Ergash gaplar bosh gapga qo'yidagi vositalar orqali bog'lanadi:
Tobe bog'lovchilar. Tobe bog'lovchilar – ki, -kim, nega-ki, zeroki, shuning uchun, toki, go'yo, go'yoki turli ergash gaplarni bosh gapga biriktiradi: Tibbiyotning eng yaxshi narsasi dorini va kasalni bilishdur. Bu ilm haqida ko'r gapirdimki, ba'zi kishilar o'zoq gapirishni yaxshi qo'rurlar.
Yuklamalar. –mi, xuddi yuklamalari: Ko'rmasmusanmu, chiroqning tirikligi ёg' bilandir.
Bog'lovchi vazifasidagi so`zlar. Ergash gapni bosh gapga bog'lashda ayrim so'zlar xizmat qiladi. Bular – deb, shu sababli, shuning natijasida kabi so'zlardir: … o'g'il-qizlari bo'lmagan, bo'lsalar ham yoshlikda o'lib ketganlar, shuning uchun bo'lsa kerak Otabekka ixlos qo'yib, unga o'z bolasi kabi qarar edi.
Fe'lning funksional shakllari shakllari sifatdosh, ravishdosh, shart fe'li ergash gapning kesimigina bo'lib qolmay, ergash gapni bosh gapga bog'lashda ham vosita bo'ladi: Qarosung'ur singari to'da Misr va Shom amirlari Malik Nosirdan yuz o'girib, O'ljoytu sulton Elxon panohiga keldilar.
Qo'shimcha vositalar. Fe'lning funksional shakllari bilan birga ergash gapni bosh gapga bog'lovchi qo'shimcha vositalar bo'ladi. Bular quyidagicha:
a) ko'makchilar: uchun, bilan, ko'ra, kabi, sari, beri va boshqalar: Hujra eshigini ochilg'anidan, sham' ёqilib, o'rin yozilg'anidan go'yo xabarsiz kabi, ustunga suyalg'ancha qotib turar edi.
b) yordamchi so'z vazifasidagi burun, avval, chog', payt kabi so'zlar: Tag'in bir necha daqiqa quloq uzmay turib, so'ngra o'rnidan turib edi; ichkaridan «ufff» degan ixrash eshitdi.
v) kelishik qo'shimchalari. O'rin-payt va chiqish kelishigi ergash gapni bosh gapga bog'lashga xizmat qiladi: Saroy qop-qorong'u tinch uyquda, … bu tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kurt-kurt xashak chaynashlari va atrofdagi xo'rozlarning qichqirishlarig'ina buzar edilar.
Ergash gaplar ifodalanayotgan mazmun va vazifalariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
ega ergash gap;
kesim ergash gap;
aniqlovchi ergash gap;
to'ldiruvchi ergash gap;
ravish ergash gap;
payt ergash gap;
shart ergash gap;
to'siqsiz ergash gap;
sabab ergash gap;
maqsad ergash gap;
natija ergash gap;
qiyoslash ergash gap;
o'rin ergash gap;
umumlashtiruvchi izoh ergash gaplar.
1. Ega ergash gap deb, bosh gapdagi ega vazifasidagi olmoshning ma'nosini aniqlab keluvchi yoki bosh gapga nisbatan ega vazifasida bo'lgan ergash gapga aytiladi. Bu xil ergash gapli qo'shma gaplarning mazmuni aniq harakat-holat, xususiyatlarga oid bo'ladi. Ergash gap bosh gapdan so'ng kelib, bosh gapning ot yoki fe'l kesimiga qo'shilib kelgan –ki bog'lovchisi orqali bosh gapga bog'lanadi. Ergash gapda kim, kimki, har kimki, shar kim, shunisi, shu, shu narsa kabi so'z va qo'shma so'zlar, ko'p hollarda bosh gap vazifasida bundan chiqdiki, ko'rinib turibdiki, o'z-o'zidan ma'lumki, ajab emaski, shubhasizki va boshqa shu kabi gaplar qo'llanadi: 1) Bundan chiqdiki, biz zolim boyu, siz batrak ekansiz-da. 2) Har kimki vafo qilsa, vafo topg'usidur. 3) Bas, ma'lum bo'ldiki, barcha tirik o'lg'usidur va hech kishi ajal yetmay o'lmag'usidur.
Do'stlaringiz bilan baham: |