Мавзу : Эски узбек тилида сон суз туркими


Download 1.75 Mb.
bet5/34
Sana02.06.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1834011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Tarixiy grammatika

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Zahiriddin Mushammad Bobur "Boburnoma".-T. "Yulduzcha". 1989 y.
2. Ashirboev S. Azimov I. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. -T. 2002 y.
3. /.Abdurashmonov. Sh.Shukurov. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. -T. "O’qituvchi". 1973 y.
4. A.Muxtorov. U.Sanaqulov. O’zbek adabiy tili tarixi. -T. 1995 y.
5. B.Tiychiboev. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. -T.1996 y.
6. M.Asqarova. X.Abdurashmonov. O’zbek tili grammatikasining praktikumi. -T. "O’qituvchi". 1977 y.


Mavzu: Eski o'zbek tilida qo'shma gap.
Reja:



  1. Qo'shma gap haqida ma'lumot. Qo'shma gaplarning asosiy belgilari.

  2. Qo'shma gaplarning mazmun munosabati va grammatik tuzilishiga ko'ra turlari.

Ergashgan qo'shma gap, ergash gap bilan bosh gapni bog'lovchi vositalar.

  1. Ergash gap turlari:

    1. ega ergash gap;

    2. kesim ergash gap;

    3. to'ldiruvchi ergash gap;

    4. ravish ergash gap;

    5. payt ergash gap;

    6. shart ergash gap;

Grammatik tuzilishi hamda ohangiga ko'ra bir butunlikni tashkil etgan, bog'lovchi yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar qo'shma gani tashkil etadi.


Shaklan qo'shma gap biran ortiq sodda gaplarning birikuvidan tarkib topgan bo'lsa ham, bu sodda gaplar mazmunan yaxlit holda birikib, umumiy bir fikrni, maqsadni ifodalaydi. Bunday gaplar turli bog'lovchilar yoki bog'lovchilar vazifasidagi vositalar yordamida, yoxud turlicha ohang bilan o'zaro birikadi. Bunday qurilmalar gaplarning oddiy yig'indisi bo'lmay, yangi bir tuzilishni, yangi sifatni tashkil etganligi uchun sintaksisning alohida tekshirish manbai bo'ladi.
Qo'shma gapning asosiy belgilari:
1. Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-birini yoki biri ikkinchisini mazmunan izohlaydi va har ikkisi birikib, umumiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi: Agar molsizlikdan qashshoq bo'lsang, aqldan boy bo'lmoqqa say' ko'rguzgilki, mol bila boy bo'lg'ondan aql bila boy bo'lg'on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo'lur, ammo mol bila aql o'rganib bo'lmas.
2. Qo'shma gap tarkibidagi gaplar grammatik tomondan ham bir-birlariga bog'liq bo'ladilar. Bu xil gaplar kesimining bir xil yoki bir-biriga mos shaklda ekanligi, ularda umumiy ikkinchi darajali bo'laklarning mavjudligi, sodda gaplar tarkibida mazmuni izohlanayotgan bo'laklarning mavjudligi, kesimlar bir xil bo'lganda, ularning bir o'rinda – umumlashgan holda berilishi va boshqa xususiyatlar - qo'shma gap tarkibiy qismlarini tuzilish tomondan bir-biriga yaxlit bog'lab qo'yadi.
3. Qo'shma gap tarkibidagi gaplarning ohang jihatdan ham o'ziga xos xususiyati bor. Qo'shma gap tarkibidagi bir gapning ohangi va har ikki gap orasidagi to'xtam ikkinchi bir gapni talab etadi; ohang qo'shma gapning oxirida tugallanadi: Ota-onaga izzat va hurmatni qancha ko'p qilmang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo'lur.
O'zbek tilida qo'shma gaplar ma'lum mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va ohangiga ko'ra uch tipga bo'lanadi:


  1. Download 1.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling