Bog'lovchisiz qo'shma gaplar;
Bog'langan qo'shma gaplar;
Ergash gapli qo'shma gaplar.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning o'zaro grammatik bog'lovchilar yordamisiz birikuvidan tuzilgan qo'shma gaplar bog'lovchisiz qo'shma gaplar deyiladi: Falak taxtli, oftoyudek mamlakatlarni egallovchi nurli ra'yidan chehrasi ёg'du taratadi. qahridan dushmanlar dilini g'am bosadi, lutfi umedida muhiblari halok bo'ladi.
Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar o'zaro tobe yoki teng bog'lovchisiz birikadi. Ammo bunday sodda gaplarning tuzilishida leksik, morfologik, sintaktik muvoziylik bo'ladi.
Bog'langan qo'shma gaplar deb o'zaro teng bog'lovchilar yordamida birikkan,mazmuni va tuzilishiga ko'ra bir butunlikni tashkil etgan qo'shma gap turlariga aytiladi: Dashti qipchoq tomon ketayotgan halokuxon o'z yo'lini o'zgartirib orqasiga qaytdi va Ozarbayjon tomonga qarab ketdi.
Bog'langan qo'shma gapni boshqa qo'shma gap qurilmalaridan farqlab turuvchi asosiy grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarni bir-biriga bog'lovchi teng bog'lovchilar va yuklamalardir. Bog'langan qo'shma gapni tashkil etgan qismlar orasida ham bog'lovchisiz qo'shma gaplarda bo'lganidek payt, qiyoslash, sabab, natija, izohlash va ayirish mazmun munosabatini ifodalanadi.
Tobelashtiruvchi bog'lovchilar yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalar yordami bilan aloqaga kirib, biri ikkinchisiga mazmunan tobe bo'lib, uni izohlab kelgan gaplar birikmasidan tashkil topgan qo'shma gap turiga ergash gapli qo'shma gaplar deyiladi.
Ergash gapli qo'shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar xususiyatiga ko'ra ikki xil bo'ladi: boshqa bir gapga ergashib, tobe bo'lib, ikkinchi bir gapni izohlab, to'ldirib keluvchi gaplar ergash gaplar bo'lsa, mazmuni izohlanayotgan boshqaruvchi gap bosh gap hisoblanadi.
Bosh va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips bog'lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi.
Bosh va ergash gap o'zaro: 1) fe'lning funksional shakllarining qo'llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh, ravishdosh, shart fe'li); 2. yordamchi so'zlar orqali munosabatga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |