Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Download 1.75 Mb.
bet10/34
Sana02.06.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1834011
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
Tarixiy grammatika

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

  1. G'. Abdurahmonov, SH. Shukurov. «O'zbek tilining tarixiy grammatikasi». Toshkent. «O'qituvchi», 1973.

  2. A. Nurmonov, N. Mahmudov va b. «O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi». Toshkent. «Fan», 1992.

  3. Ashirboyev S., Azimov I. «O'zbek tilining tarixiy grammatikasi». Toshkent. 2002.

  4. «Boburnoma». Toshkent. «Yulduzcha». 1989.

  5. Shajarayi Turk. Toshkent. «Cho'lpon», 1992.

Mavzu: Eski ozbek tilida sifat soz turkumining o’ziga xos xususiyatlari.
REJA:
I. Kirish: Sifat guruhidagi so’zlarda tarixiy o’zgarishlar.
II. Asosiy qism:
a) Eski o’zbek tilida sifatning ma'no va grammatik
xususiyatlariga ko’ra turlari.
b) Eski o’zbek tilida sifatlarning yasalishi.
v) Eski o’zbek tilida sifatning darajalari.
g) Sifatlardagi davriy o’zgarishlar.

III. Xulosa:


Eski o’zbek tilida sifatning umumiy xususiyatlari.


Sifat guruhini tashkil etuvchi so’zlar ham qadimgi turkiy til davridan boshlabok shakllangan bo’lib, ular usha paytda ham tub na yasama tarzda qullanilgan.Bu davr tilidagi asliy sifatlarnish aksariyash ayrim tovush jarayonlarini xisobga olmaganda, xozirgi turkiy tillarning kupchiligiga yetib keldi:
Ак, боз, йашыл, кок, кара,торуг, йуйка, кичиг йасы, йалан, йакы, йумшак, катыг, семиз va boshkalar.
Qadimgi turkiy til davrida sifat yasovchi old qo’shimchalar umuman iste'molda bo’lmagan. Shuningdek, xozirgi turkiy tilda mavjud bo’lgan sifat yasovchilarning ham barchasi bu davr tilida so’z yasashda qatnashmagan deyish mumkin. Ammo сиз,-сыз,-лик,-лык,-лык,-лыг, qo’shimchalaring is'temol doirsi keng
bo’lgan. Bu o’rinda izox talab bir xolat shundan iboratki, qadimgi turkiy til davrida ,-лык,-лыг -jarangli shakli sifat yasasa, ,-лик,-лык jarangsiz shakli aksariyat ot guruhidagi so’zlarni xosil qilgan.
Sifatning qiyosiy darajasi-рак,-рэк, (ак+сы+рак) qo’shimchasi, belgining o’ta ortiqligi en (en ilkiy)so’zi yordamida ifodalangan.
Eski turkiy davrida ham sifatlardagi shu xususiyat davom etgan deyishi mumkin. Ya'ni bu davr tilida ham sifat guruhidagi so’zlar xuddi qadimgi turkiy tildagidek rangni (ак,кара,кызыл,кок) hajmda (кэттэ,кичик,улуг), shaklni (эгри,туз,-тугри,йэси) ta'nni (ачыг,сучук) va boshqa ma'nolarni
ifodalashda davom etgan.
Sifatlarning yasalishida ham eski turkiy til davri bilan qadimgi turkiy davri o’rtasida umumiyliklar saqlanib qolgan. Chunonchi-лик,-лык,-лиг,-лыг qo’shimchasi otlarga qo’shilib, uzoqdan anglatilgan narsaga egalikni bildiradi:tesheklik bergin (Devon) tushakka moe, tushakka yaraydigan shoxi, charulik-charuklik er (chorg’i bor, chorikka ega odam) (Devon).-Сиз,-сыз qo’shimchasi otlarga qo’shilib, uzoqdan anglashilgan ma'noga ega emaslikni anglatadi jaynar okuz. kechiksiz bolmas (Devon) tez oqar katta anxor ko’priksiz bulmaydi. Ogulsiz tese erte koruks o’z sokush (Qutadg’u bilig).Ug’ulsiz deyish - odam uchun xunuk so’kishdir.
Mahmud Koshariy - чыл (чи+л) qo’shimchasi so’z ma'nosidagi doimiylik ortiqcha mullikni anglatish uchun qo’shilishini ta'kidlaydi. Йамгыр+ чыл (seryomg’ir joy).
Bu davr tilida sifatning oldingi qismining oxiridagi undoshni p yoki m ga almashtirib, ko’m-ko’k, sap-sariq tarzda qo’llaniladi. Eski turkiy til davrida sifatning ortirma nisbatini yasashda hozirgi tilda qora so’zi bilan keluvchi tim elementi chim tarzda qullanilgan. "Chim elementi bir narsaning ko’pligini oshirib ko’rsatish uchun so’zlar oldidan keltiriladi: chim yik et-juda xul, seli arimagan gusht, chim ul ton-juda xul tun".
Eski o’zbek tili davrida ham sifatlar narsaning rangini, shaklini, hajmini bildirishada faol qo’llanilgan: сарыг йуз (Сак.)сучук сез (Атойи), каро каш (Бобур), Тогры иол (Lutfiy). Ayni paytda bu davr tilida ham sifatlarning yasalishida qadimgi turkiy tilda ishlatilgan qo’shimchalarning aksariyati ishtirok etgan. Biroq shubhasiz davr xususiyati bilan bog’lik ravishda ayrim o’ziga xosliklar ham mavjud. Chunonchi, qadimgi turkiy til davrida лик,-лык,-лиг, -лыг (-лук,-лук,-луг,-луг) qo’shimchasi eski
o’zbek tili davrida ham sifat yasada ishtirok etdi: Sarv boyluk (Navoiy), Сарв бойлук (Навоий), гул чэхрэлик сарв-у раваным (Atoyi) kabi. Biroq gar qadimgi turkiy tilda bu qo’shimchaning faqat jarangsiz shakli ot yasashda ishtirok etgan bo’lsa, eski o’zbek tili davrida ular jarangli, jarangsizlikda farqlanmasdan ham ot, ham sifat yasashda ishtirok eta boshladi. Ammo uning ot yasashda ishtiroki kengaya bordi. Chuki eski o’zbek tilining ma'lum davrida, xususan XIII - XIV asr tilida -лик,лык,-лик,-лыг dan fonetik jihatdan o’sib chiqqan - ли,-лы,-лу qo’shimchasi ham sifat yasashda qatnasha boshladi: tatlu xurma (Taf.) Kezleru surmelu ) Nargiz kezli, shirin sezli (MN). Bu davr tilida --сиз, -сыз qo’shimchasi xuddi qadimgiturkiy til davridagidek sifat yasashda qatnashgani qolda, eron tillaridan o’zlashgan бэ олд qo’shimchasi ham uning ma'nodoshi sifatida ishlatila boshladi: бэфахм-у бэвафо (Bobur) kabi. Ammo nutqda ular hamisha ham ma'nodoshlikni yuzaga keltira olmagan, ya'ni bu ikki qo’shimchani olgan so’z nutqda doimo farqsiz ishlatilmagan.
Eski o’zbek tilida sifat darajalarining ifodalanishi bir tomondan eski turkiy til davri, ikkinchi tomondan hozirgi o’zbek tili bilan munosabati ko’zga ochik tashlanadi. Chunonchi, orttirma daraja ba'zan so’zning birinchi ochiq bugingi p, m, s, kabi tovushlar orttirilib, so’ng o’zak qo’shilish yo’li bilan qosil qilinadi. ап-ак кып-кызыл sifatlarning oldidan eng, bari ko’p, chum, asru, baridin so’zlarini keltirish yuli bilan ham belgining ortiqligi ifodalanadi:
Ya'ni meni mubtaloni istab, Ikki yuzi chum qaroni istab.(Navoiy)
Belgining ortiqligi ba'zan sintaktik usul-ikki so’zning aynan takrorlanishi yuli bilan ham qosil qilingan:
*Bu el erur barcha yomondan-yomon, Kimki yo’q andin yomon andin yomon.
(Navoiy)
Yaxshilikdin yaxshidur yorim ne nav' aylay tama' Vasling aning men ki bordurmen yomonlardin yomon.(Navoiy)

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling