S.N. Serbenyuk boshlagan. “Geoinformatika ─ bu turli tabaqali va xududga ega geotizimlar haqidagi fazo-vaqtda tarqalgan ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tushunchasidir”. - Geografik axborot tizimi to'g'risida ma'lumot.
- Geografik axborot tizimi bu ma'lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimdir. (Berri. J)
- Bu ta'rif bir muncha to'liq emas, sababi inson axborot tiziminig muhim bir elementi sifatida ko'rsatilmagan, vaholanki inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida muhim rol o'ynaydi. Demak insonning bevosita qatnashuvi GATida muhim rol o'ynaydi va quyidagi ta'rif to'liq deyishimizga asosimiz bor.
- GAT bu dasturiy apparat va inson faoliyatining geografik ma'lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo'ljallangan kompleks tizimdir.
- Geografik axborot tizimining umumiy ko'rinishi
- GAT ni ta'riflashning yana bir usuli to'g'risida Marbl va Pyuke (Marble & Pequet 1983) tomonidan berilgan. Unga ko'ra GAT ining o'zi ham tizimlarga bo'linadi va ular quyidagilar:
- Ma'lumotlarni to'plash tizimi. Bu tizimda ma'lumotlar turli xil manbaalardan olinadi va boshlang'ich qayta ishlov amalga oshiriladi. Bu tizimnig asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma'lumotlarni o'zgartirish (rastr ko'rinishdan vektor ko'rinishiga keltirish)dan iboratdir
- Ma'lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi bu fazoviy ma'lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat.
- Ma'lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni xal qilish uchun ma'lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi
- Ma'lumotni chiqarish tizimi. Barcha yoki qisman ma'lumotlar bazasi jadval, diagramma yoki karta ko'rinishida tasvirlanib bosmaga chiqariladi, yoki foydalanuvchining talabiga ko'ra elektron yoki qog'oz ma'lumot ko'rinishida beriladi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |