Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


To‘y va marosimlarimiz haqida


Download 0.87 Mb.
bet29/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

To‘y va marosimlarimiz haqida
Beshik to‘yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog‘liq bo‘lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qadimgi va O‘zbekistonda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to‘y chaqaloq tug‘ilishining 7-9-11-kuni o‘tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o‘zicha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o‘yinchoqlar o‘rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg‘alar tayyorlanadi. An’anaga ko‘ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o‘ng yelkasiga qo‘yadi, keyin o‘g‘lining o‘ng yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi.
Xatna qilish to‘yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o‘zbek odatidir (sunnat to‘yi). Bu marosim o‘g‘il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o‘tkaziladi. Sunnat to‘yining o‘tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi.
Nikoh to‘yi- ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o‘tkaziladi. O‘g‘il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jarayonga yaqin qarindoshlari, qo‘shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko‘rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so‘ng qo‘shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Qiz va yigit, shuningdek ota-ona roziligi bilan nikoh quriladi.
1-topshiriq. Quyidagi ikkita matnni qunt bilan o‘qing va undagi ajratilgan so‘zlarga diqqat qiling. Ular so‘z yasalishining qaysi usuli asosida yasalganligini aniqlang.
Qurbon hayiti
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab milliy an’analarni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston rahbariyati eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklaridan kelib chiqib, azaliy bayramlarni tiklashga katta e’tibor bera boshladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A.Karimov farmonlari asosida xalqimizning tarixiy merosi bo‘lgan diniy bayramlar – Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti ham rasman tiklandi. Sharqda Islom dini taraqqiy etgan sari qurbon hayiti musulmonlar birlashadigan, bir-biriga hamdard bo‘ladigan kunga ham aylana boshladi. Shuningdek, u musulmonlarga farz bo‘lgan beshinchi rukun - hajni ado etadigan, ya’ni Islomning muqaddas markazlarini ziyorat etadigan asosiy kunga ham aylangan.
Qurbon hayiti munosabati bilan 1990-yil O‘zbekiston Prezidenti farmoni asosida ilk bor mamlakatimizdan 500 kishining Saudiya Arabistonidagi Makka va Madinaga borib, haj qilish sharafiga muyassar bo‘lishi ulkan voqea bo‘ldi. Qurbon hayiti - bu xursandchilik kuni. Qurbon xayiti bayrami, eng avvalo, tiriklarning bir-birini yo‘qlash kunidir. Shu boisdan bu kuni ota-onalar, qariyalar, yetim-yesirlar yo‘qlanib, ularga qo‘ldan kelgancha muruvvatlar ko‘rsatiladi, sovga-salom ("hayitlik", ) lar beriladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling