Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Download 1.75 Mb.
bet14/34
Sana02.06.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1834011
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Tarixiy grammatika

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

  1. G'. Abdurahmonov, SH. Shukurov. «O'zbek tilining tarixiy grammatikasi». Toshkent. «O'qituvchi», 1973.

    1. Nurmonov, N. Mahmudov va b. «O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi». Toshkent. «Fan», 1992.

  2. Ashirboyev S., Azimov I. «O'zbek tilining tarixiy grammatikasi». Toshkent. 2002.

  3. «Boburnoma». Toshkent. «Yulduzcha». 1989.

  4. Shajarayi Turk. Toshkent. «Cho'lpon», 1992.

Mavzu: O’zbek tilida olmosh – so’z turkumi.
R E J A :
1. O’zbek tilida olmosh – so’z turkumi.
2. O'zbek tili tarixida olmoshlarning tutgan o'rni.
a) qadimgi turkiy tilda;
b) eski o'zbek tilida;
3. Olmosh haqida olimlara fikri.

Olmosh deb ot, sifat, son o'rnida qo'llanuvchi so'larga aytiladi. Komila obodli qiz. U biz bilan o'qiydi. Bunday qizlar sinfimizda ko'p. Ikkinchi gapdagi u so'zi birinchi gaplagi ot – Komila o'rnida qo'llanilyapti, uchinchi gapdagi bunday so'zi esa birinchi gapdagi sifat odobli o'rnida ishlatilgan. Sinfimizda o'ttiz nafar o'quvchi o'qiydi. Sarvarlarning sinfida ham shuncha bola bor. Ikkinchi gapdagi shuncha olmoshi esa biinchi gapdagi son – o'ttizta o'rnida qo'llanilgan.


Olmoshlar gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajarishi mumkin. Olmoshlar ham son kabi boshqa so'z turkumlaridan yasalmaydi.
O'zbek tilida olmoshlar ma'nosiga ko'ra 7 turga bo'linadi:
1. Kishilik olmoshi. Shaxsni ko'rsatuvchi olmoshlardir. Ular nutqdagi ssho'lovchini (men, biz), tinglovchini (sen, siz), o'zga shaxslarni (u, ular) bildiruvchi so'zlardan iboratdir.
Birinchi shaxs-men olmoshi o'rnida ba'zan (badiiy uslubda) kamina mumtoz adabiyotda esa faqir, banda so'zlari qo'llaniladi.
2. Ko'rsatish olmoshi. Predmetlani ko'rsatish uchun xizmat qiladi: bu, shu, u, o'sha, na, mana, ushbu:
3. So'roq olmoshi. Predmet, belgi, miqdor haqida hamda predmetning kimga, nimaga qarashli ekanligi haqida so'roqni anglatuvchi olmoshlar: kim, nima, qanday, qanaqa, ne, qancha, necha.
4. Belgilash olmoshi. Predmet yoki uning biror belgisini jamlash, ajratish orqali umumlashtirib ko'rsatuvchi olmoshlar: hamma, bari, barcha, butun, jami, har kim, har nima, har bir, har qaysi.
5. Bo'limsizlik olmoshi. Ular inkor, mutlaqo, mavjud emaslik ma'nolarini ifodalaydi va so'roq olmoshiga hech so'zini qo'shish orqali hosil qilinadi: hech kim, hech nima, hech qanday va h.
6. Gumon olmoshi. Aslida mavjud bo'lmagan, ammo noma'lum bo'lgan narsa, belgini anglatuvchi olmoshlardir.
Ular so'roq olmoshiga alla so'zini qo'shish orqali allakim, allanima;
- dir qo'shimchasini qo'shish orqali kimdir, nimadir, qaysidir;
hosil qilinadi.
Olmoshalr yakka holda (men, sen, u), juft holda (shu-shu, nima-nima) ishlatilishi mumkin.
Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o'rinlarda ifoda qiladi. Shu nuqtai nazardan olmosh mustaqil so'z turkmumi hisoblansa-da, aniq bir ma'noga ega bo'lmaydi.
Olmosh guruhidagi so'zlar ham qadimgi turkiy til davridayoq shakllangan bo'lib, quyidagi turlari qo'llanilgan. Kishilik olmoshlari:
I. sh. мəн, бəн, биз
II. sh. син, сəн, сиз.
III. sh. ол, oлар
Ko'rsatish olmoshlari: бу, ол.
O'lik olmoshi: өз, кəнту.
So'roq olmoshi: ким? кимкə? нə? нəкə? =аны'?
Belgilash olmoshlari: =аму\ (щамма), бары, барча бунча.
Inkor olmoshi: нəн, “щеч”.
qadimgi turkiy til davridagi olmoshlarning hozirgi turkiy tillardagi olmoshlardan ba'zi fonetik tafovuti ham ko'zga tashlanadi.
Yodnomalar tilida bin (бəн) va мiн (мəн) olmoshlari teng qo'llangan:
- Мин (мəн) то=уз йигирми йыл шад олуртым.
II sh. birlik olmoshi yodnomalarda aksariyat sin shaklida qo'llangan. бəңгуил тута олуртагы син.
I, II sh ko'plik olmoshi biz, siz shaklida bo'lgan. Биз аз эртимиз.
Ko'rsatish olmoshi qadimgi turkiy til davrida bu ol shaklida bo'lgan.
Ko'rsatish olmoshlari qadimgi turkiy til davridagi asarlarda kuyidagicha qo'llangan.
Бу йирдə олурып.
O'zlik olmoshi ma'nosida bu davr tilida өз, кəнты-so'zlari iste'molda bo'lgan: элтəбəр өзи кəлти – то=уз о\уз будун кəнту будуным эрти.
So'roq olmoshlari kim, тə, qay, qan, qach shaklida bo'lib, uning boshqa ko'rinishlari ham shu shakldan yuxaga kelgan.
Birgalik olmoshlari ma'nosida =аму\ (hamma), бары, барча, бунча so'zlari qo'llanilgan.
Olmoshlarning qo'llanishi eski turkiy til davrida ayrim fonetik o'zgarishlarga uchradi.
Mahmud qoshg'ariy мəн so'zini shunday izohlaydi.
“Men so'zlovchi shaxs o'rnida qo'llanuvchi so'zdir”. Мэн аны имлэттым.
II sh olmoshi haqida: Сəн ikkinchi shaxs ma'nosidagi so'zdir. Bu so'zni turk qabilasi yoshda o'zidan kichiklarga qo'llab, o'zidan kattalarga siz olmoshini qo'llaydilar. Bu eski turkiy til davrida qichqa si tarzida uchraydi. Силəрга мəниндəн аси\ соз кəрəк.
Olim ta'kidlaydi: “Miz so'zi biz demakdir. Bu so'zning birinchi tovushi m b dan o'zgargan. Biz bardimiz, keldimiz, otimiz”.
“Нə” so'roq olmoshi haqida “Narsani aniqlash uchun ishlatiladigan so'roq so'zi нə дир, нə тəрсан-nima deysan demakdir” deb yozadi. Ач нə йəмəс, то= нə дəмəс. Bu davrda so'roq olmoshining ne, ne ko'rinishlari faol ishlatilgan holda undan нəчык, нəтəк, начə shakllari ham yasalgan.
На\утəк тəгир эмгəк сенга,
Нэдəк бэк былур бул будун\а улу=. (“qutadg'u bilig”).
Bu davr tilida, “Kim”? so'roq olmoshining ham qo'llanilishini M.qoshg'ariy ta'kidlar ekan, “shaxslarni aniqlash uchun qo'llanadigan so'roq olmoshi kimdir. Eski turkiy til davrida so'roq olmoshining qayu shakli qo'llangan. Асы\ли\ =айу ул асы\сыз =айу.
Bu davr tilida bu olmoshning qayda shakli ham ishlatilgan.
“qamug'”-hamma ma'nosidagi ko'plikni belgilovchi olmoshdir.
Eski o'zbek tili davrida shaxs olmoshi quyidagicha qo'llangan.
Birinchi shaxs birlik ma'nosini banda, faqir, haqir, men so'zlari ifodalagan.
II sh birligi uchun sen so'zi qo'llangan.
I. II sh birlik olmoshlariga eski o'zbek tilida ko'plik лəр shakli qo'shilmagan.
Сəн гулсэну мəн ща=ир булбулдурмəн,
Сəн шуъламəну, ул шуълага мəн =улдурмəн.
III sh birligi uchun ol // ul olmoshi qo'llangan. Bu olmosh kelishik qo'shimchalarini qabul qilgan paytda, qo'shimchaning o'zakka ta'siri natijasida o'zakda lablangan u // o unlisi qo'shilgan qo'shimchaning xususiyatiga qarab lablanmagan ə yoki a unlisiga aylanadi.
Tushum va qaratqich kelishigidagi n sonor tovushining ta'sirida o'zakdagi l undoshi ham n tovushga aylanadi.
Hijronda sog'inib мəни shod этгайсəн
Мəн xastani muxlis etiqod этгайсəн.
Bu xatni aning uchun bitdim munda
Ko'rgach bu xatimni, meni yod этгайсəн.
Biz olmoshi birinchi shaxs birligi hamda ko'pligi ma'nosida qo'llangan. Bizdin burun tarix aytqanlar arabiy lug'atlarni qoshub tururlar. (“Shajarai tarokima”).
Siz shakli II sh birligigsha nisbatan hurmat ma'nosida ham qo'llangan, ayni paytda u ko'plik –лəр qo'shimchasini ham olgan. Султон Ащмад бəг сизни падшащ кəпəрыр. Сизлəр =адан кəле-сиз? (“Boburnoma”).
Bu davr tilida ko'rsatish olmoshlarining ul, bul, shul, ushbu, oshul, osha, oshal, oshu, əнə, мəнə shakllari qo'llangan. Бу бозаны ичмəк щайал =ылдук. Ул йил Самар=андтын чы=ыб. (“Boburnoma”).
Ayni paytda bu davr tilida ush va bu ko'rsatish olmoshining birikuvidan ushbu olmoshi ham qo'llanilgan. Ushbu chvqda ham bir kishi bir kishidan sorsa. (Jash.tar).
Osh va ul birikuvidan oshul ko'rsatish olmoshi ham qo'llangan. Oshul qal'a ichiga kirishi.
O'zlik olmoshini ifodalovchi kentu so'zi iste'moldan chiqdi. Ushbu ma'noni fodalashda өз so'zi ishtirok etdi. Өз элини талаб ол=а =ылурлар. (“Boburnoma”).
Kim so'roq olmoshi eski o'zbek tilida ham shaxsga nisbatan ishlatilgan.
Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir,
Har kimki javo qilsa javo topqusidir.
Bu davrda birgalik ma'nosini ifodalashda барча, бары, баъзи so'zlari keng qo'llanilib, ayrim holatda hamma (hama), jumla shakllari ham iste'molda bo'lgan. qamug' olmoshi eski o'zbek tili davrida iste'moldan chiqqan.
Hamma Hojiyevaning “Kishilik olmoshi va hurmat ma'nosi” nomli maqolasida kishilik olmoshlarining lisoniy-nutqiy xususiyatlari bayon qilingan.
Kishilki olmoshlariga shaxs son, xoslik bilan birga II va III shaxsda hurmat ma'nosi ham xosdir. Ular ega vazifasida kelganda kesim bilan faqat shaxsda emas, hurmat jihatdan ham mos bo'ladi. Kesim fe'lining hurmatga betaraflikni ko'rsatuvchi shaklidan ifodalangan bo'lsa, olmoshning ham shunday shakli qo'llanadi. Sen kel, Nutqiy maqsadu vazifaga qarab fe'lning xuramtga betaraflik belgilangan boshqa shakllari, (ishlatiladi) aniqrog'i shaxs, son va hurmat qo'shimchasini olgan shakllari ishlatiladi. Sen kelding. Senlar ham bormochi edilaring.
Ikkita olmosh (u, ular) o'zga (III sh) nisbatana hurmatni darajalab, ifodalaydi. U keldi. U kelsin. O'zga shaxsga nisbatan hurmat esa birikma (u kishi) orqali ifodalanadi: u kishi keldi.
Nutqiy vaziyat hurmat darajasining yuqori bo'lishini taqozo qilsa, ul zot (hazrat, janob) kabi birikma ishlatiladi: Ul hazrat shunday bashroat qilganlar.
Gapda qo'shimcha doim qo'llanib, so'z (olmosh) zarurat bo'lgandagina ishlatiladi. Sizning fe'lingiz yaxshi emas. Fe'lingiz yaxshi emas.
Ikkinchi shaxs olmoshlarining pragmatik xususiyatlari haqida Nasiba Pozilovaning shu nomli maqolasidan quyidagi ma'lumotlarni bilish mumkin. Unda II sh olmoshlari sosiolingvistik aspektda, pragmatik planda o'rganilgan.
Ma'lumki “sen” olmoshi, bitta shaxsga, o'zidan kichik, so'lovchining yaqin kishisiga nisbatan qo'llanadi. Bundan tashqari, u biron shaxsga qo'pol muomaladi bo'lganda, hayvonga nisbatan ham ishlatiladi.
Kishilar tanishayotib odatda bir-birlariga “siz” so'zi bilan murojaat qiladilar. Bu holat “sen” so'zi bilan murojaat qilish uchun “ichki” zaruraiyat yuzaga kelguncha davom etadi.
“Salom” so'zi suhbatdoshlar tomonidan bir-birlariga “sen” so'zi bilan murojjat qilayotganlaridagina ishlatiladi. Agar ular birg'birlari bilan “siz”, lashsa salomashuv iboralari ancha kengaytirilgan holda bo'ladi.
Shunday qilib, “sen” olmoshi pragmatik jihatdan keng ko'lamda qo'llanadi. U bir necha semalarga ega: shaxslar o'rtasida qo'llaniladigan sema, bir tomonlama “sen”-lab murojaat qilishda va mavhum murojaatda qo'llaniladigan semalar.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling