Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet33/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

1-mashq. So`zlarni qaysi yozuv asosida yozilganligini aniqlang.
Univеrsitеt, kоnstitutsiya, uchuq, sarg`ay, оldir, gramm, urishdi, оshqоzоn, katta-kichik, qo`rqqach, tutqaz, yasha, shtab, prоkurоr, balandda, o`tga, ko`nglim, paspоrt, tug`ildi, yam-yashil, ochko`z, biоlоgiya, оtdi, yutuq, achchiq, drama, krоss, хafa bo`ldi, filоlоgiya, rеktоr, yamоq, yuragi, tоg`a-jiyan, tеrakka, turib, sentnеr, traktоr, хatоyim, sap-sariq, bilagi, burildi, zооlоgiya, fakultеt.
2-mashq. Fonetik hodisalarning turini aniqlang.
Yigitcha, aytdi, itday, o`sdi, ahvоl, to`g`ramоq, malоl, yamlamоq, uch so`m, оshga, bеsh so`m, iztirob, yozsin, оtdan, birоrta, yomg`ir, aylanmоq, tilakka, bo‘zchi, yuzuk, spirt, foiz, do‘st, ikkov, og‘zi, ilm, teatr, stol, shkaf, soldat, ittifoq, bitta, tеbratmоq, qulоqqa, tikkan, uqdi, mazkur, ishga.
3-mashq. So`zlarni qaysi yozuv asosida yozilganligini aniqlang.
Ulg`ay, ko`rgaz, saylоv, yutdi, ishda, O`rta Оsiyo, kulib, urf-оdat, yеttоv, angla, uchinchi, bajartir, ishlayvеr, ko`kka, pasay, qоp-qоra, dam оlmоq, gulistоn, so`rоq, yuzsiz, maktabdan, gap-so`z, achchiq, tanlоv, tilakka, o`qitdi, ishyoqmas, uzоldi, оtga, оg`zi, bo`yoq, ata, bitdi.
Ish yuritish: BAYONNOMA
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay'at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.



Sirg‘ali tumani O‘quvchi va yoshlar ilmiy-texnika ijodiyoti markazi jamoasi yig‘ilishining 3-raqamli
BAYONNOMASI
2016-yil 18-sentyabr Toshkent shahri
Rais - M.S. Rahimov
Kotib - S.R Mahmudov
Qatnashdilar: 65 kishi (ro‘yxat ilova qilindi)
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabdan tashqari tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalar va ularni amalga oshirish. Ma'ruzachi O. Karimova.
2. Markaz jamoasining birinchi yarim-yil uchun tuzilgan ish rejasini tasdiqlash. Ma'ruzachi O.R.Soliyeva.
3. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha uyushtirish. S. Karimov axboroti.
1. ESHITILDI: 1. Karimova - ma'ruza matni ilova qilindi.
SO‘ZGA CHIQDILAR:

  1. Mirakbarova - (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).

P.S. Choriyev - (Nutqining qisqa mazmuni yoki savoli bayon qilinadi).
QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
2. ESHITILDI: O.R. Soliyeva - (Ma'ruzasining qisqacha yoki to‘liq bayoni yoziladi).
SO‘ZGA CHIQDILAR: T. Ahmedova
QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi).
ESHITILDI: S. Karimov axboroti - (Axborotning mazmuni bayon qilinadi).
QAROR QILINDI: (Qabul qilingan qarorlar bayoni yoziladi)
Rais (imzo) M. Rahimov
Kotib (imzo) S. Mahmudov



Adabiy o‘qish: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling