Matn tilshunosligi
MATINNING TIL SISTEMASIDAGI O'RNI
Download 79.54 Kb.
|
MATINNING TIL SISTEMASIDAGI O'RNI
Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda bilan insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin. Har qanday sistema ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo‘lgan 2 va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar o‘rtasidagi ichki munosabatdir. Ya’ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi. Sistema strukturaga nisbatan murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, u bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topadi. Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo‘lak munosabatlaridan iborat bo‘lib, ushbu pog‘onaviy munosabat tufayli ma’lum turlarga nisbatan jins, bo‘laklarga nisbatan butun bo‘lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo‘lak yoki tur bo‘lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi, razmarin, semerinka va h.z. ) ga nisbatan jins, ushbu navlar o‘z navbatida tur bo‘lib kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o‘simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham o‘simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz, dekorativ daraxtlar turlariga bo‘linadi. Ushbu turlarning har biri o‘z ichida har xil turlarga bo‘linishi ham barchaga ma’lum. Yoki fanlar sistemasini olsak, ular ham ichki tuzilishiga ko‘ra pog‘onaviydir. Masalan, fanlar, avvalo, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar va texnika fanlariga, ular esa o‘z navbatida shu yo‘nalishga kiradigan fanlarga bo‘linadi. Har bir fan tuzilishiga ko‘ra ichki bo‘linishlarga bo‘linadi, har bir bo‘linish keyingi bo‘linishlar uchun kichik sistema vazifasini o‘taydi va bunda bo‘linuvchi sistemani, bo‘linma esa uning a’zosi vazifasini bajaradi. Download 79.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling