Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- B.G. Ananьev
- Empirik metodlar
Mavzu № 3. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja: 1. Kuzatish va eksperimcnt yosh psixologiyasining asosiy metodi sifatida. 2. Tasdiqlovchi va shakllantiravchi tadqiqot strategiyalari. 3. Tadqiqotning yordamchi metodlari. 4. Empirik tadqiqotlarni tashkil qilish sxemasi. Tayanch iboralar: Kuzatish, eksperiment, test, anketa, sotsiometriya, faoliyat natijalarini о 'rganish, longityud metod, ко 'ndalangiga kesim metodi. Psixologiya, metod, kuzatish, ekperiment, suhbat, diagnostika, test, biografiya, anketa, proyektiv metodlar, sotsiometriya, suhbat metodi, pisixologik eksperiment. Rus psixologi B.G. Ananьev bo’yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo’linadi: I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya va defektologiyada keng qo’llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada o’rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo’llaniladi. Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o’rganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o’tkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi). II. Empirik metodlar: kuzatish va o’z-o’zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervьyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari. III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo’linadi. IV. SHarhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog’onalar, inqiroz holatlari ajratib ko’rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o’rtasidagi “gorizontal” aloqalar aniqlanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling