Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими
Бундан таш=ари – а –т , -э т, -у м, -
Download 1.75 Mb.
|
Tarixiy grammatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Turkiy xalqlar tilining qarindoshlik masalasi.
Бундан таш=ари – а –т , -э т, -у м, -v м, -э гэч, - чан, -ча=, -да=, -ру=, -ру\, -мур, -мач -ма= -шы qo’shimchalari ham fe'ldan ot yasovchi qo’shimchalardir. Eski o’zbek tilidagi ot so’z turkmining hozirgi o’zbek adabiy tilidagi ot. So’z turkumidan farqi.
Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi ot yasovchi qo’shimchalar eski o’zbek tilidagi ot yasovchi qo’shimchalardan miqdoran ortiq. Eski o’zbek tilida hozirgi o’zbek tilida bo’lmagan qo’shimchalar uchraydi. Masalan: -\u -gv. Eski o’zbek tilida murakkab qo’shimchalar bo’lmagan. Eski o’zbek tilida vosita kelishigi hozirgi o’zbek adabiy tilida mavjud emas. Eski o’zbek tilida bir qo’shimcha turli variantlarda ishlatilgan. Bunga sabab, asosan, qo’shimchani qabul qilgan so’zning fonetik qurilishi edi. Chunki eski o’zbek tillida so’zlar qattiq va yumshoq o’zakli so’zlarga ajratilgan va bu singarmanizm hodisasini keltirib chiqargan. Bugungi kunda so’zlar bunday guruhlarga ajratilmaydi, chunki arab tilidan o’zlashgan so’zlar ta'sirida singarmanizm hodisasi o’zbek tilida yiqola borgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. /. Abdurashmonov, Sh.Shukurov. "O’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti" . 2. B.O’rinboev, U.Tursunov "O’zbek adabiy tili tarixi". 3. B.To’ychiboev; "O’zbek tilining taraqqiyoti bosqichlari". 4. "O’zbek tili darsligi" 6-7-sinf. Mavzu: Turkiy xalqlar tilining qarindoshlik masalasi. R E J A Turkiy tillarning tashkil topish va rivojlanishi. Turkiy tillarning shakllanishida boshka sistemadagi tillar ishtiroki. Turkiy tillarning qarindoshlik masalasi, ularning farqli tomonlari. Qadimiy turkiy til davri uchun barcha turkiy urug' va qabilalarning umumiy tili sifatida VII–XII asrlarni o'z ichiga olgan turkiy til o'zining kelib chiqishi va rivojlanishi jixatidan oltoy va til davrlar bilan uzviy ravishda bog'langan. Bu davr tili xaqida. B. YA. Vladimirsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi…… mug'il tili turk va tungus tillari bilan birga o'zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo'lganki, uni shartli ravishda oltoy tili deb atash mumkin, Oltoy tili xozirgi ma'lum emas, ammo oltoy tillari mavjud, ya'ni oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan Mug'ul, Turk, Tungus tillari ma'lum. Bu davr Turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qidimgi bosqichi bo'lib, fonda u oltoy tili birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda xali Turkiy tillar Mug'ul tillaridan, Mug'ul tillari esa o'z navbatida, Tungus Man'jur lar tillaridan ajralib chiqqan emas edi. Ular bir til birligi sifatida qo'llanar edi. Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo'lganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi – xususiyatlar esa hozirgi mug'ul, turkiy va tungus, Man'jur tillarida saqlangan. (A.Muxtorov, U.Sanaqulov «o'zbek adabiy tili tarixi» Toshkent, 1995, 26–27– betlar) Oltoy davrining xarakteri va ularning tili haqida aniq ma'lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo'q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari qadimgi o'lik tillardan eng qadimgi belgilar bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy qiyosiy darajada qiyosiy o'rganish orqali taxminiy ravshda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot jarayonida tillarning qo'shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining oxirlarida bu tillar tabaqalandi va ikkita katta til guruxlariga bo'linadi, ya'ni Tungus–Man'jur va Turk Mug'ul tillari bilan ajralib chiqqan. O'z navbatida ijtimoiy–siyosiy munosabatlarning o'sishi, ajralib chiqishi, farqlanish jarayoni davom etish asosida bu tillarning har qaysisi asta–sekin o'ziga xos seksik, fonetik va grammatik xususiyatlarga ega bo'lib bordi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida Turg, Mug'ul til birligidan Turk tillari va Mug'ul tillari ajralib chiqadi. Turkiy tillarning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyotning ikkinchi bosqichi xun davri hisoblanadi. Bu davrda markaziy osiyodan sharqiy yevropagacha bo'lgan katta xududda qudratli xun imperiyasi tuziladi. Bu imperiya juda ko'p Turk–Man'jur va boshqa qabilalarni birlashtiradi. Xun davrida turlicha Turk, Mug'ul, Tunus, Man'jur qabilalari tillarining o'zaro bir biriga ta'sir qilish, qo'shilib, chatishib ketish va qayta tashkil topish jarayonida o'sha vaqtda markaziy va o'rta osiyoda ham sharqiy yevropada yashagan qadimgi Eroniy, Xitoy, Sankrit va Slavyan qabilalarning ishtiroki xam bo'lgan. Turkiy tillar taraqqiyotning 3–bosqichi qadimgi turkiy bosqich hisoblanadi (VII–XII asrlar). Bu bosqich o'z navbatida 2 davrga bo'linadi. Qadimgi Turkiy til davri. Eski Turkiy til davri. (A.Muxtorov, U.Sanaqulov «o'zbek adabiy tili tarixi», Toshkent. 1995 yil. 28 – 29 betlar). Jaxonda xech til yo'qki, uning lugati faqat o'z so'zlaridan tashkil topgan bo'lsin. Boshqa tillardan olingan so'zlar o'sha tilda yo o'z shaklini qanday bo'lsa shundayligicha saqlaydi yoki uning tabiati, grammatik qurilishi, so'z yasalishi imlo va talaffuz qoidalarida uyg'unlashadi. Ayrim o'zlashgan so'zlar tilga shu darajada singib ketadiki, uning qaysi tildan kirib o'zlashganini aniqlash juda qiyin, masalan: o'zbek tilidagi lab, navkar, gul, moti, imlo, f'yel, sinf, idora, dars, shisha, astoydil kabi, bulardan lab so'zi asli Hind – Yevropa tillariga xos bo'lib, biz uni tojik tilidan o'zlashgan deb yuritib kelmoqdamiz. Navkar so'zi barcha lug'atlarda tojikcha deb izoxlangan, Navkar so'zi Mug'ul – tilining qadimgi so'zlaridan bo'lib, «askar xizmatkor, mulozim, kuyov jo'ralari» singari ma'nolarda qo'llanadi. Qiyoslaymiz, kuyovnavkar < kuyov ( navkar – kuyovni kelinning uyiga kuzatib boruvchi kuyov jo'ralari: poliz dala begi emas, dala navkar (Oybek). V.Radlov navkar so'zini chig'atoy tilida o'rtoq, xizmatchi, soldat, amaldor ma'nolarini bildirgan deb izoxlaydi. (RDI., III, 695). Gul so'zi Tojikcha – Forscha bo'lib, uning Turkchasi chechakdir. Shoti so'zi o'zbek tiliga Uyg'ur tili orqali Xitoy tilidan o'tib, Farg'ona vodiysidagi hamma shevalarda ishlatiladi. Imlo, fe'l, sinf, idora, dars so'zlari arabchadan kirgan shisha va astoydil so'zlari Tojik – Fors tillaridan o'zlashgan. Javon – shikaf, komot – javon ( O'zlashgan so'zlar tilda tovush va ma'no jixatdan o'zgartirib qo'llanishi mumkin. Masalan, sarjin – uzunlik o'lchovi ruscha sajen' (2–2,5 metrga teng); patnus–ruscha podnos; darmon o'zbek tilida asosan quvvat ma'nosida ishlatiladi. Tojikcha – dori va ko'chma ma'noda; bedov (bedov ot)–arabcha badaviy. Axmar kishi ismi, arabcha Bariyya–cho'l, saxro, biyobon va sh.k. (A.Aliyev, K.Sodiqov «o'zbek adabiy tili tarixi»dan. Toshkent. 1994 yil 18–20 betlar). Turkiy tillar o'rtasida qarindoshlik, yaqinlik sintaktik qurilmalarning birligida, so'z o'zgartiruvchi, so'z yasovchi, shakl yasovchi affikslarning o'xshashligida, tovush tuzilishi va lug'at boyligida barqaror, zaruriy tushunchalarni bildiradigan so'zlarning umumiyligida yaqqol ko'rinadi. Ana shu umumiy belgilarga to'g'ri kelmaydigan fonetik, leksik va qisman grammatik farqlar til tarixi taraqqiyotining so'nggi davrlarida paydo bo'lgan hususiyatdir. Xozirgi turkiy tillarning o'ziga xos hususiyatlari ularning mustaqil tillar sifatida taraqqiy etishdan dalolat beradi. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko'rishimiz mumkin.
O'zbek tili Turkiy guruxlarga kiruvchi tillardan biri hisoblanib, undagi fonetik, morfologik, sintaktik, leksik o'xshashliklar Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi uyg'ur, qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, Turkman xalqlarining tillarida ko'proq uchraydi. Bu o'zbek xalqining til jixatidan yuqoridagi xalqlar bilan uzoq vaqtlardan buyon ijtimoiy munosabatlarda bo'lganligining natijasidir. Shuning uchun xam ma'lum o'ziga hoslikni hisoblamaganda O'zbek, Qozoq, Qirg'iz, Uyg'ur, Qoraqalpoqlar bir – birlarini qiynalmasdan tushina oladilar. Ularning yashash sharoitlari, urf–odatlari va diniy e'tiqodlarida ham mushtaraklik bor. Masalan, to'ylarida, bayramlarida, turli xil marosimlarida va hakozo. Agar biz ёqut, tuva, xakas tillarini oladigan bo'lsak, bularda o'zbek tili bilan mushtaraklik bo'lsa ham, lekin uzoq vaqtlardan beri ijtimoiy aloqaning bo'lmaganligi (ruslar bilan bo'lgani) yashash sharoitlarining, tirikligining xar xilligi tufayli til xususiyatlarida farqlar ko'p. Birgina leksikani olsak, masalan, ёqut tilida chorvachilik bo'yicha kiyik, los tarmoqlari rivojlangan, paxtachilik, polizchilik, poliz ekinlariga oid so'z va atamalar yo'q. O'zbek tilida esa bu sohaga xos so'zlar juda ko'p. Bunday o'xshashlik va farqlarni Volgabo'yi, Kavkaz, Sibir va boshqa hududlarda yashaydigan Turkiy xalqlarning tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillar o'rtasidagi o'xshash va farqli xususiyatlar fonetika, morfologiya emas, balki leksikada ham yaqqol ko'rinadi. Masalan, o'zbek tilida bashoq–mashoq; qozoq–qoraqalpoq tillarida masak; turkman tilida summul (ar sunbula); ёqut tilida kuolak (rus kolos) va sh.k. Turkiy tili xalqlar miqdor jixatdan dunyoda katta o'rin tutadi. Ular: mustaqil davlatlarga ega bo'lgan turkiy xalqlar: . Turk . O'zbek . Qozoq . Turkman . Ozarbayjon . Qirg'iz 11. Muxtor Jumhuriyatlaridan Turkiy xalqlar 7) Qoraqalpoq, 8) Tatar, 9) Boshqird, 10) Tuva, 11) Chuvash, 12) Ёqut. (o'sha kitob, 45-46 betlar) III Muxtor viloyatlaridagi Turkiy xalqlar 13) Oltoy 14) Hakas IV. Ko'p millatli jumhuriyatlar va muxtor jumhuriyatlarda yashovchi turkiy xalqlar: 15) gagauz (Moldova): 16) Qorachoy–Bolkor (Kabardin bolkov muxtor jumhuriyat va Qorachoy–Cherkas muxtor viloyati): 17) Qrim–Tatar (Krim, O'zbekiston va Qozlg'iston): 18) Kumik (Dogiston muxtor jumhuriyat) 19) Kugoy (Rossiya) 20) Uyg'ur (Sharqiy turkiston, Qozog'iston va O'zbekiston xam yashaydi). Turkiy tilda so'zlashuvchi yana shunday elatlar mavjud, ularning ona tili asosan maishiy hayotda foydalaniladi, ijtimoiy vazifasi juda chegaralangan. Ular o'zlarini rasmiy yozuvlariga ega emas. Zururat tug'ilganda, eski alifbodan foydalanadilar. Bunda kapashli mor, chulim tillari kiradi. Ushbu tillar buyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Turkiy tillarni boshqa oylalaridan farqli xususiyatlaridan biri leksik tirkibining bir–biriga juda yaqinligi va gramatik qurilishning o'xshashligidir. Shuning uchun Chuvash va Ёqutlardan boshqa hamma Turki xalq vakillari o'z ona tillarida gaplashganlarida bir–birini muayyan darajada tushuna oladi. Masalan: biz O'zbeklar Qirg'izlarning, Qoraqalpoqning Qozoqdarning tiliga tushunamiz. Chunkiy ularning tili bizning tulimizga jada yaqin, o'xshash. Ular bir–birini toqozo etadi, nafaqat bizning dillarimiz, ko'ngillarimiz ham bir–biriga juda yaqin. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling