Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими


Download 1.75 Mb.
bet9/34
Sana02.06.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1834011
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Tarixiy grammatika

5. Ravish ergash gap bosh gapdan anglashilgan yoki holatning qanday bajarilishi yoxud belgi-xususiyatning qay tarzda ro'y berishini ifodalaydi. Ravish ergash gapning kesimi –(i)b shaklli ravishdosh bilan ifodalanishi bilan xarakterlanadi: 1) Jabroil alayhissalom qaytib borib, zamindan eshitganlarini zor yig'lab Tangri taologa arz qildi. 2) O'ris shaharlariga borib savdo qilg'uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo'lib, chet ellarni ko'rgan Otabek majliska tansiqlandi. 3) Qo'lingdag'ini bo'shatib, o'rniga hojini olib chiq.
6. Payt ergash gap bosh gapning biror bo'lagidan, asosiy kesimidan yoki bosh gapning umumiy mazmunidan anglashilgan harakat-holatning ro'y berish yoki ro'y bermaslik paytini ko'rsatadi. Gaplar orasida zamon munosabati mavjud bo'ladi, bunda ergash gap bosh gapdagi harakat, xususiyat bilan barobar, bir vaqtda ro'y berishi yoki unda oldin yo so'ng kelishi mumkin. Bunda ergash gap bosh gapga –gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) –may, -(i)b qo'shimchali ravishdoshlar, -da qo'shimchali sifatdoshlar, -dan qo'shimchali sifatdoshdan keyin buyon, beri, keyin kabi so'zlarni, sifatdoshdan keyin ekan, edi to'liqsiz fe'llarini keltirish yo'li bilan bog'lanadi: 1) Jabroil alayhissalom yerga tushgach, bir kaft to'proq olmoqchi bo'ldi. 2) O'ylab-o'ylab bir narsachaga ham aqli yetmagach, o'rnidan turib toqchada yonib turgan sham'ni o'chirdi. 3) Va qoshqun solurda, tepib axir qildi.
7. Shart ergash gaplar bosh gapdan anglashilgan mazmunning qanday shart-sharoitda bajarilishini ko'rsatadi. Shart ergash gapning asosiy grammatik belgisi kesimining shart fe'li orqali ifodalanishidir. Shart ma'nosini ta'kidlash, kuchaytirish uchun ergash gapda agar, mabodo kabi so'zlardan biri qo'llanishi mumkin. Shart fe'li mantiqiy jihatdan kelasi zamonni ifodalaydi: 1) Ey farzand, bilg'ilki, agar nazaring bir bo'lsa, barcha ofatdin omon yurg'aysan. 2) Ey farzand bilg'ilki, agar kishi sidiqidil bila suvga oyoq qo'ysa, suv ham uning oyog'i ostida qattiq bo'lur. 3) Agar sen ushbu guruh bila hammajlim bo'lsang bo'lsang, sen ularga og'ir tushmag'il va ular ham senga og'ir tushmasin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Abdurahmonov G'. Shukurov SH. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. –T.: O'qituvchi, 1973 y.

  2. ashirboyev S., Azimov M. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi (o'quv-metodik qo'llanma). –T.: 2002 y.

  3. Abdurahmonov G'. O'zbek tili grammatikasi. –T.: O'qituvchi, 1996 y.

  4. Kaykovus. Qobusnoma. –T.: Istiqbol, 1996 y.

  5. Mirzo Ulug'bek. To'rt ulus tarixi. -T.: Cho'lpon, 1994 y.

  6. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. Mehrobdan chayon. –T.: G'.G'ulom noidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1994 y.

MAVZU: ESKI O'ZBEK TILIDA SODDA GAP


REJA:


  1. Sodda gap haqida umumiy ma'lumot.

  2. Sodda gap turlari.

  3. Sodda gap tasnifi.

  4. «Boburnoma» va «Shajarayi Turk» asarlarida sodda gaplarning qo'llanishi.

  5. Xulosa.

Bitta predikativlik markaziga ega bo'lgan hukm, so'roq, buyruq mazmunini ifodalaydigan bir yoki bir necha so'zlar yig'indisi gap deyiladi.
Gaplar tuzilish jahitdan sodda va qo'shma gap bo'ladi. Sodda gaplar ma'lum bir fikrni ifodalovchi, tarkibi ayrim gaplarga bo'linmaydigan gaplardir.

M: Chigizxon tarix besh yuz taqi to'qqo'zda to'nqiz yilinda Mo'g'ul yurtinda Yilun-Yilduq tegan yerda dunyoga keldi.


(Shaj.turk. 48-b.)

Bu gap sodda yoyiq gap bo'lib, uning tarkibi ayrim gaplarga ajralmaydi.


Gapning asosini ega bilan kesim tashkil qiladi. Shuning uchun ham ega va kesim gapning bosh bo'laklari deyiladi. Ega va kesimi bor gaplar ikki bosh bo'lakli gaplar deb yuritiladi:

M: Ulug' otasi Yulduzning qo'linda o'sti.


Jo'chixon borib otasig'a qilg'an ishlarini arz qildi.
(Shaj. turk.)

Tarkibida yo ega, yo kesim ishtirok etgan gaplar esa bir bosh bo'lakli gaplar deyiladi:


M: Taqi qaytib o'zina kelmadi.
Malik Muboriziddin teganini hokim qildilar. (SH.T.)
Bir bosh bo'lakli gaplar o'z ichida quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. Shaxsi ma'lum gap.

  2. Shaxsi noma'lum gap.

  3. Shaxsi umumlashgan gap.

  4. Shaxssiz gap.

  5. atov gap.

  6. Vokativ (undov) gap.

  7. So'z gap.

Shaxsi ma'lum sodda gaplar kesimiga savol berib ish-harakat bajaruvchisini aniqlash mumkin. shaxsi ma'lum gaplarning kesimi ko'pincha I, II, shaxs shaklida bo'ladi.

M: Ushbu yil shubhalik taomdin tarxiz qila boshladim. («Boburnoma»).


Sulton Jaloliddinga beraturg'an molning yarmini Chingizxong'a bering. (SH.T.).

Shaxsi noma'lum gaplar kesimi ko'pincha III shaxs ko'plik shaklida bo'lib, anglashilayotgan ega kokret shaxsga ishora qilmaydi. Bunday gaplarning kesimi derlar, ayturlar, dedilar, aytadurlar kabi so'zlar orqali ifodalanadi.


M: (Sulton Jaloliddin xalqi) Andoqkim, o'lukning kasratidin uch yerda xirgokni buyutkabdurlar. («Boburnoma»).


G'olibo bu viloyatni Lamg'on debturlar. («Boburnoma»).
Va Andijon va Qoshg'ar va ul orada o'rchin va Hindustonda pargana derlar. («Boburnoma»).

Shaxsi umumlashgan gaplar kesimi II shaxs birlik shaklida bo'lib, grammatik еgani aniqlash mumkin bo'lsada gapning mazmuni har uchchala shaxsga ham taalluqli bo'ladi. Maqollar, matal, hiqmatli so'zlar aynan shaxsi umumlashgan gap shaklida bo'ladi.


M: Beli og'rimaganning non yeyishiga boq.


Tanimasni – siylamas.
Ko'r tutganni qo'ymas.
It qilg'onni itorchi qilmas.
(«Zarbulmasal»).
Shaxssiz gap. Bunday gaplarda ifodalangan ish-harakat yoki biror faoliyat bajaruvchining faol ishtirokisiz amalga oshiriladi. Gaplar tarkibida grammatik ega qatnashmaydi va uni kesimi orqali ham aniqlab bo'lmaydi. Shaxssiz gaplarning kesimi harakat nomi shaklida, majxul nisbat fe'li orqali ifodalanadi. Kesim tarkibida kerak, darkor, lozim, shart kabi modal so'zlar ham mavjud bo'ladi.

M: Muhammad g'ozining qoni tuko'lmak kerak. (SH.T.)


Xon bila tamom yakro' bo'lmoq kerak.

Shaxssiz gaplarning kesimi fe'lning majhul formasi orqali ifodalanadi:


Mang'it yurti buzuldi.
Otlandi-da ikki bo'lundi.
(Shaj.T.).
Chun muncha taqrib bo'ldi, aning ustig'a ham borildi.

Oncha taxshandoz ko'rulmaydur erdi. («Boburnoma»).


Har ikkalasni Balhqo va Astrobodqa bir majlisga yukundurdi.


Sifatdoshning –mish formasi ham shaxssiz gapning kesimi bo'lib kela oladi.


M: Shaytoni bir vaqtda bulnalish erdi. («Qis.Rab.»)

Shaxssiz gaplarning kesimi -ма=/-мәк formali ish otlari bilan ham ifodalanishi mumkin.


M: Ul sunnat xatna qilmoq turur. («Qis.Rab»).

Atov gap voqelik haqidagi xabarni harakat shaklida emas, surat shaklida ifodalovchi gapdir.eski o'zbek tilida atov gaplar u qadar ko'p emas. Ular asosan asarlardagi sarlavhalar shaklida uchraydi.


M: Hikayat. (Rabg'.). Qissa (Rabg'.). She'r. (Rabg'.).

So'z gap borliq haqidagi tasdiq, inkor ma'nolarini bildirishi bilan boshqa gaplardan farqlanadi. Masalan, ha, yo'q, albatta, rost, to'g'ri kabi. To'liqsiz gaplar sodda gaplarning bir turi bo'lib, unda zaruriy bo'laklardan ba'zilari tushib qolgan bo'ladi xolos.


Hozirgi o'zbek adabiy tilida sodda gaplar va uning taxliliga bag'ishlangan ko'plab ilmiy qarashlar bor.
Ilmiy adabiyotlar sodda gap va uning turlarini turlicha tasnif qilishni tavsiya etadi.
Tasnif turlarining ko'pligi sodda gap mavzusini eng murakkab mavzu ekanini tasdiqlaydi va quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Ifoda maqsadiga ko'ra sodda gaplar darak, so'roq va buyruq gaplarga bo'linadi.
M: Necha yilkim, Astrobod hukumati Badiuuzamon mirzoda edi.
Mirzo filhol aytti kim: - Qaysi so'zlarni? («Boburnoma»).
Ko'rqush aytdi: «Hikoyat qil». («Zarbulmasal»).
2. Sodda gaplar bosh bo'laklarning ishtirokiga ko'ra bir bosh bo'lakli va ikki bosh bo'lakli gaplarga bo'linadi.
M: Avanishxonni Umar g'ozi sultonga berdilar. (1 bosh bo'lakli)
Emdi o'zga turkmanlarning beraturg'an mollarini ham mundin olib qolmaling.
Sulton g'ozi sultonning o'g'li Umar g'ozi sulton tug'ushli yaxshi yigit edi.
Avanishxon Urganchda o'lturdi.
Dinmuhammad sulton ul og'shom gardanxost berdi.
Kema ul vaqtda Urganch birlan Vazirnig orasindin yurur erdi.
Hojim sulton kelgandin so'ng barchasi o'lturub kengashtilar. («Shaj. turk»).
Chun, Sulton Ahmad mirzo murojaat qildi. («Boburnoma»).
3. Gap bo'laklarining ishtirokiga ko'ra sodda gaplar yig'iq sodda gaplar va yoyiq sodda gaplarga bo'lanadi.
Yig'iq sodda gaplar ega va kesimdangina tashkil topgan gaplardir:
M: Hojim sulton aytdi.
Ikkisi mindi.
Mashvarat yaxshidur.
Qurdush keldilar.
(«Shaj. t.»).
Ikki bosh bo'lakli gaplarda ko'pincha ega va kesimdan boshqa bo'laklar ham keladi. Bular gapning bosh bo'laklariga bevosita yoki bavosita bog'lanib kelib, gapning ikkinchi darajali bo'laklarini tashkil qiladilar. Gapning ikkinchi darajali bo'laklari bosh bo'laklarga ergashib, ularni aniqlaydi, fikrni to'ldiradi. Ular yo egaga bog'lanib, u bilan birgalikda kesim tarkibini tashkil qiladi.
Bosh va ikkinchi darajali bo'laklardan tashkil topgan bunday gaplar yoyiq sodda gap deb yuritiladi.
M: Bu fursatda Darvesh Gov otliq Andijonni arbobidin nomunosib so'z aytqon uchun yasoqqa yetdi.
Abubakr dug'lat Koshg'ariykim, hech kimga bosh indurmay, necha yil edikkim. Qoshg'ar va Xo'tan hokimi edi.

4. Zaruriy bo'laklarning ishtirokiga ko'ra to'liq yoki to'liqsiz gap.


M: Hazrati Xoja murabbiy va muqavviy edilar.

5. Voqelikka munosabatiga ko'ra sodda gaplar tasdiq gap yoki inkor gaplarga bo'lanadi:


M: Xon Axsi yovug'ig'a kelib necha qatla urush soldi, hech ish qila olmadi. («Boburnoma»).
Chingizxon uruqining tilin olmay yurugan kishilarin o'lturdi va yomonlarin o'zina boqunturdi. («Shaj.t.»).

6. Sodda gaplar murakkablashganligiga ko'ra murakkablashgan sodda gap.


M: Bu bo'yda bitilgan Sherbek, Hotam qo'rbegi, Kepak, Qulbobo, Abulhasan qo'rchi, mo'g'ullardin Ulus Ali Sayyid, Darvesh Ali Sayid, Xushkeldi Chalma, Do'stkeldi, Chalma tog'chi va Amachi Mindi; turkmanlardin Mansur va Rustam Ali og'a-inisi bila, Shohnazar Suyunduk. («Boburnoma»).
M: Ul vaqtda Tayjutning boshi Yorg'utoy Qiriltiq edi, aning otasi Oral, aning otasi Kadantoyshi, aning otasi Mamayqay qoon, aning otasi Murkaduhajna, aning otasi Jirqalanqum, aning otasi Kayduxon. («Shaj.turk»)
va murakkablashmagan sodda gaplarga bo'linadi:
M: Inilari yosh edi. («Shaj.t»).
Muhammad Husayn Qobulga chopturuldi. («Boburnoma»).
Xulosa qilib aytganda, eski o'zbek tilida ayniqsa uning dastlabki davrlarida, xususan XI-XIII asrlarda sodda gaplar qo'shma gaplarga nisbatan ko'p ishlatilmagan. Keyinchalik qardosh bo'lmagan tillarning ta'siri natijasida ya'ni arab, fors tillaridan bir butun tuzilmalarning kirib kelish natijasida qo'shma gaplar taraqqiyoti tezlashgan.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling