Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Onamga xat Muhammad Yusuf


Download 0.87 Mb.
bet27/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Onamga xat Muhammad Yusuf


Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olamayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.

Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,


Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.
5-mavzu. Matn: MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT IFTIXORI
Nazariy ma’lumot: Yozuv va uning turlari.Yozuv tarixi
Ish yuritish: Bayonnoma
Adabiy o‘qish: Abdulla Qodiriy ”O‘tkan kunlar” romani


Milliy qadriyatlar – millat iftixori
Har bir xalqning o‘ziga yarasha milliy qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari va marosimlari bo‘ladi. Tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo‘lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo‘lib qolmagan. Insoniyatning necha ming-yillik tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi.
O‘zbek xalqi azaldan milliy an’ana va qadriyatlarga, urf-odatlarga boy bo‘lgan qadimiy xalq. O‘zbek xalqining asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Milliy o‘zbеk an’analaridan biri insonlarning holati, unvoni, mansabidan qat’iy nazar, yoshi jihatidan katta bo‘lgan kishini har doim hurmat qilish, ya’ni kattalarga salom bеrish, transportda yoki boshqa jamoat joylarida kattalarga joy bеrish, kattalar suhbatini bo‘lmaslik, ularga yo‘l berishdir. “Odobingni salomingdan bilurlar” maqolida salom insonning fе’l-atvori, odobining ko‘zgusi ekanligi ta’kidlangan. Bittagina salomlashish va hol-ahvol so‘rashish odobi va odati orqali xalqimizga xos bo‘lgan insonni sеvish va ardoqlash hissining ustunligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona yurtiga ehtirom, o‘z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o‘tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, mehmondo‘stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo‘lish, oilasini asrash, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko‘plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
O‘zbek xalqi to‘y-tomoshaga boy xalq hisoblanadi. O‘zbek to‘y marosimlarining bir necha turi mavjudki, ularning har biri alohida bir kitob bo‘lishga arzigulik. Oilada farzand tug‘ilishi bilan to‘y marosimlari boshlanib ketadi: soch to‘yi, chilla to‘yi, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, muchal to‘yi, nikoh to‘yi, yosh to‘yi (yubiley), kumush to‘yi, oltin to‘yi kabilardir. Ular orasida eng asosiysi nikoh to‘yi bo‘lib, bu to‘y milliy urf-odatlarimiz va turli rasm-rusumlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Hashar – o‘zbeklar, ayrim boshqa turkiy xalqlar orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va beg‘araz yordam shakllaridan biri. Asosan, hosilni zudlik bilan yig‘ib olish kabi tezkorlik bilan bajarish zarur bo‘lgan ishlar va katta mehnat talab inshootlarni bunyod etish, ya’ni kanal qazish, yo‘l va ko‘priklar qurishda qo‘llangan. Hashar ariq qazish, imorat qurish kabi ishlarda bir necha kun ham davom etgan. O‘zbekistondagi Katta Farg‘ona kanali umumxalq hashari vositasida bunyod etilgan. O‘zbekiston istiqlolidan so‘ng hashar yangicha mazmun kasb etib, Ramazon va Qurbon hayitlari, Navro‘z, Mustaqillik bayramlari kabi muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu jarayon birgina o‘zbek millatining emas, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko‘rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda.
Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e’zozlab, qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har birimizning burchimizdir. Zero, milliy qadriyat va an’analar millat iftixori, g‘ururi hisoblanadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling