Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet30/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

O‘ТOV
Тurkiy xalqlarning dastlabki xo‘jalik turlaridan biri bo‘lgan chorvachilik turli sabablarga ko‘ra makon o‘zgartirish hamda urush­lar tarixi bilan bevosita aloqador. Ana shunday tarixiy vaziyatda mazkur xalqlar xohlagan vaqtida tikib yashab, xohlagan paytda yig‘ib, ko‘chiga ortib ketishiga qulay bo‘lgan ko‘chma uylardan (o‘tovlardan) foydalanganlar.
«O‘tov» so‘zi o‘zbek tilida «kigiz uy» ma’nosini bildirsa, qirg‘iz, qozoq, turkman tillarida katta uyga nisbatan kichik uyni ifodalaydi. O‘tovlar yengil, tabiiy materiallardan quriladi. O‘tovlarning yog‘och qismi erkak ustalar tomonidan, kigiz qismi esa ayollarning qo‘l mehnati natijasida amaliy san’at asari darajasiga ko‘tarilgan.
(A.Hametova)
2-topshiriq. Matnni o‘qing. So‘zlarning yozilish o‘rinlariga diqqat qiling.
Salomlashish — qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o‘zaro insoniy muloqot — muomala-munosabatni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq o‘z urf-odatlari bor. Hindlar qo‘l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg‘onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta’zim qilishadi.
Biz, o‘zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko‘rganimizda «assalomu alaykum» deya, qo‘l olishib ko‘rishamiz.
Xalqimizning o‘ziga xos tabiatini, lutfkorligini, urf-u odatlarini ham­mamizga jonday aziz, qadrdon bo‘lib qolgan «Salom» so‘zisiz tasavvur qilolmaymiz. Odamning kimligini uning salomi belgilaydi. (M. Sattor)
3-topshiriq. Quyidagi tushunchalarning ma’nosini bilib oling.
Qadriyat – “tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob bеradigan,-yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalardir”.
An’anakishilar ongida, hayotida o‘z o‘rnini topgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, avloddan avlodga o‘tadigan, takrorlanadigan tartib va qoidalardir.
Urf-odat – kishilarning kundalikdagi turmushiga singib kеtgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ko‘nikma va xulq-atvor qoidalaridir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom bеrishi, mеhmonlarni alohida hurmat bilan izzatlash va h.k. An’analardan farqli o‘laroq urf-odatlar kishilarning ishlab chiqarishdan tashqari faoliyatlarini o‘z ichiga oladi.
Marosim – an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib, inson hayotidagi muhim voqеalarni nishonlashga qaratilgan hayotiy tadbirlardir.
An’ananing tarkibiy bo‘lagi odat, odatning muhim bir qismi marosim bo‘lib, odat kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lsa, marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo‘lganda vujudga kеladi. Yosh mutaxassislarning o‘qishni bitirib, ishga joylashishi odat bo‘lsa, bunga bag‘ishlab tashkil qilingan an’anaviy tadbirlar marosimga aylanadi.
4-topshiriq. O‘zbek xalqining quyidagi oilaviy marosimlari haqida kichik matnlar tuzing.
Beshik to‘y, sunnat (xatna) to‘yi, muchal yoshi, nikoh, kelin salom (yuz ochdi).


YOZUVNING KO‘RINISHLARI
Nutqni qog‘ozda aks ettirish uchun xizmat qiladigan harfiy grafik shakllar tizimi va shu tizimga asoslanuvchi aloqa vositasi yozuv deyiladi. Yozuv tilning makon (masofa) va zamon (vaqt) jihatdan chegaralanganlik qirralarini to‘ldiruvchi ikkilamchi aloqa vositasidir. Yozuv jamiyat tarixi, adabiyot va san’at tarixi, til tarixini o‘rganishda muhim manbadir. Yozuv o‘z tarixiga ega. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari uzoq izlanishlar va takomillashtirib borishlar mahsulidir. Insonlar o‘tmishda piktografik, logografik, ieroglifik, fonografik, yozuv turlaridan foydalanganlar. Nutq mazmuni jonli va jonsiz narsalarning rasmi, shartli tasvir tarzidagi grafik shakllar asosida ifodalanadigan yozuv piktografik (lot piktus - chizilgan va grek. grapho yozaman) yozuv deyiladi. Mazkur yozuv birliklari piktogrammalar deb ataladi. Yozuvning bu turi mukammal bo‘lmay, u rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tarkibini ko‘rsata olmaydi. Shuningdek, bu yozuvda mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni deyarli yo‘q edi. Bu holatlar mazkur yozuvdagi matnni bir necha xil o‘qishga, talqin qilishga olib keladi. Piktografik yozuvning mukammallashib borishi natijasida ideografik (yun. idea tushuncha va grarho - yozaman) yozuv paydo bo‘lgan. Manbalarda bu yozuv turi logografik (yun. logos so‘z va grarho - yozaman) yozuv deb ham ataladi. Bu yozuvda ma’lum ramzlardan foydalaniladi, ramzlar borliqdagi narsalarni aks ettirib qolmay, tildagi so‘zlarni ham ifodalaydi, tildagi har bir so‘z o‘z ramziga ega bo‘ladi. Logografik yozuv birliklari logogrammalar deyiladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliq shakii orqali ifodalashgan. Xitoyliklar esa «yaxshi» so‘zini ayol kishi, bola ramzlari orqali ifodalaganlar.
Logografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli ierografik yozuv. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanganlar. Hozirgi xitoy yozuvi shu tipdagi yozuvdir. Agar logografik yozuvda ba’zi mavhum tushunchalarni ifodalash qiyin bo‘lgan bo‘lsa, endi, ierografik yozuvda bu masala ham uzul-kesil hal bo‘ldi. Bu yozuvda alfavit tushunchasi ham paydo bo‘la boshladi. Yozuvning yuqoridagi keltirilgan barcha turlari o‘qish va o‘qitish ishlarini ancha qiyinlashtiradi. Yozuvni ommaviylashtirish uchun uni osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish lozim edi. Ana shu hayotiy ehtiyoj va talablar mahsuli sifatida fonografik yozuv yaratildi. Nutq tovushlari ma’lum harflar vositasida ifodalashga asoslangan yozuv fonografik yozuv deyiladi. Fonografik yozuv harf-tovush yozuvi deb ham ataladi. Bu yozuvning eng mukammal shaklidir. Dunyo ahli keng foydalanadigan arab, rus kirillitasi, hind, lotin yozuvlari ham fonografik yozuvlar sirasiga kiradi. O‘zbek xalqi o‘z tarixida foydalangan arab va lotin yozuvlariga asoslangan yozuvlar ham fonografik yozuvdir.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling