Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat metodi
Laboratoriya (klinika) metodi ko`pincha individual (goxo guruhiy) shaklda
sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asbob-uskunalar, yo`l-yo`riqlar, tavsiyalar, ko`rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni aniqlaydigan detektorlar, elektron va radio o`lchagichlar, sekundomer, refleksometr, anomaloskop, taxistaskop, audometr, esteziometr, elektrotiogramma, elektroense-falogramma kabilardan ham foydalaniladi. Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitida maxsus psixologik asboblar yordamida o`tkazishlarida va sinaluvchining hatti - harakatlari yo`l-yo`riqqa binoan sodir bo`lishi bilangina emas, balki Suhbat metodi Salbiy jihati tadqiqotchi tergovchiga aylanadi Ijobiy jihati samimiyligi, erkinligi Eksperimentda aniqlab bo’lmaydigan jarayonlar haqida ma’lumot beradi Tadqiqotchini ta’siri bo’lishi mumkin. sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilinganayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o`ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilingan mumkin. Biografiya (tarjimai hol) metodi inson psixikasidagi ayrim o`zgarishlarni to`liqroq o`rganish maqsadida qo`llaniladi. Bunda avtobiografik ma’lumotlar, xarakteristikalar, xatlar (boshqa shaxs bilan yozishmalar), esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalash, nazorat qilingan, idora etish, o`zining uslubini yaratish, kamolot cho`qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o`taydi. Biografik ma’lumotlarda shaxsning havasi-qiziqishi, qobiliyati, orzu – o`ylari, uning shaxs sifatida shakllanishidagi yetakchi faktorlar bayon qilingan bo`ladiki, bular uning shaxsiyati va individuallligini bilishga imkon beradi. Eksperi ment Laboratoriya tajribasi Tabiiy tajriba Maxsus asboblarda Maxsus xonada Maxsus sharoitda Tekshiruvchi tekshiriluvchi o`rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqot Makarenko jamoaning shakllani Shini O`rgangan Anketa metodi. Shaxsga xos bo`lgan individual sifatlar-qiziqish, qobiliyat, talant. Xarakter kabilar anketa yordamida ham o`rganiladi. Bunda o`rganuvchi o`rganilishi lozim bo`lgan individual sifatga oid bir qancha savollar tuzadi. Bu o`rganiluvchiga yetkaziladi va uning bu savollarga javob qaytarish muddatini belgilaydi. O`rganiluvchining belgilangan muddatda qaytargan javoblarini tahlil qilib, ma’lum xulosalarga keladi. Anketa metodining afzalligi shundaki, u individual va guruhda o`tkazilishi mumkin. Anketa odatda uch xil tuziladi. Birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xili anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling