Mavzu : Kirish, Qurilish mashinalari klasifikatsiyasi. Reja


-Mavzu : Suvoq ishlari da mexanizatsiya vositala ridan foydalanishda xavf sizlik texnikasi


Download 4.35 Mb.
bet13/23
Sana19.10.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1710099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Mavzu kanispekt (автовосстановление)

14-Mavzu : Suvoq ishlari da mexanizatsiya vositala ridan foydalanishda xavf sizlik texnikasi


Reja : 1. Suvoq ishlari haqida umumiy ma`lumot
2. Suvoq ishlaridagi asboblar
Bino va inshoot konstruksiyalarni suvash atmosferani zararli ta`sirlaridan,
mehanik va kimyoviy nojo`ya ta`sirlaridan asraydi, konstruksiya ovoz va issiqlik o`tkazuvchanligini kamaytiradi, ichki va tashqi yuzalarni manzarali bezash imkonini beradi. Suvoq, konstruksiyani namlik va shamoldan himoya qiladi, xonani sanitar gegenik sharoitlari, konstruksiyasi hamda olovbardoshligini oshiradi. Suvoq deb, ishlov beriladigan yuzaga plastik holatda suriladigan, tekislanadi, zichlanadi va eyinchalik qotib qoladigan qorishma qatlamlariga aytiladi. Ichki suvoq ishlari bino qavatlari bo`yicha pastdan yuqoriga, tashqi suvoq ishlari bino karnizidan boshlab, tepadan pastga qarab bajariladi. Ichki suvoq ishlari boshlanguniga qadar devor, orayopmalar, kommunikatsiya montaji, deraza va eshiklar kesakilari o`rnatilishi, oynabandlash ishlari tugatilishi zarur, tashqi ishlar boshlanguniga qadar – suv ketish quvurlari moslamasi qo`yilgan, yong`in zinapoyasi ulama mahkamlagichlari o`rnatilgan, ayvon o`rnatish tugatilgan, deraza va tashqi eshik bloklari o`rnatilgan bo`lishi zarur.
Suvoq turi va tarkibi uning vazifasi bilan belgilanadi. Yuqori namlikka ega bo`lgan xonalarda (vannaxonalar, kirxonalar, hammomlar) namga bardoshli sement suvoqlaridan foydalanish yaxshi samara bermadi. Bino yoki uning alohida konsruktsiyalarini issiqlik texnika tavsiflarini oshirish zarur bo`lsa, tarkibiga pemza, kichik zichlikka ega bo`lgan issiqlik saqlab qoladigan materiallar qo`shilgan qorishmalar qo`llaniladi. Tashqi ishlarni bajarishda qo`llaniladigan suvoqning manzarali (dekorativ) sifatlari va sovuqqa bardoshliligi, qoplangan qatlam ko`p yillar mobaynida, ayniqsa, kuz–qish mavsumida yuqori namlik va haroratning doimiy 0 ℃ dan past bo`lishida o`zining funksiyalarini bajara olish imkonini beradi.
Suvoqlar quydagi 3 yo`nalish bo`yicha tasniflanadi:
Bog`lovchilar turiga ko`ra – sementli, ohakli, sement-ohakli, ohak-gipsli, ohak-
loyli; bajarilish murakkabligiga ko`ra – oddiy (yordamchi va omborxonalarga ishlov berish), yaxshilangan (turar-joy xonalari, savdo zallari, o`quv muassalariga ishlov berish) va yuqori sifatli (muzey, teatrlar, ma`muriy, ofisli bino va xonalarga ishlov berish) bo`ladi; vazifasiga ko`ra – oddiy, manzarali va maxsus (tashqi noqulay omillardan qo`shimcha himoya) bo`ladi.
Ma`lum sifat va xossaga ega bo`lgan sifatli suvoq olish uchun (ovozdan himoya, issiqlik himoya, namga bardoshlik)turli materiallar: bog`lovchilar, to`ldiruvchilar, suv, va qo`shimchalar qo`llaniladi. Bog`lovchilar – kukunsimon moddalar bo`lib, suvga aralashtirilgandan so`ng xamirsimon holatdan vaqt o`tishi bilan qotib, toshsimon holatga o`tadi.
Suvoq ishlarida qo`llaniladigan asosiy bog`lovchilar: sementlar (portlandsement, putsolanli sement, shlakoportlandsement, kengayadigan, gidrofobli, kislotaga bardoshli, rangli va boshqa maxsus sementlar), qurilish gipsi, qurilish ohagi (so`ndirilmagan, yanchilgan, ohak xamiri). To`ldiruvchilar – qorishmalarini tarkibiy qismi, ularga qum, shlak, shag`al va boshqalar kiradi.



Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling