod) “Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish va eng muhimi, unga tinglovchini to’la ishontira olishdan iborat. Ular uslubiy vositalarining boyishi manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi». Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini boyitish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrning batafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq ma’lumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Masalan: Qo’shchi kalondimoq – kalondimoq qadam bosdi. Kibor – kibor quoch otdi. Kerma qosh – kerma qosh boqdi.(T.Murod) Bu misolda qahramonning uch xil harakati bir xil shakllangan gaplarda ifodalangan, ya’ni, qadam bosmoq – quloch otmoq-boqmoq. Quyidagi misolda esa bir harakat bilan ma’lumotlar fondi parallel gaplarda kengayib boradi: Tom bosh adog’ilab qadamladi. Vazmin – vazmin qadamladi. Olislarga dono – dono boqib qadamladi. Yoki: Qo’shchi qo’llari ketida tag’in qadam oldi. Mag’ribga boqib qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi.(T.Murod) So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsiyonal gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar (chehra, o’ktam, tabassum / turq, qo’pol, tirjaymoq kabi) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz. Download 79.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling