Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana30.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1405163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida o’quvchilar psixik 
xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo’lib, o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’ygan 
savol asosida o’zi uchun kerakli bo’lgan informatsiyani olish imkoniga ega. 
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati 
motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari 
va unga bo’lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. 
Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim. 
1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo’lishi kerak. 
2. Suhbat boshida o’quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. 
3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. 


4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi 
kerak. 
Suhbat metodining ijobiy tomoni – o’quvchi bilan bevosita muloqatda bo’lish, 
uning reaktsiyalarini hisobga olish imkoni, qo’shimcha, to’ldiruvchi savollar 
berilishi mumkinligidir. SHuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz ob’ektiv 
fakt emas, balki kishining sub’ektiv fikrini olamiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. O’quvchilar yozgan inshoga qarab, 
o’qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so’z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli 
tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan 
yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab o’quvchining individual 
psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to’plash 
mumkin. 
Diagnostik metodlar: Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini 
shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o’rganish asosida sifat va miqdor 
jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega. 
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.
Test metodi  yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson 
holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari – o’z-
o’zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi 
o’rganiladi. 
Test inglizcha (test) so’z bo’lib, sinab ko’rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. 
Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo’lib, uning natijasida 
standartlashtirilgan o’lchov o’tkaziladi. Test asosan individlar o’rtasidagi farqlarni 
yoki turli sharoitlarda ular ko’rsatadigan reaktsiyalar o’rtasidagi farqlarni o’rganish 
uchun mo’ljallangan.
Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik 
xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo’lish darajasini o’rganish uchun 
ham qo’llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari asosida 
differentsiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni 
o’tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o’tkazilishi 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling