Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O‘rxun (turkiy run) yozuvi.
- 5. Lotin yozuvi.
- 6. Kirill yozuvi.
- O‘zbek imlosining asosiy tamoyillari
- Fonetik yozuv.
O‘zbek yozuvlari tarixi
O‘zbek xalqi o‘zining tarixiy taraqqiyoti davomida quyidagi yozuvlardan foydalangan: 1. So‘g‘d va xorazm yozuvlari. Bu yozuvlar turkiy xalqlarning dastlabki yozuvlari bo‘lib, ularda bitilgan yirik matnlar bizgacha etib kelmagan. 2. O‘rxun (turkiy run) yozuvi. Mazkur yozuv VI-VIII asrlarda keng iste’molda bo‘lib, Bilga hoqon, Tunyuquq, Kul tigin, Kuli chur, Ungin bitiktoshlari o‘rxun yozuvining yirik namunalari hisoblanadi. 3. Uyg‘ur yozuvi. Uyg‘ur yozuvi VIII-X asrlarda keng iste’molda bo‘lgan. Ba’zi hududlarda XV asrgacha qo‘llanilgan. 4. Arab yozuvi. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi (674-715-yillar) natijasida islom dini, arab madaniyati va arab yozuvi qabul qilina boshlandi. SHu tariqa VII asr oxiri va VIII asr boshlariga kelib turkiy yozuvlar o‘rnini arab yozuvi egallay boshladi. Bu yozuv 1929-yilgacha, qariyb ming-yildan ortiq vaqtgacha iste’molda bo‘ldi. 5. Lotin yozuvi. O‘rta Osiyoda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin, bu erdagi xalqlarni o‘tmish madaniyatidan uzish maqsadida 1929-yil lotin yozuvi joriy qilindi. Lotin yozuvi 1940-yilgacha iste’molda bo‘ldi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin dunyo madaniyatiga yaqinlashish maqsadida yana lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi tuzildi. 1995-2005-yillar oralig‘ida bu yozuvni iste’molga joriy qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqildi. 6. Kirill yozuvi. 1940-yil sobiq ittifoq markazining ko‘rsatmasiga binoan o‘zbek tilining lotin alifbosi o‘rniga rus alifbosi asosida ishlab chiqilgan kirill yozuvi joriy qilindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bu yozuvning qo‘llanishidagi oxirgi muddat 2005-yil, deb belgilandi. O‘zbek imlosining asosiy tamoyillari Bugungi o‘zbek imlosi fonetik, morfologik, tarixiy-an’anaviy, farqlovchi (differensial) va shakliy(grafik) yozuv tamoyillariga tayanadi. Sheva va ayrim shaxslarning nutqidagi xilma-xillikni hisobga olmaganda ham og‘zaki nutq tovushining bir-biriga ta’sir qilishi natijasida so‘z tarkibida, turli xarakterdagi juda ko‘p o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bu xilma-xillikning hammasi ham orfografiyada o‘z aksini topaverganda, yozuvda bir xillikni ta’minlab bo‘lmas edi. Yozuvda bunday nuqsonlarga barham berish uchun orfografiyaning yuqorida sanalgan qoidalari ishlab chiqilgan. Fonetik yozuv. Bu yozuvga asosan so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yuz bergan fonetik o‘zgarish nutq jarayonida qanday eshitilsa, shunday yoziladi. So‘z tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchaning yozuvda eshitilishiga qarab me’yorlashtirilishi fonetik yozuv deb yuritiladi. Masalan, adabiy talaffuzda jo‘nalish kelishigining asosiy shakli sifatida –ga qabul qilingan. Ba’zan bu shakl (k) va (q) tovushidan keyin (–ka), (-qa) tarzida talaffuz etiladi va shu tarzda yoziladi: terakka, buloqqa. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida barcha o‘zak va qo‘shimchani yozishda ham fonetik tamoyilga amal qilinavermaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling