Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet47/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Nazariy ma’lumot:
Sinonimiya (ma’nodoshlik)
Bir necha til birligi (so‘z, ibora, qo‘shimcha)ning bir ma’no doirasida o‘zaro birlashuviga sinonimiya deyiladi. Sinonimiya asosan, so‘zlar doirasida ko‘p uchraydi. Bunday so‘zlar sinonimik qatorni tashkil qiladi. Sinonimik qatorda har doim bosh so‘z mavjud bo‘ladi. Bosh so‘z qo‘llanilish doirasining kengligi, zamonaviy qatlamga oidligi, uslubiy betarafligi kabi xususiyatlari bilan sinonimik qatorda ajralib turadi. Sinonimlar lug‘atida bosh so‘z birinchi bo‘lib keltiriladi. Masalan: jilmaydi, irjaydi, ishshaydi, tirjaydi; yuz, bet, aft, bashara, turq, oraz.
Sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi.
I.Lug‘aviy sinonimlar. So‘z va iboralarning sinonim bo‘lib kelishi lug‘aviy sinonimiya deyiladi. Lug‘aviy sinonimlar avvalo uch turga ajratiladi:
1.Leksik sinonimlar. So‘zlarning o‘zaro sinonim bo‘lib kelishi leksik sinonimiya hisoblanadi. Leksik sinonimlar ma’nodagi o‘xshashlikka ko‘ra 2 turdir:
a)to‘liq sinonimlar: tilshunoslik-lingvistika, kosmos-fazo
b)ma’noviy sinonimlar: ho‘l-shalabbo, kuldi-irjaydi.
2.Frazeologik sinonimlar: qo‘lini yuvib qo‘ltiqqa urish - hafsalasi pir bo‘lish, kayfi uchdi – yuragi yorilayozdi.
3.Lug‘aviy-frazeologik sinonimlar: ko‘zi tushdi – ko‘rdi, yog‘ tushsa yalagudek – toza, lom-mim demadi – indamadi.
II.Grammatik sinonimlar. Qo‘shimchalarning (qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang) va so‘z birikmalarining sinonim bo‘lib kelishi grammatik sinonimiya hisoblanadi. Grammatik sinonimlar ikki xil:
1.Morfologik sinonimlar: kelyapti-kelayotir-kelmoqda, borishdi-bordilar
2.Sintaktik sinonimlar: kuz shamoli-kuzgi shamol, xat yozdim-xat yozildi, ishga kirishish-ishni boshlash.
Sinonim so‘zlar uslublarga ko‘ra ham farqlanishi mumkin. Bunga ko‘ra sinonimlar biror uslubga xoslangan so‘zlar va uslubiy betaraf (neytral) so‘zlarga bo‘linadi. Bunday sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. Masalan: keldi(so‘zlashuv) - tashrif buyurdi(rasmiy), ko‘klam(badiiy)-bahor (uslubiy betaraf).

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling