Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana30.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1405163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya eksperimenti 
turlariga bo’linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni 
tushuntirib berishga ham imkon beradi.
Kuzatishdan farqli o’laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining sinalayotgan 
faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt 
aniq namoyon bo’lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo’nalish bo’yicha 
o’zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga 
imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya 
sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o’tkazishlarida va 
sinaluvchining xatti-harakatalari yo’l-yo’riqqa binoan sodir bo’lishi bilangina emas, 
balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan kishi 
eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, qonkret nimani va nima maqsadda 
tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. 
Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va 
boshqalarning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda 
laboratoriya eksperimentini ko’pincha shunday tarzda o’tkazishadiki, unda odam 
odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo’lgan faoliyatning ba’zi psixologik 
jihatlari modellashtirilib qo’yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy 
zo’riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori 
uchuvchi bo’lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak 


darajadagi uyg’unlikni taqazo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi 
ko’rsatkichlarga munosabat bildirishi va hokazolar belgilab qo’yilgan bo’lishi 
mumkin. 
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 – yilda A.F. Lazurskiy taklif etgan) 
mo’ljallanganiga ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil 
bo’ladigan zo’riqishga yo’l qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga 
(dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko’chirishi lozim. 
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab 
qolish to’g’risidagi ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga 
misol bo’la oladi. O’quvchilardan bir guruhi o’rganilishi lozim bo’lgan material 
bilan tanishtiriladi va ushbu material yuzasidan ertasiga so’ralishini aytadi. Boshqa 
bir guruhda esa o’quv materiali xuddi shunday tarzda o’tilib bo’lgach, o’quvchilarga 
o’tilgan dars bir haftadan so’ng so’ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda 
ham o’quvchilardan ikki haftadan keyin so’ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment 
jarayonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo’ljallangan yo’l- 
yo’riqning afzalliklari aniqlanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment 
psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida 
o’quvchilarning 
bilish 
imkoniyatlarini 
o’rganishda, 
o’quvchi 
shaxsini 
shakllantirishning qonkret yo’llarini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. 
Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, 
shakllantiruvchi, 
nazorat 
eksperimentlari. 
Aniqlovchi 
eksperimentda
sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, 
boladagi xotiraning rivojlanish darajasi “Meyli” testi yordamida aniqlanishi 
mumkin. SHakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan 
orqada bo’lsa, uni rivojlantirish bo’yicha maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladi. 
Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi. 
Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun 
diagnostik metod yana bir marta takroran o’tkaziladi.”Meyli” testi yana bir bora
o’tkazilib, maxsus matematik- statistik metodlar yordamida 
shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi. 
Anketa. Savollar yordamida psixologik axborot to’plashning metodik usulidir. 
Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog’langan bo’lib, tadqiqotning maqsadiga 
mos keladi. Anketa yordamida o’qituvchi o’quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash 
uchun material to’playdi. 
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funktsiyasi, shakli 
bo’yicha turli xil bo’lishi mumkin.
Mazmun bo’yicha anketa: 
1.Faktlar (“Sening bo’sh vaqtingdagi mashg’uloting”, “Uy joy sharoitingni 
ta’rifla”) ; 
2.Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini (“O’quv- ishlab chiqarish 
korxonasida ish formasi boshqacha bo’lishi kerak deb hisoblaysanmi?”, “Ko’pchilik 
bolalar o’z imkoniyatlarini to’liq ishga solmay o’qishlarining sababi nimada deb 
o’ylaysan?”). 
3.O’quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin


(“Oliy o’quv yurtiga kirasanmi?”, “Yozgi oromgohga borasanmi?”). 
Savollar bajaradigan funktsiyasiga ko’ra anketa o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
a)Filьtrlovchi-savollar. M.: agar o’qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar 
qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening yoqtiradigan 
predmeting?”. Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo’lgan o’quvchilargina javob 
beradilar. 
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funktsiyasi – 
ma’lumotning to’g’riligini tekshirish. 
SHakli bo’yicha anketalar: 
a) Ochiq – bunda to’g’ri savollar o’z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin. 
b) Yopiq – bunda savollarga tayyor javob berilgan bo’lib, o’quvchi ulardan birini 
tanlashi lozim. 
Anketa savollariga quyidagi talablar qo’yiladi: 
1.Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo’lishi lozim. 
2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, 
nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi 
lozim. 
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1) ommaviy o’rganish imkoniyati; 
2) informatsiya to’plash tezligi; 
3)ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish 
imkoniyati; 
4) og’zaki formada javob olish qiyin bo’lgan savollarga javob 
olish imkoni; 
5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni; 
6)natijalarni qayd etishning qulay usuli. 
SHuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining barcha 
sohalarini to’la o’rganish imkonini bermaydi, o’quvchilar turlicha javob berganlari 
tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning 
ob’ektivligi yuqori emas, chunki o’quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari 
mumkin. 
Quyida 
kichik 
maktab 
yoshidagi 
o’quvchilarning 
kommunikativ 
(muloqatchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo’ljallangan anketa tavsiya 
qilinadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling