Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими
Mavzu: Eski O‘zbek tilida yordamchi so‘z turkumlari
Download 1.75 Mb.
|
Tarixiy grammatika
Mavzu: Eski O‘zbek tilida yordamchi so‘z turkumlari.
Reja:
Asosiy qism 1. Eski o‘zbek tilida yordamchi so‘z turkumlari. 2. Ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Eski o‘zbek tilida bog‘lovchi. 4. Yuklamalarning o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Undov va taqlid so‘zlar. X U L O S A. Eski o‘zbek tilidagi yordamchi so‘z turkumlarining hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi yordamchi so‘z turkumlaridagi farqi. Eski o‘zbek tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida uning morfologik qurilishida ham ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi: yangi-yangi grammatik formalar vujudga keldi, natijada qadimdan aktiv iste’molda bo‘lib kelgan formalarining bir gruppasi o‘zining mavqesini yo‘qrota bordi, ayrimlari esa ma’lum davrlarga kelib iste’moldan chiqib qoldi: parallel ravishda qo‘llanib kelayotgan fuktsiyadosh gramatik formalar vazifasi jihatdan differentsiyalashib bordi, tartibga tushib bordi: ayrim grammatik formalar shaklan o‘zgarib, takomillasha bordi va hokazo (bu xildagi o‘zgarishlar o‘z o‘rnida bayon qilinadi). KO‘MAKCHILAR Turkiy tillarda ko‘makchilar mustaqil so‘z turkumlaridan rivojlangan. Lekin mustaqil so‘zlarning ko‘makchilar turkumiga o‘tishi uzoq davrlar davomida yuz beradi. Bunday so‘zlar dastlab o‘z ma’nosida qo‘llanishi bilan birga, urni bilan ko‘makchi funktsiyasini ham bajara beradi. Davrlar o‘tishi bilan ular o‘zining mustaqil leksik ma’nosini yo‘qotib, ko‘makchilar turkumiga kiradi va o‘tadi. Hozirgi turkiy tillarda mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning mustaqil so‘z turkumlaridan ajrab chiqishi nisbatan keyingi davrlarda yuz bergan. By hol yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada aks etgan. MASALAN: o‘rxun-enasoy yodgorliklari tilida ko‘makchilar juda kam sonni tashkil etadi. 12-13 asrlardan boshlab turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida ham ko‘makchilar gruppasi yanada ko‘paya borgan. Eski o‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan ko‘makchilar dastavval ikki gruppaga bo‘linadi: 1. Sof ko‘makchilar 2. Funktsional ko‘makchilar Sof ko‘makchilar. - Sof ko‘makchilarni mustaqil so‘z turkumidan chiqqan, mustaqil qo‘llanishi va leksik ma’nosini yo‘qotgan so‘zlar tashkil etadi. Sof ko‘makchilar turli kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. Eski o‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan sof ko‘makchilardan ko‘rchatish mumkin. Uchun ko‘makchisi odatda bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. Kishilik ko‘rsatish olmoshlari esa asosan qaratqich kelishigida keladi: menim uchun (Rabg 436) aniin yuyh (NAV,MK 168) biznin uchun (BN, 332 b), munun uchun (TAF, 31 b) Uchun ko‘makchisi quyidagi ma’nolarni ifodalaydi. a) atalganlikni bildiradi. СЭН ЛОТ yuyh конук истэмэкни каыдун (Рабг 38 б) "Бу хикайат эл yuyhдур бариы (ШН 80) b) sababni bildiradi. МАС: Ачлйкда хэч нарса бугдайдин карэкрэк йок учун бугдай бэрэлим тэдилэр (РБГ, 65 а) Райи рангида хумрат бар учун бу тахаллуснй ихтийар šилибтур (Нав, МН 133). v) maqsadni bildiradi. МАС: Мусанй ойнагу учун уйэгун кэми ускунгэ кэлдилэр (Таф, 11 а) илм тахеили учун шахарга кэлибдур (Нав, МН, ЮН). birle (birlen) (bile) (bilen) ko‘makchisi, bu ko‘makchi dastlab birle formasida qo‘llangan bo‘lib, qolgan formalari keyinchalik vujudga kelgan. 15 asr va undan keyingi davrda asosan she’riy asarlarda bu ko‘makchi ile (kuydi) formasida ham ancha keng qo‘llangan. Jan xasrat ile kuydi (Dutar 189 b). 19 asrga oid she’riy asarlarda by ko‘makchi la formasida ham qo‘llangan. MAC: Адл кулагы-ла эшит халымы (Мук, 37). Bile ko‘makchisi odatda bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. Kelishik, ko‘rsatish olmoshlari bilan qo‘llanganda esa bu olmoshlar qaratqich kelishigida keladi: Мэним бирлэ (Таф 18 б) Бирлэ ko‘makchisi quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi. a) Birgalikni bildiradi, masalan: besh, yuz, yer, birle atlanur boldi (Rabg 83 a) Shagirdlardi bile gashticha ba-rib,.. (Nav, MN, 119) Birle ko‘makchisi birgalik ma’nosida qo‘llanganda ba’zan teng bog‘lovchiga o‘xshaydi, lekin bunday o‘rinlarda ham birgalik ma’nosi ustun turadi. Masalan: Чиђатай бирлэ азбекни алур тараж-у йагмасы (Отайи, 65 б) b) vositani bildiradi. Masalan: Карабатларны камчы бирлэ, йагач бирлэ уру олтурду (Рабг., 75 б) v) holat, sabab kabi ma’nolarni bildiradi ya’ni, ish harakatining qanday holatda yoki nima asosida yuzaga kelishi ko‘rsatiladi. Masalan: Йэтмиш йыл болды Нэъмат бирлэ (йурушурлэр БН, 160) умр кэчурдум (Рабг., 78 а). g) Harakatning nima bo‘yicha yo‘nalishini ko‘rsatadi. Masalan: Назлар сув улђайеа шибарту коталыдын ашыб, бамийан ва сайкан билэ ёурурлэр, кышлар абдара билэ йурушурлэр (БН, 160). d) paytni bildiradi. Bunda birle ko‘makchisi payt ma’nosidagi so‘zlar bilan keladi. Masalan: бир манзилга тунлэ бирлэ йэттилэр (ТАФ., 132 б) Киби кэби (______________________) Ko‘makchisining qo‘llanishi 13-14 asrlardan boshlab kuzatiladi. Bu ko‘makchi odatda bosh kelishikdagi so‘zlar bilan keladi va qo‘llanadi. Kishilik ko‘rsatkich olmoshlari esa qaratqich kelishigida ham keladi. Qiyoslang men kibi (Lutf, 184 a) Bu ko‘makchi o‘xshatish qiyoslash kabi ma’nolarni bildiradi. Masalan: Он тортини толун ай кэби белгай (Таф, 56 б) Bikin-ko‘makchisi asosan 14-15 asrlarga oid yodgorliklarda (asosan she’riy asarlarda) qo‘llangan bo‘lib, odatda bosh kelishikdagi so‘zlar bilan keladi. Ko‘rsatish olmoshlari esa qaratqich kelishigida keladi. munun, bikin (sakk. 20 a). Bu ko‘makchi ma’no jihatdan kibi kebi ko‘makchisiga o‘xshaydi, ya’ni o‘xshatish, qieslash ma’nolarini bildiradi. Masalan: Йаратты аи бикин зэба сэни хак (МН, 307 б). Yanlig (yanlig) ko‘makchisi bosh kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadi. Uning qo‘llanishi 13-14 asrlardan boshlab kuzatilgan va asosan she’riy asarlarda uchraydi. Bu ko‘makchi ham o‘xshatish, qiyoslash kabi ma’nolarni bildiradi. Masalan: куйаш танлаг жамалы алым арай (МН, 302 б). Uzre ko‘makchisi (ba’zan uze formasida ham qullanadi). ikki qismdan iborat: "yuza" ma’nosidagi o‘z so‘ziga jo‘nalish kelishigi affiksi -rz qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan. Bu ko‘makchi 15 asrgacha prozaik asarlarda ham she’riy asarlarda ham qo‘llangan bo‘lib, 15 asrdan boshlab asosan she’riy asarlarda uchraydi. Bu ko‘makchi bilan bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. 13-14 asrlarga oid ayrim yodgorliklarda, asosan "Tafsir"da bu ko‘makchi bilan qo‘llangan kishilik olmoshlari qaratqich kelishigida ham keladi. Masalan: мэнин увэ (Таф. 9 б). Uzre (uze) ko‘makchisi asosan quyidagi ma’nolarni ifodalaydi. a) ish-harakatning biror narsa predmet uetida, yuzasida bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan: Машкни сарайда булдылар, тахт узэ олтурур (Рабг, 42 б). b) ish-harakatning biror narsa - predmet yuzasi bo‘yicha sodir bo‘lishini yoki shu narsa predmetga qaratishini ko‘rsatadi. Masalan: Ит йатды башины келы узэ урды (Таф, 9 а). Ichre ko‘makchini ich so‘ziga jo‘nalish kelishigi affiksi re qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan. Ichee bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. Bu ko‘makchi 15 asrdan boshlab she’riy asarlarda qo‘llangan oldingi davrlarda esa prozaik asarlarda ham uchraydi. Ichre ko‘makchisi asosan quyidagi ma’nolarni ifodalaydi. a) Ish-harakatning biror narsa predmet ichida sodir bo‘lishini ko‘rsatadi, ya’ni "ichida" "o‘rtasida" kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Учтмах ичрэ нурдын тахт узэ агдарур (Рабг, 7а). b) ichre ko‘makchisi ba’zan ish-harakatning narsa predmet ichiga yo‘nalishini ko‘rsatadi, ya’ni "ichiga" ma’nosida qo‘llanadi. Masalan: Ширин лабы кэ жан йраеыга намак солур жандур йа жани жан кэ конул ичрэ шак солур (отолти, 17а) Iri ko‘makchieining yozma manbalarda aks etishi 13-14 asrlardan boshlab kuzatiladi uning aktiv qo‘llanishi esa 15 asrdan boshlangan. Sari odatda bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. Ba’zan esa qaratqich kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanishi ham uchraydi. Masalan: Мэнин сары (отайи 43 а) Eski o‘zbek tilida sari so‘zi ko‘makchi funktsiyasida keng qo‘llansa ham, o‘zining leksik ma’nosini butunlay yo‘qotgan emas: sari ayrim o‘rinlarda kelishik qo‘shimchalari, ko‘plik ko‘rsatkich, sifat yasovchi gi affiksi bilan ham qo‘llangan. Bunda u "tomon", "taraf" ma’nolarini ifodalaydi Masalan: Тан сарыга бардылар, тун сарыга бардылар (Ун, 59) Taba tabaru ko‘makchilari eski o‘zbek tilida ma’lum davrlargacha iste’molda bo‘lgan. Taba asosan 15 asrgacha qo‘llangan bulib, keyingi davrlarga oid ayrim yodgorliklarda ham ba’zan uchrab qoladi. Bu ko‘makchi bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadi. Kishilik olmoshlari esa bu ko‘makchi bilan qo‘llanganda qaratqich kelishigida bo‘ladi. Masalan: бизин таба (Таф, 26 а) Taba ko‘makchisi ish-harakatning yo‘nalishini ko‘rsatadi, Masalan: Бир кун бу оглон оз эви таба дарур эрди... (Таф, 29 а) Tabaru ko‘makchisi taba ko‘makchisiga jo‘nalish kelishigi affiksi -ru qushilish bilan hosil bo‘lgan. Tabaru ham oldingi davrlarga oid manbalarda mavjud bo‘lib kam uchraydi. Qo‘llanishi ma’nosi bo‘yicha taba ko‘makchisiga o‘xshaydi. Masalan: Муса табару нэлук барур-сэн? (Таф, 146 а) Kishilik, ko‘rsatish olmoshlari esa asosan kelishik ma’osini konkretlashtirishga xizmat qiladi yoki unga qo‘shimcha ma’no ottenkalari beradi, ba’zan esa kelishik funktsiyasini bajaradi. Tegi ko‘makchisi teg- (tegmoq, etmoq) fe’lining ravishdosh formasi bo‘lib, qadimgi yodgorliklar tilida ko‘makchi funktsiyasida aktiv iste’molda bo‘lgan. O‘zbek tilida bu ko‘makchining qo‘llanishi 15 asrgacha davom etgan. Tegi ko‘makchisi yo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanib, ish-harakatning payt yoki o‘rniga nisbatan chegarasini ko‘rsatadi. Mas: Yatmish, uzimish erdiimz bu kunge tegi (Taf, 96). Bu ko‘makchi tegin (degin) formasida ham qo‘llangan. Mas: Агар жавоб бэреэ кайарлар бир йэргэ тэгин (Таф, 133 б). Tegin (degin) ko‘makchiga ie qo‘shilib teginie deginie formasida ham qo‘llangan. Mas: Коккэ тэгиниэ йылдырайу туру эди (Таф, 68 а) TEGRU (degru) ko‘makchisi ham teg- (tegmoq, etmoq) fe’li asosida vujudga kelgan Teg (i) r+u+ tegru (degdru). Bu ko‘makchi 15 asrga qadar keng iste’molda bo‘lib, keyingi davrlarda kam qo‘llangan. Tegru (degru) ko‘makchisi ham jo‘nalishi ish-harakatdagi so‘z bilan qo‘llanib, ish-harakatning paytga yoki o‘rniga nisbatan chegarasini ko‘rsatadi. Mas: Аталмьш вактка тэгру иона чыкарур-миз излерни (Таф, 40 а). SAYI SAYIN ko‘makchisi eski o‘zbek tilida kam qo‘llangan bo‘lib, ayrim yodgorliklarda uchraydi. Eski o‘zbek tilida bu ko‘makchi asosan gan/ -gen/ -kan/ -ken affiksi sifatdosh bilan qo‘llanib, ish-harakatning davomiyligini ko‘rsatadi. Mas: Камугин Исма-илга дэрдулэр. Иыл сайу мундаг килурлар эрдилэр (Рабг, 31 б) FUnktsIONAL Ko‘MAKCHILAR Ayrim mustaqil so‘zlar qo‘llanish o‘rniga qarab ko‘makchi fuktsionalni ham bajaradi. Bunday so‘zlarning ko‘pchiligi ot turkumiga, ayrimlari ravish yoki fe’l turkumiga oid. Funktsional ko‘makchilar qaysi so‘z turkumiga aloqador bo‘lishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga bo‘linadi. 1. Ot-ko‘makchilar 2. Ravish ko‘makchilar 3. Fe’l ko‘makchilar OT Ko‘MAKCHilari Ot ko‘makchilari quyidagi umumiy belgilarga ega: egalik affiksini qabul qiladi va zamon-makon kelishiklarining ayrimlari faqat o‘rin-payt kelishigi formasida (babida, xakida kabilar) ba’zilari faqat chiqish kelishigi formasida (jixatidin kabi) keladi. Ot ko‘makchilarni ko‘pchiligi 3 shaxsga egalik affiksi bilan qo‘llanadi. Ayrimlari 1 va 2 shaxs egalik affikslari bilan ham keladi. (katilga, katinda, kashimda, kashinga). Ot ko‘makchilar kelishik ma’noeini konkretlashtiradi. Eski o‘zbek tilida asosan quyidagi ot-ko‘makchilar iste’molda bo‘lgan. Ald, ian, kat, kash, on so‘zlari ko‘makchi funktsiyasida qo‘llanganda, ma’no jihatdan bir-biriga yaqin turadi. 1. Ald so‘zining ko‘makchi funktsiyasida qo‘llanishi asosan 15 asrdan boshlab kuzatiladi: алдыда// алдыда - Валэ ишбулур киши а л д ы д а равшан ва.. (БН, 104) Алдыга - коп авны хан алдыга кэлтурдилэр (Ш,Тар 27) алдыдын - Хожанд дармасыдын бычратанын алдыдьш кэчиб,,. (БН 133) Ald ko‘makchisi funktsiyasida ba’zan aln, anl - formalarida ham uchraydi: Хар фитна кэ ангиз кыладур ул кара кашы // йалгуз мэни алнымга азалдын йизылыбтур (Лутф, 174 а). 2. Yan so‘zi ko‘makchi funktsiyasyada kam qo‘llangan bo‘lib, asosan o‘rin-payt kelishigida keladi. йаныда/7 йанында - Малик Иброхимга йанында орун бэрди (Таф 29 б). 3. Kat so‘zining ko‘makchisi funktsiyasida qo‘llanishi 13-15 aerlar uchun ancha xarakterli bo‘lib, keyingi davrlarda ayrim yodgorliklarda uchraydi катыда // катында - Сара такы Ибрахим катында олтурды (Рабг 29 б). катыга // катына- Андын Хадича катында олтурды (Рабг), кэлди (Таф 138 а) Foydalanilgan adabiyotlar 1. V.Abdurahmonov, A.Rustamov. «Qadimgi turkiy til». 2. A.Muxtorov, U.Sanaqulov. «O‘zbek adabiy tili tarixi». Toshkent, «O‘qituvchi», 1995 y. 3. U.Tursunov, B.O‘rinboev, A.Aliev. «O‘zbek adabiy tili tarixi». Toshkent, «O‘qituvchi», 1995 y. 4. A.Sodiqov, A.Abduazizov, M.Irisqulov. «Tilshunoslikka kirish». Toshkent, «O‘qituvchi», 1981 y. 5. «Turkiy filologiyaga kirish». Ma’ruzalar matni. N.Uluqov. Namangan, 2001 y. 6. Q.Mahmudov. «Eski o‘zbek tilining nomlanishi». «Adabiy meros». 1990 yil, 3-son. 7. M.Qoshg‘ariy. «Devonu lug‘otit turk». 8. Yusuf Xos Hojib. «Qutadgu bilig». Toshkent, «Kamalak», 1992 y. mavzu: Turkiy tillarning, xususan, o‘zbek tilining o‘rganilish tarixi. Reja: 1. Til oilalari va tillar tasnifi. 2. Turkiy tillar va ularning tasnifi. 3. O‘zbek tili tarixini davrlashtirish mezonlari. 4. Eski o‘zbek tilining nomlanishi. 5. Xulosa. Bizga ma’lumki, tilshunoslik fanining asosiy muaamolaridan biri, dunyo tilini o‘rganish va umumlashtirish asosida ularning tasnifini tuzishdan iboratdir. Tilshunoslarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo ahli 5621 til va dialektlar iositasida aloqa qiladi. Til ilmida bu tillar til oilalariga ajratiladi. O‘zaro o‘xshashligi, kelib-chiqish asosining umumiyligi bilan izohlanadigan til shahrbchais tillar oilasi deyiladi. Tillarning geneologik tasnifiga ko‘ra quyidagi til oilalari mavjud: 1. Hind-evropa tillari oilasi. 2. Xai-sai tillari oilasi. 3. Kavkaz tillari oilasi. 4. Ugor-fin tillari oilasi. 5. Tungus-manjur tillari oilasi. 6. Xitoy-tibet tillari oilasi. 7. Dravid tillari oilasi. 8. Malay-pashneziya tillari oilasi. 9. Avstraliya tillari oilasi. 10. Afrika tillari oilasi. 11. Paleosiyo tillari oilasi. 12. Eskimos tillari oilasi. 13. Shimoliy Amerika tillari oilasi. 14. Mo‘g‘ul tillari oilasi. 15. Turkiy tillar oilasi. Bu til oilalaridan eng katta bo‘lgan til oilasi turkiy tillar oilasini belgilashda boshqa qarashlar ham mavjud. Masalan, V.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning «Qadimgi turkiy til» kitobida o‘zbek tilini turkiy tillarga mansub bo‘lib, mo‘g‘ul, tungus-manjur, koreys va yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillar oilasini tashkil etishi haqida fikr yuritiladi. Oltoy tillarini ural tillari bilan qardosh deb hisoblovchilar ham bor. Turkiy tillarning ayrim tillar bilan qardoshligi masalasida boshqacha taxminlar ham mavjud. Lekin, ko‘pchilik oltoy nazariyasi tarafdoridir. Demak, oltoy tillar oilasining turkiy til guruhiga quyidagi 25 ta til kiradi: qozoq, turkman, uyg‘ur, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qorachoy, balqar, qumiq, no‘g‘oy, boshqird, tatar, chuvash, G‘arbiy Sibir’, tatar lahjalari, oltoy, shor, hakas, tuva, karagas, yoqut, gagauz, karaim, qrim-tatar, o‘zbek tillari. Turkiy xalqlar MDH da son jihatidan slavyan xalqlaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Va ular Turkiya, Sharqiy Turkiston, Evropa, Afrika, Avstraliya, Amerika kabi horijiy mamlakatlarda ham yashaydi. Oltoy nazariyasiga ko‘ra turkiy tillarning tarixi oltoy tillarini qadimda bir til bo‘lgan – oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tungus-manjur va turk-mo‘g‘ul tillariga; turk-mo‘g‘ul tili esa turk va mo‘g‘ul tilariga ajralgan. Shundan so‘ng, turkiy tillar tarixida xun davri (mil.avvalgi III-asrdan melodning IV-asrigacha) boshlanib, turkiy tillar ikki tarmoqqa – sharqiy xun va g‘arbiy xun tillariga bo‘linadi. Turkiy tillar tarixida xun davrining alohida ko‘rsatilishicha, o‘sha davrda Markaziy Osiyodan Sharqiy Evropagacha bo‘lgan hududni ishg‘ol qilgan xun xonligining vujudga kelib, keyinchalik uning ikkiga ajralishi asos qilib olinadi. So‘ngra, melodning beshinchi asridan o‘ninchi asrigacha bo‘lgan uzoq vaqtni o‘z ichiga olgan qadimgi turk davri keladi. Umumxalq o‘zbek tilining tarixi oltoy davridan boshlansa, o‘zbek adabiy tilining yozma yodgorliklari ma’lum bo‘lgan qadimgi turk davridan boshlanadi. Lekin bu davrning adabiy tili va obidalari barcha turkiy xalqlarga taalluqlidir. Turkiy tillarni birinchi marta Mahmud Qoshg‘ariy XI-asrda «Devonu lug‘otit turk» asarida tasnif qilgan. Uning tasnifi ikki tamoyilga tayanadi: 1) tilning sofligi tamoyiliga; 2) tilning fonetik-morfologik tamoyiliga. Bulardan fonetik-morfologik tamoyil etakchi hisoblanadi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy xalqlarning tillarini katta guruhga ajratadi: 1. Sharqiy turklar (hoqoniy turklar) tili 2. G‘arbiy turklar tili. Olim birinchi guruhga chigil, qarluq, uyg‘ur, tuxsi, yag‘mo tillari, ikkinchi guruhga o‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, tatar, suvor, yamak kabi xalq va qabilalarning tillarini kiritadi. Buning uchun u juda ko‘p joylarni kezib, ko‘p ma’lumotlar yig‘adi. Bu haqda shunday deb yozadi: «Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘moqlar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarni to‘pladim. Turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim». («Devonu lug‘otit turk», 44-bet). Turkiy tillarni o‘rganish va tasniflash asosan XIX-asrdan boshlanadi. XX-asrdan boshlab turkiy tillar tasnifiga V.V.Radlov, A.N.Samoylovich, S.E.Malov, N.A.Baskakov, V.A.Bogoroditskiy, F.E.Korsh va boshqalar qul urdilar. Tilshunoslikda professor G‘.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, turkiy va ularga yaqin tillarning uch xil tasnifi mavjud. I. Ural-Oltoy tillari oilasi: 1. fin-ugor tillari; 2. turkiy tillar; 3. mo‘g‘ul tili; 4. koreys tili; 5. yapon tili; 6. tungus-manjur tillari. Bu tasnifning asoslari: R.Rask, V.Shott, M.A.Kastren, O.Betlingk, V.Tomsen va boshqalar. II. Oltoy tillari oilasi: Bunga fin-ugor tillaridan boshqa yuqorida ko‘rsatilgan til guruhlari kiradi. Bu nazariya tarafdorlari: Yu.Nemit, R.Ramsted, E.D.Polivanov, V.Kotvich, V.Ryasyanen va boshqalar. III. Turkiy tillar oilasi. Bu nazariya tarafdorlari faqat turkiy tillarni bir oilaga kiritadilar. Hozir tilshunoslikda ko‘proq shu so‘nggi tasnif e’tiborga olinmoqda. V.A.Bogorodtskiy turkiy tillarni quyidagicha tasnif qiladi: 1. Shimoliy-sharqiy guruh: yoqut, karagas, tuva tillari. 2. Xakas guruhi: xakas tili. 3. Oltoy guruhi: oltoy (shor) tili, o‘z shevalari bilan. 4. G‘arbiy Sibir’ guruhi: cho‘lim, ishim, tyumen’ tatarlari tili. 5. Volga bo‘yi va Ural guruhi: tatar va boshqird tili. 6. O‘rta Osiyo guruhi: o‘yg‘ur, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq tillari. 7. Janubi-g‘arbiy guruh: turkman, ozarbayjon, qumiq, gagauz, turk, chuvash tillari. Bu tasnifda turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlarning jug‘rofiy joylashuvi va fonetik xususiyatlari hisobga olingan, lekin turkiy xalqlar va ularning tarixiy taraqqiyoti etarli hisobga olinmagan. V.V.Radlov esa turkiy tillarni quyidagicha tasnif qiladi: 1. Sharqiy turkiy tillar: oltoy, barabin, cho‘lim, tatar, karagas, rabin, shor, tuva tillari. 2. G‘arbiy turkiy tillar: qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar, qoraqalpoq tillari. 3. O‘rta Osiyo guruhi: uyg‘ur, o‘zbek tillari. 4. Janubiy turkiy tillari: turkman, ozarbayjon, turk, qrim-tatar tillari. F.E.Korsh turkiy tillarni fnetik xususiyatlaridan tashqari morfologik xususiyatlarini ham hisobga olib, quyidagicha tasnif qiladi: 1. Shimoliy guruh: qirg‘iz, qozoq, oltoy, Volga tatarlari, Shimoliy Kavkaz tatar tili. 2. G‘arbiy guruh. 3. Sharqiy guruh: runiy yozuvi tili, eski uyg‘ur tili, chig‘atoy, qipchoq kabi o‘lik tillar va xakas va karagas kabi jonli tillar. 4. Aralash guruh: yoqut va chuvash tillar. A.N.Samoylovich turkiy tillarni olti guruhga bo‘ladi: 1. R guruhi – xazar, bulg‘or, chuvash tillari kirib, z keyinchalik r ga o‘tgan tovush. R tovush bilan aytilgan (azaq-ayaq (oyoq) – ura). 2. D guruhi – uyg‘ur, tuva, karagas salar tillari, uyg‘ur va shimoliy-sharqiy turkiy tillar kirgan. Z tovush d tovushi bilan aytilgan. 3. Tau guruhi – oltoy, qirg‘iz, qumiq, qorachoy, balqar, karaim, tatar, boshqird, qozoq, no‘g‘oy kabi jonli turkiy tillar kiritiladi: tog‘-tau, bo‘l-bol deyilgan. 4. Tag‘liq guruhi – eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi uyg‘ur, hozirgi o‘zbek va tuva tillari kiritiladi. 5. Tag‘li guruhi – faqat o‘zbek tilining Xorazm shevasi kiritilgan. 6. Ol guruhi – turkman, ozarbayjon, usmonli turk, gagauz tillari kirgan. Bunda bo‘l fe’li o‘l, bol so‘zi ol tarzida bo‘lgan. Turkiy tillarni tasniflashda samarali xizmat qilgan N.A.Baskakov tilni g‘arbiy xun, sharqiy xun kabi ikki tarmoqli mayda guruhlarga bo‘lish bilan birga turkiy tillarning rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga bo‘ladi: I. Oltoy davri. II. Xun davri (milodiy V-asr) III. Qadimgi turk davri (V-X asrlar) IV. O‘rta turk davri (X-XV asrlar) V. Yangi turk davri (XIV-XIX asrlar) VI. Eng yangi davr (XIX-XX asrlar) Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan bog‘liq ravishda o‘zbek adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtiriladi. Jumladan, S.E.Malov o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo‘ladi. 1. Uyg‘ur adabiy tili. 2. Chig‘atoy adabiy tili. 3. O‘zbek adabiy tili. A.N.Samoylovich ham o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo‘ladi. Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XI asr), o‘g‘uz-qipchoq adabiy tili (XII-XIV asr), O‘rta Osiyo adabiy tili (XIV-XX asr). A.M.Shcherbak o‘zbek adabiy tili tarixini to‘rt davrga bo‘lib o‘rganadi: 1. O‘zbek adabiy tilining «eng qadimgi davri» (X-XIII asrlar) 2. O‘rta «chig‘atoy» tili davri (XIV-XBVII asrlar) 3. Yangi davr (XVII-XVIII asrlar) 4. Eng yangi davr (XIX-XX asrlar). R.Abdurahmonov o‘zbek adabiy tili tarixini quyidagicha davrlashtiradi: 1. Eng qadimgi turkiy til (VII-asrgacha). 2. Qadimgi turkiy til (VII-XI asr). 3. Eski turkiy til (XI-XIII asr). 4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asr). 5. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar). 6. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili. Ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa tasniflardan kelib, o‘zbek tili tarixini quyidagicha davrlashtirish mumkin. 1. Qadimgi turkiy xalqlar davrida adabiy til (V-X asrlar). 2. Ilk davr o‘zbek xalq tili (X-XIV asrlar). 3. O‘zbek xalq tilining takomillashish davri (XIV-XIX asrning 2-yarmigacha). 4. Milliy til unsurlarining paydo bo‘lishi, shakllanish va rivojlanish davridagi o‘zbek adabiy tili (XIX asrning yarmidan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Qadimgi turkiy til o‘zbek tili bilan bir qatorda barcha turkiy tillar kelib chiqishida bobo til vazifasini o‘tagan. O‘zbek tili tarixining ilk davriga oid manbalarga O‘rxun-Enasoy tosh bitiklari, uyg‘ur yozuvi yodgorliklari kirib, ularda qadimgi turkiy adabiy tilning shakllanishi va xususiyatlari aks ettirilgan. Ikkinchi davrning kitobiy til yodgorligi sifatida «Qutadg‘ts bilig», «Hibatul-haqoyiq», «Devoni hikmat», «Qissasi Rag‘buziy», «Muhabbatnoma», «O‘g‘uznoma» va boshqa ko‘plab asarlar yuzaga keldi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tili davri deb yuritilib, qadimgi turkiy tilning davomi sifatida shakllandi. Yusuf Xos Hojib ma’lum ijtimoiy-siyosiy zaminda ijod qilgan o‘z asarini eski turkiy tilda yozganini ta’kidlash maqsadida «Qutadg‘u bilig» yozma obidasining kirish qismida quyidagi jumlani keltiradi: «Bug‘raxon tilincha bu kitobdin yaxshiroq hargiz kimarsa tasnif qilmadi». («Qutadg‘u bilig» 26-bet) – «Hech kim bu kitobdan yaxshiroq Bug‘raxon tilida kitob yozmadi». Shuningdek, yana muallif djavom etib, - «не кут эр эшит энди) туркча масал» («Qutadg‘u bilig» 30-bet) – «endi bu turkcha masalni eshit, nima deydi, - deb uqtiradi. Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarini eski turkiy tilda yozganini ta’kidlash uchun «turk tili», «hoqoniya tili» kabi tarixiy dialektal, qabilaviy til xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan. Ahmad Yugnakiy «Hibatul haqoyiq» asarida uni eski turkiy tilda bitilganini maxsus misralar bilan ko‘rsatib o‘tgan: (анын уш чиšордим) bu turkcha kitob – shu bilan bu turkcha kitobni yozdim. Muallif yana asarida quyidagi geografik nomni eski turkiy tilga nisbatan qo‘llagan. Tamami erur Qoshg‘ariy til bila, Aytmish adib riqqati til bila, Agar bilsa Qashg‘ar tilin ar kishi, Bilur ul adibning ne kim aymishi. Ya’ni, «Qoshg‘ar tili bilan yozib tugallandi, adib tushunarli badiiy til bilan so‘zladi. Agar har kim Qoshg‘ar tilini bilsa, u adibning nima to‘g‘risida so‘zlanagini biladi». Yuqoridagi yozma manbalarda eski turkiy til nomi o‘rnida «turk tili», «turkcha masal», «bu turkcha so‘zuk», «bu turkcha kitob» birikmalari qo‘llanib, ular eski turkiy tilda ijod qilinganini ko‘rsatadi. «Hoqoniya tili» iborasi Qoraxoniylar davlati XI-asrda yuksak rivojlanishi natijasida qarluq, chigil, yog‘mo, uyg‘ur kabi lahjalar asosida shakllangan eski turkiy tilning shaklidir. «Buroxon tili» iborasi ham o‘sha davrda davlat tili maqomini olgan eski turkiy til mavqeini ifodalaydi. «Qoshg‘ar tili» iborasi Yugnakiy tomonidan qo‘llanib, eski turkiy adabiy til yuksak darajada butun sharqda Qoshg‘ar tili nomi bilan tarqalishini ifodalaydi. Yuqorida zikr etilgan nomlar turlicha bo‘lsa-da, eski turkiy til degan atamani inkor etmaydi, balki uning turlicha nom bilan atalishini ifodalaydi. O‘zbek tili tarixining uchinchi davri adabiy tilning to‘liq takomillashishi davri bo‘ldi. Bu davrda xalq adabiy tili o‘z san’atkorlari ijodi ta’sirida rivojlandi va mustahkamlandi. Bunda Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, A.Navoiy, Z.M.Bobur kabi ijodkorlar yaratgan asarlar beqiyos ahamiyatga ega. Ayniqsa. Alisher Navoiy ijodi o‘zbek adabiy tilining shakllanish bosqichida munosib o‘ringa egadir. Buyuk shoir deyarli barcha asarlarida o‘zining til xaqidagi qarashlarini, ona tilini rivojlantirish, uning boyligi va go‘zalligi haqidagi fikr-mulohazalarini bayon etadi. Umrining oxirida esa o‘zining bu sohadagi butun faoliyatini umumlashtiradi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qimmatga ega bo‘lgan «Muhokamat-ul lug‘atayn» asarini yozadi. So‘zimizning xulosasida shuni aytish mumkinki, juda uzoq tarixiy davrni o‘z ichiga olgan o‘zbek adabiy tili bugungi kunda turli sohalarida jiddiy, muhim yangiliklar bilan boyigan til bo‘lib, biz uni tarixini o‘rganishda boshqa turkiy tillar tarixiga tayanib va tillar tasnifi bo‘yicha chuqur va izchil bilimlarga ega bo‘lishimizni taqozo etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. V.Abdurahmonov, A.Rustamov. «Qadimgi turkiy til». 2. A.Muxtorov, U.Sanaqulov. «O‘zbek adabiy tili tarixi». Toshkent, «O‘qituvchi», 1995 y. 3. U.Tursunov, B.O‘rinboev, A.Aliev. «O‘zbek adabiy tili tarixi». Toshkent, «O‘qituvchi», 1995 y. 4. A.Sodiqov, A.Abduazizov, M.Irisqulov. «Tilshunoslikka kirish». Toshkent, «O‘qituvchi», 1981 y. 5. «Turkiy filologiyaga kirish». Ma’ruzalar matni. N.Uluqov. Namangan, 2001 y. 6. Q.Mahmudov. «Eski o‘zbek tilining nomlanishi». «Adabiy meros». 1990 yil, 3-son. 7. M.Qoshg‘ariy. «Devonu lug‘otit turk». 8. Yusuf Xos Hojib. «Qutadgu bilig». Toshkent, «Kamalak», 1992 y. Eski o’zbek tilida ravish REJA: 2. Eski o’zbek tilida morfologik usul bilan ravish yasalishi. 3. Sintaktik usul bilan ravish yasalishi. 4. Ravishlarda daraja formasi. Eski o’zbek tilida sham ravish kategoriyasi siz izgartiruvchi affikslar =abul =ilmasligi bilan xara kterlanadi. Bu shol ravish turkumining bosh=a musta=il siz turkumlaridan far=lovchi iziga xos belg isini tashkil etadi. Gapda ravishlar bosh=a so’zlar bilan bitishuv yili bilan bo\lanadi. Ayrim ravish larning tarkibidagi kelishik affikslari esa izining garammatik xususiyatini yi=otgan. Eski izbek tilida iste'molda bilgan ravishlarning va ravish ma'nosida =illanuvchi so’zlarning ma'lum =ismi bosh=a sistemadagi tillardan izlashtirilgan. Bunday so’zlarning kipchiligi eron tillarida ayriml ari arab tiliga mansub; Ащиста айтду=ымизни щам эшитур(тоф). Мен щаргиз алмишым йо=. (Раб\.) Не бор андо=ки щаргиз бор экандур. (Навоий). Учреди нагащ ра=иби (Лутор). Даима масту бенабар корунур. (Атойи). Eski o’zbek tilida iste'molda bo’lgan ravishlarning asosiy qismi yasama so’zlardan iborat bilib, ular morfologik va sintaktik usullar bilan xosil bo’lgan. Asli o’zbekcha tub ravishlar juda kam sonni tashkil etadi. Bulardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Бизнин атоларымыз ким, анену олдилар (Тоф., 7а) Бот бол, башын ал, =ач (Атойи, 10). Чы=ыбан =алъаны бэсунлэр бат (шн, 25). Сизиндэ кэзин биз тэк турма\ай-миз(Таф., 39 б). Йы\агыны тик тутуб турадур (бн., 457). Eski o’zbek tilida tub so’zlar sifatida tasavvur qilingan ayrim ravishlar aslida yasama ravishlar bilgan. Masalan: нару(нари), бэру(бери) ravishlari uzoqlikni anlatuvchi na va yaqinlikni anglatuvchi be so’zlariga qadimgi jinalitsh kelishigi affiksi -ru py qishilish bilan xosil bilgan. Shuningdek, эмди // emti ravishi tarixan "yana", "va" kabi ma'nolarni ifodalovchi em siziga – ди (-ти) qishilishi bilan shosil bilgan. Qadimgi yodgorliklar tilida –ти (ты) affiksi bilan bosh=a so’zlardan sham ravish yasalishi uchraydi. Masalan: эдгути (эдгу-яхши), тукэти (бутунлай, тамоман), =аты\ты (мащкам, кучли), узаты (узо=, анча ва=тгача), улаты (бирга, биргаликда, арыты (бутунлай, тамоман, батамом). Eski o’zbek tilida quyidagi affikslar bilan turli siz turkumlaridan ravish yasalgan. -cha - che affiksi bilan yasalgan ravish ish-sharakatning xolati, mi=dori, darajasi kabi ma'nolarni ifodalaydi yoki biror sharakat belgisining boshqa sharakat belgisiga ixshashligini kirsatadi. Bu affikslar turli so’zlarga =ishilib ravish yasaydi: 1. Otga qishiladi. Masalan: Улу\лу\ы бургунча бол\ай (Бн) Алар щам туркчэ айтурлар (нав. м.л. 187) Андин Феруза дарвозасы\а хиёбон =илиб, икки тарафида терак йи\очлари эктурубтур. (Бн. 446). -ча -чэ affiksi qishilgan ot egalik affiksi bilan kelgan bilishi sham mumkin. Masalan: Сув тыкулур ырнича тыкулур ерларда уй ырнига-уй ырнича ерни чу=урро= =илиб, ычо= поясидек тошларни бу чу=урларда куюб устига тош =оялар.(Бн-130). Ширин то\ойи чоп=унчининг кейинча бориб эди, бир оё= аф\он.., (Бн-135). Иморатларича эмас.(Бн-44). Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling