Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo`lishning ob’ektiv
usullaridan biri - eksperiment metodidir. U murakkab
xarakterdagi psixik
xodisalarni o`rganish uchun qo`llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki,
tadqiqotchi bu metod yordamida o`rganayotgan psixik xodisani o`zi istagan vaqtda
vujudga keltiradi va uni maxsus asboblar yordamida alohida xonada o`rganadi.
Kuzatishdan farqi, eksperiment o`tkazuvchi sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi,
sun’iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu
metod inson psixikasini chuqur, aniq
tadqiq qilinganda eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy
tushunchalarning shakllanishi,
favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni
hal
qilingan jarayonlari, shaxsning his-tuyg`ulari, xarakteri va tipologik
xususiyatlari o`rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog`lanishlari,
munosabatlari,
qonuniyatlari, qonunlari,
xossalari, murakkab mexanizmlari
tekshiriladi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi:
tabiiy eksperiment va
laboratoriya eksperimenti.
Tabiiy eksperiment pedagogik-psixologik
masalalarni
hal qilinganda qo`llaniladi. (Sinfda sun’iy, odatdagidan boshqacha vaziyat va muhit
yaratib kuzatish). Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda Aleksey Fedorovich
Lazurskiy (1874-1917) ishlab chiqqan. Tabiiy
sharoitda inson psixikasini
o`rganishda sinaluvchilarning o`zlari bexabar bo`lishi, kundalik mehnat tarzi
doirasida amalga oshirilishi, mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: