Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana30.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1405163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
PROYEKTIV 
METOD
Aniq tizim oki 
ko’rinishga ega 
bo’lmagan noaniq 
narsalar tavsiya 
etiladi. Sharxlash 
so’raladi.
Tugatilmagan 
hikoyalar
Rorshax-siyoh 
dog’lari.
Rozensveyg-
rasmli assosatsiya
Hissiy dunyosi, 
dunyoqarashi, 
qiziqishlari 
baholanadi
Aniq ko’rinishga 
ega bo’lmagan 
buyumlar


maqsadga qaratilgan boiib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari 
hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o'rganiladi. Bunda tarbiyachi va 
tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti- harakatlarini ularning 
turli-tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob'ektiv kuzatish 
metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har qanday 
kuzatishning aniq maqsadi, rejasi bo'lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining 
barqarorligini yoki tafakkur bilan bog'liq bo'lgan analiz qila olish qobiliyatini 
kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi tamoyiliga asoslanib, ya'ni analitik-sintetik 
nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a'zosi sifatida o'rganish; 4) 
Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o'zlarining
kuzatilayotilganlarini mutlaqo bilmasliklari kerak. 5)Kuzatishdan yaxshi
natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda 
namoyon bo'lishni nazarda tutib) tizimli tarzda kun sayin o'rganish kerak. 
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli o'yin faoliyatlari, didaktik 
mashg'ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil psixik jarayonlarning va individual 
xususiyatning namoyon bo'lishini o'rganish mumkin. 
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti- vaqti bilan o'tkazilishi 
mumkin. Bolalami uzluksiz kuzatish metodi bilan o'rganilganda ularning barcha fe'l 
- atvorlari va xatti - harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda 
o'rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so'ng 
to'plangan ma'lumotlar analiz qilinib, bolaga psixologik xarakteristika tuziladi, 
vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq-atvori va xatti- 
harakatlari emas, balki faqat ma'lum xatti - harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan 
bog'liq bo'lgan tomonlari o'rganiladi. 
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini 
sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib 
o'rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning 
ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so'ng 
N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarbolalarpsixiktaraqqiyoti yuzasidan tizimli tarzda 
olib borgan o'z kundaliklarini nashr etganlar. 
Bolalar psixologiyasida keng qo'llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment 
metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod hisoblanadi 
Eksperiment metodida u yoki bu psixik jarayonni qachon yuzaga kelishini kutib 
otirmay, bu jarayonni eksperimentatorning o'zi yuzaga keltiradi. Shuningdek o 
rgamlayotgan psixik jarayonni bolalarda bir necha marta takrorlab o'rganish 
mumkm, yana qulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singari ko'p vaqt 
talab q,lmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo'linadi: 1) laboratoriya eksperimenti 
2)tabiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksperiment metodi. Laboratoriya 
eksperiment. maxsus tashkil qilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan 
o'tiladi. Tabiy eksperimentda biror psixik jarayon o'rganilayotganda maxsus sharoit 
yuzaga keltinladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng 
foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o'ziga 
xos tomoni shundaki, bog'cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida 
otkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o'tkaziladigan 
ekspenmentlarning farqiga bormaydilar. 


Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o'yin tarzida o'tkazilsa 
yaxshi 
natya beradi. Eksperiment 
metodidan 
guruhlarda o'tkaziladigan 
mashg'ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog'cha 
bolalar bilan otkaziladigan didaktik mashg'ulotlarda tabiiy eksperiment metodini 
qo'llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, 
sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga 
ajratish topshinladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga 
ajratishlarida ularnmg umumlasht.rish xususiyatlarini o'rganish mumkin. Odatda, 
guruh sharoitida o tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb 
yuritiladi Bolalar psrxologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham 
foydalaniladi 
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va 
mustahkamlanadi. Masalan: bog'cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o'zida 
butunni va umng tarkibiy qismlarini to'la idrok qila olmaydilar. Ular o'z diqqatlarini 
yoki bir butun narsanmg o'ziga yoki uning bo'laklariga qarata olmaydilar 
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalami bir butun narsani uning qismlari 
bilan bir paytda idrok qilishga o'rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun 
narsanmg obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar - doira 
kvadrat, kub, foydalaniladi). 
Pedagogik eksperiment orqali biron ta'lim- tarbiya metodining mahsuldorligi 
aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son- sanoqqa o'rgatishning 
qandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo'lsa, uni pedagogik eksperiment 
metodi orqali sinab ko'radi. Buning uchun oldindan bog'cha ma'muriyati bilan 
kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab oladi. Shundan 
so'ng tadqiqotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum 
tasavvurlarni o'stirish mashg'ulotini o'tkazadi. Nazorat guruhida esa bu 
mashg'ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1 -2 oydan so'ng 
har ikkala guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlari taqqoslab ko'riladi. Agarda 
eksperimental guruh bolalari yangicha metod bilan o'zlashtirishlari nazorat 
guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlaridan anchagina samarali boiib chiqsa, bu 
metod boshqa hamma bog'chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat 
guruhdagi bolalarning o'zlashtirishlaridan yomon, ya'ni past bo'lib chiqsa, yangicha 
metod bilan mashg'ulot o'tish darhol to'xtatiladi. 
Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham 
keng foydalaniladi. Bolalar psixiologiyaning yordamchi metodlaridan - faoliyat 
mahsullarini o'rganish metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim 
ma'lum faoliyat bilan mashg'ul bo'ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, 
mahsg'ulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning 
psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlari o'z aksini topadi. Bog'cha yoshidagi 
bolalarning faoliyatlari - o'yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa 
yasash, applikatsiya, qurish-yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining 
natijasiga qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va 
layoqatlarini o'rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular 
idrokining xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini 


ko'rish mumkin. Shu sababli bu metoddan bolalar psixologiyasida keng 
foydalaniladi. 
Bolalar psixologiyasida suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6 
yoshli bolalarga nisbatan qo'llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir 
savollar beriladi va ulardan og'zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga 
beriladigan savollar oldindan yaxshilab o'ylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarai 
yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Suhbat metodini o'tkazishda 
quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 
l)Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh 
xususiyatlariga mos bo'lishi kerak. 
2)Savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak. 
3)Suhbat paytida «ha» yoki «yo'q» demay, to'liq javob olish kerak. 
4)Suhbatni haddan tashqari cho'zib yubormaslik kerak. 
Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, 
qiziqishlari va odamlar bilan bo'lgan munosabatlarni o'rganish mumkin. 
Bolalar psixologiyasida so'nggi yillarda test metodi qo'llanila boshlandi. Test 
so'zi inglizcha bo'lib, o'lchash degan ma'noni bildiradi. Test metodi orqali 
bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik jarayonlarining 

Document Outline

  • I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari
  • Anketa metodining ijobiy tomoni:

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling