Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish Reja


Download 256.48 Kb.
bet3/13
Sana31.10.2023
Hajmi256.48 Kb.
#1736034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11 мавзу. Тафаккурнинг асосий шакллари

Tushunchalar orasidagi munosabatlar

Biz falsafa kursida olamdagi barcha narsa xodisa, jarayonlar o‘zaro bir-birlari bilan aloqadorlikda mavjud bo‘ladi; olamni anglamoq, u haqida chin bilimlarni hosil qilmoq uchun narsa va xodisalarni aloqadorlikda olib o‘rganish lozim, degan xulosaga kelgan edik.
Olamdagi narsa va xodisalar aloqa va munosabatlari inson ongida aks etadi va tushunchalar orasidagi aloqa va munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Tushunchalar mazmun jihatidan 2 guruxga; taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarga bo‘linadi.
Mazmun va hajm jihatidan yaqin va o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchalar taqqoslanadigan tushunchalar, deyiladi. Uy jixozlari va «shkaf»-taqqoslanadigan tushunchalar.
Mazmuni va hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar taqqoslanmaydigan tushunchalar deyiladi. Masalan: «paxta dalasi» va «yoshlar yili» tushunchalari umumiylikka ega emas. Ular – taqqoslanmaydigan tushunchalardir.
Taqqoslanadigan tushunchalar o‘z navbatida sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan tushunchalarga bo‘linadi. Xajm jihatdan bir-biriga ma’lum bir darajada aloqasi bo‘lgan tushunchalar sig‘ishadigan tushunchalar deyiladi.
Masalan, «kitob» bilan «darslik»- sig‘ishadigan tushunchalar. Hajmlari turlicha, o‘zaro mos kelmaydigan tushunchalar sig‘ishmaydigan tushunchalar deyiladi.
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar degandi: a)ayniyat; b) bo‘ysunish v) qisman moslik; munosabatlari nazarda tutiladi.
A) ayniyat munosabati.
Hajm jihatidan o‘zaro bir biriga to‘la mos keladigan tushunchalar orasidagi munosabat-ayniyat munosabat, deyiladi.
Ayniyat munosabatidagi tushunchalar hajmi jihatdan teng bo‘lib, bir predmetni turli tomondan ifodalaydi. Ular mos tushunchalar deb xam nomlanadi. Sinonimlar bunga misol bo‘la oladi Mos tushunchalarning birida predmetning bir belgisi, ikkinchi tushunchada esa boshqa belgisi ko‘rsatiladi. Mos tushunchalardan to‘g‘ri foydalanish fikrni aniq tushunish va ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. Masalan: notiq biror shaxs haqida gapirar ekan, nutqida bir tushunchani boshqa bir tushuncha bilan almashtira olsa, uning nutqi mazmunan boyiydi va tinglovchilarda qiziqish uyg‘otadi.
G‘azal mulkining sultoni- A
O‘zbek adabiy tilining asoschisi- B.
Bu misolda A va B – ayniyat munosabatidagi tushunchalar. Ular mos, aynan bir hil tushunchalardir. Ularni xar ikkisida buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy ifodalangan..

Mantiqiy shakli:A-V
V-A
Tushunchalar orasidagi ayniyat munosabatini quydagicha Eyler doirasi shaklida ifodalash mumkin

А.В


Tushunchalar orasidagi ayniyat munosabatini quyidagicha Eyler doirasi shaklida ifodalash mumkin



Bo‘ysunish munosabati.
- Keng hajmli tushuncha bilan tor hajmli tushunchalar orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda keng hajmli tushuncha-bo‘ysundiruvchi, tor hajmli tushuncha bo‘ysunuvchi, deb yuritiladi.
Masalan: A. Fan
B. Kibernetika,
Berilgan misoldagi A tushuncha (fan) keng hajmli. B tushuncha (kibernetika) A ning tarkibiga kiradi, tor hajmli.
Bo‘ysunish munosabati quyidagi grafik usulida ifodalash mumkin:


А
В



В


Keng hajmi tushunchani – jins tushuncha; tor hajmli tushuncha-tur tushuncha, deb turkumlagan edik. Umuman olganda, jins va tur tushunchalar orasidagi munosabat bo‘ysinish munosabati, deb yuritiladi.
Qisman moslik munosabati.

- Hajmlari o‘zaro bir-birga qisman mos keladigan tushunchalar orasidagi munosabat qisman moslik munosabati, deyiladi.


Bunda ikki guruh predmetlari o‘rtasidagi munosabat aks etadi: birinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismi ikkinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismiga mos keladi. Ushbu munosabatdagi tushunchalar hajmi jihatidan qisman mos kelsalarda, lekin mazmun jihatidan har-xil ifodalanadi.
Masalan: A. Ishchi. B. tadbirkor.
Ishchilarning bir qismi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi tadbirkorlarning orasida ishchilar ham bo‘lishi mumkin. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar chatishma tushunchalar ham deb yuritiladi.
Qisman moslik tushunchalar munosabatini quydagi grafik usulda ifodalash mumkin.

  1. Eyler Leonard (1707-1783) yirik nemis olimi, matematik, fizik, astronom, mantiqshunos. U tushunchalar orasidagi munosabatlarni tasvirlashda doira shaklidan keng foydalangan.



“ishchi ”-A tushuncha


“tadbirkor” –V tushuncha.
Ishchilarning bir qismi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin. –A.
Tadbirkorning bir qismi “ishchi” bo‘lishi mumkin – V.
“Tadbirkor” bo‘lmagan ishchilar va ishchi bo‘lmagan tadbirkorlar bor.
“Ishchi - tadbirkor” (AV) – chatishma tushuncha.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar o‘rtasida: a) birga bo‘ysunish; b) qarama-qarshilik; v) zidlik munosabatlari mavjud.
A) Birga bo‘ysunish munosabatida tushunchalar o‘zaro bir-birini istisno qiladi, lekin ular birgalikda hajmi keng boshqa tushunchaga bo‘ysunadi.
Bir jinsga mansub bir qator tushunchachalar orasidagi munosabat birga bo‘ysunish munosabati deyiladi.
Masalan: A.Badiiy adabiyot B.Arxitektura V.Amaliy san’at
A, B, V tushunchalari birgalikda nisbatan kengroq hajmli D (san’at) tushunchasiga bo‘ysunadi. Bunda A, B, V lar birga bo‘ysinuvchilar;
Birga bo‘ysunish munosabatini quyidagi grafik shaklida ifodalash mumkin.

Д





А

Б





В


B) Qarama-qarshilik munosabatida tushunchalar bir jinsga mansub bo‘ladi. Ular odatda o‘zaro bir-birini inkor etadi. Bir tushunchaning to‘g‘riligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqadi. Lekin qarama-qarshilik munosabati orasida uchinchi bir tushunchaning bo‘lishiga imkon qoldiradi.
Masalan:.Oq – A tushuncha. Qora-B tushuncha.
Bu misolda A-B ni inkor etadi, B ham A ni inkor etadi. A ning chinligidan B ning xatoligi kelib chiqadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda “A” ham “B” ham xato; uchinchi “V”tushuncha chin bo‘lishi mumkin.Qarama-qarshilik munosabatida uchinchi bir tushuncha chin bo‘lishi nazarda tutiladi.
Qarama-qarshilik – munosabatini 1 quyidagi grafik usulda



А В



ifodalash mumkin.

3idlik munosabatidagi tushunchalar ham qarama-qarshi munosabatidagi tushunchalar kabi o‘zaro bir-birini inkor qiladi. Zidlik munosabatida inkor etilayotgan tushuncha noaniq bo‘lib qolaveradi. Munosabati qarama-qarshi tushunchalar singari bir doiraga kirsada, inkor etgan tushuncha doiraning noaniq qismini tashkil qiladi. Agar qarama-qarshi tushunchalar uchinchi tushunchaga o‘rin qoldirsa, zid tushunchalar ularga hech qanday o‘rin qoldirmaydi. Shuning uchun ikki zid tushunchaning biri rost bo‘lsa, ikkinchisi albatta xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas.
Masalan: Katta – A
Katta emas – A emas
Zidlik munosabatida A tushuncha biron-bir belgini ifodalaydi. Ikkinchisi (A-emas) bu belgining mavjudligini tamomila inkor qiladi.
Berilgan misoldagi A tushunchaning chinligi B ning xatoligini keltirib chiqaradi yoki aksincha. Ular bir birini tamoman inkor etadi, uchinchisining bo‘lishi mumkin emas.


Download 256.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling