Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test metodi
Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida o’quvchilar psixik
xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo’lib, o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’ygan savol asosida o’zi uchun kerakli bo’lgan informatsiyani olish imkoniga ega. Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo’lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim. 1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo’lishi kerak. 2. Suhbat boshida o’quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. 3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. 4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. Suhbat metodining ijobiy tomoni – o’quvchi bilan bevosita muloqatda bo’lish, uning reaktsiyalarini hisobga olish imkoni, qo’shimcha, to’ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. SHuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz ob’ektiv fakt emas, balki kishining sub’ektiv fikrini olamiz. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. O’quvchilar yozgan inshoga qarab, o’qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so’z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab o’quvchining individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to’plash mumkin. Diagnostik metodlar: Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o’rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega. Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi. Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari – o’z- o’zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o’rganiladi. Test inglizcha (test) so’z bo’lib, sinab ko’rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo’lib, uning natijasida standartlashtirilgan o’lchov o’tkaziladi. Test asosan individlar o’rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko’rsatadigan reaktsiyalar o’rtasidagi farqlarni o’rganish uchun mo’ljallangan. Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo’lish darajasini o’rganish uchun ham qo’llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differentsiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o’tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o’tkazilishi Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling