Mavzu : Mahsulot turlari bo’yicha tannarx tahlili. Reja. Kirish


Download 381.38 Kb.
bet9/24
Sana06.02.2023
Hajmi381.38 Kb.
#1169474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
SHoyqulov husni tahluil

chetlanishini hisoblash zarur, ya’ni bazis davri yoki biznes-rejaga

nisbatan xarajatlar buyicha tejalishini yoki ortiqcha sarf qilinishini

aniqlash lozim bo’ladi.

Nisbiy farq ishlab chiqarish tannarxi darajasini aniqlash bilan



hisoblanadi.

Xarajatlar buyicha tejash yoki ortiqcha sarf qilinganligini, ya’ni

xarajatlarni nisbiy farqlarini aniqlash uchun xarajatlarni haqiqiy va bazis

davr daraja kursatkichlari orasidagi farqni haqiqatda realizasiya qilingan



mahsulot summasiga kupaytirish yo’li bilan aniqlash mumkin.

D Xar as.fao =(Dar xaq. xar -Dar) . Real xaq baz. xar

Bunda: D Xar as. fao. - xarajatlarni nisbiy farqi

(tejam yoki ortiqcha sarf);

Dar xaq. xar - xarajatlarning haqiqiy darajasi;

Dar baz. xar – xarajatlarning asos davridagi darajasi;
Real haq - hisobat davrida haqiqatda realizasiya qilingan mahsulot summasi.

Keyinchalik ichki va tashqi omillarni korxonaning xarajatlar hajmiga

ta’sirini hisoblash va urganish zarur. Korxonaning xarajatlar darajasiga

va summasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

Ishlab chiqarilgan va realizasiya qilingan mahsulot hajmi; Xom ashyo va material xarajatlari;


Ishlab chiqarish xodimlari va boshqaruv personalining miqdoriy va sifat tarkibi;
Ishchilarning mehnat unumdorligi;

Boshqa tashkilotlarning xizmatlari va ta’rifi;



Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning ishlatilishi samaradorligi; Joriy (oborot) mablag’larining ishlatilish samaradorligi;
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan shartnomaning uz vaqtida va sifatli tuzilishi va tulov-hisob intizomining tashkil etilishi.
Bu omillarning har biri u yoki bu xarajatlarga ta’sir qilib uzining hisoblash usuliga ega. Korxona rahbarlari, analitiklar va auditorlar xarajatlarni urganish va tahlilchi qilishida bu omillarning ta’sirini hisoblashni bilishi kerak, har bir faktorni alohida tahlil qilib, ular asosida mablag’larning tejamkorlik bilan sarflanishi va kamayish imkoniyatlarini aniqlab, xarajtlar samaradorligi buyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tegishli va tavsiyalar maslahatlar ishlab chiqarishlari lozim.

Uzgaruvchi xarajatlarga «sotilgan tovarlar, mahsulot, ish,

xizmat tannarxi»ni va «tijorat xarajatlari»ni kiritish mumkin. Doimiy

xarajatlarga (ishlab chiqarish hajmiga va mahsulot realizasiyasiga tobe

bulmagan) quyidagilar kiradi: «Boshqaruv xarajatlari», «Realizasiyaga

taalluqli bulmagan xarajatlar» va «Favqulodda xarajat»lar.

Uzgaruvchi xarajat moddalari yuqorida ta’kidlanganidek ishlab

chiqarilgan va realizasiya qilingan mahsulot hajmiga tobe bulib, ularning



uzgarishiga muvofiq ravishda uzgaradi.

Uzgaruvchi moddalar summasiga realizasiya qilingan mahsulot

hajmi uzgarishining ta’sirini aniqlash uchun realizasiya qilingan tovarlar

summasining farqini sotilgan tovar, mahsulot, ish, xizmatlarning

tannarxini bazis darajasiga kupaytirish kerak. Hisob quyidagi formula

orqali amalga oshiriladi:



Xar = (Real haq. sotil – Real bazis sotil ) . Dar bazis har

Bunda: D Xar – xarajatlar summasining farqi;

Real bazis sotil - bazis davrida realizasiya qilingan mahsulot

summasi;

Dar bazis xar - bazis davridagi xarajat darajasi.


Download 381.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling