Ijtimoiy tuzum
|
Somoniylar davrida davlat boshlig'i o'z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar lashkarboshlarga ularning xizmatlariga zvaziga tuman, shahar va hatto viloyatlarni ham in'om qilgan. Bunday mulk iqto', ularning egalari esa iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o'ziga in'om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqdan daromad olgan. Aholi iqtodorlarga bug'doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to'lagan. Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig'iga bog'liq bo'lgan
|
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt etgach, bu erda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan erga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab amalda erni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chdi. Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib er-mulkka egalik qilishning “iqto’” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O’rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi erli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltiradi
|