Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Ekstrakardial asab boshqarish mexanizmi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adashgan asablarning yurakka ta’siri
Ekstrakardial asab boshqarish mexanizmi Yurakning ish faoliyati-qisqarish tezligi va kuchi organizmning faolligiga va yashayotgan tashqi muhitning turli sharoitiga qarab o‘zgaradi. Organizimning faoliyatiga va tashqi muhit sharoitiga yarasha qon bilan ta’minlanishi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Yurak ishining bunday o‘zgaruvchanligi va organizm talablariga moslanishi ekstrakardial asab boshqarish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Tabiiy sharoitda yurak ishining boshqarilishida markaziy asab tizimi (MAT) dan simpatik va parasimpatik (adashgan, sayyor) asablar orqali keladigan impulslar yetakchi rol o‘ynaydi. Bu impulslar yurak urishi tezligi (xronotrop ta’sir), kuchli (inotrop ta’sir) va o‘tkazuvchanligini (dromotrop ta’sir) o‘zgartirishi mumkin.
Sensor (sezuvchi) neyronlarda elektrik jarayonlarining tahlilicha yurak bo‘lmalarida ikki xil mexanoretseptorlarning borligi aniqlangan. Sistola davomida A-mexanoretseptorlar va diastolada B-mexanoretseptorlar javob berishadi. Bundan tashqari, yurakning subendokardial tuzilmasida asab uchlari joylashib, ularning bir qism tolalari simpatik asab tizimiga o’tadi. Yurakka markaziy asab tizimining simpatik va adashgan asab tolalari orqali keluvchi impulslar yurakning asab boshqarilishini amalga oshiradi. Barcha vegetativ asablar singari, yurak asablari ham ikki neyrondan tarkib topgan. Uzunchoq miyada joylashgan birinchi neyronning o’siqlari adashgan asabni hosil qiladi. Bu neyron yurakning intramural tugunlarida tugaydi. Shu yerdagi ikkinchi neyronning o‘siqlari sinoatrial tugunga, bo‘lmalarning mushak tolalariga va atrioventrikulyar tugunga boradi. Yurak qorinchalari adashgan asabdan innervatsiya olmaydi. Yurakka qo‘zg‘alishni o’tkazuvchi simpatik asab tizimining birinchi neyronlari orqa miya ko‘krak bo‘limining yuqoridagi bitta segmentining yon shoxlarida joylashgan. Bu neyronlarning o‘siqlari bo‘yindagi va ko‘krak yuqorisidagi simpatik tugunlarda tugaydi. Adashgan asablarning yurakka ta’siri Adashgan asablarning yurakka ta’sir etishini nemis olimlari aka-uka Veberlar 1845 yilda birinchi marta ko‘rsatib berishgan. Ular bu asablarga clektr toki bilan ta’sir etilganda yurak ishdan butunlay to‘xtab qolishgacha tormozlanishini aniqlashdi. Umuman, organizmda asablarning tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi birinchi marta shu tariqa aniqlangan edi. Adashgan asabni qirqib, periferik (atrofiy) uchiga elektr toki bilan ta'sir etilganda, yurak qisqarishi ta’sirot kuchiga bog’liqligi ham aniqlangan. Ta'sirot kuchi past bo’lsa, yurak qisqarishlari sekinlashadi (yurak siyrakroq uradi). Bu hodisa manfiy xronotrop samara deb ataladi. Yurakning qisqarish amplitudasining kamayashi manfiy inotrop samara deyiladi. Adashgan asabga elektr toki bilan kuchli ta’sir berilsa, yurak faoliyati qisqa vaqt davomida to‘xtalib qoladi. Buning sababi, adashgan asabga ta'sir qilayotgan vaqtda yurak mushagining qo‘zg‘aluvchanligi pasayadi. Modomiki shunday ekan, uni ko‘zatish uchun ancha kuchli ta’sirotdan foydalanish kerak bo‘ladi. Qo’zg‘aluvchanlikning adashgan asab (nelvus vagus) ta’sirida shunday pasayishi manfiy batmotrop samara deb aytiladi. Adashgan asab ta’sirlanganda yurakning o‘tkazuvchanligi yomonlashadi - manfiy dromotrop samara kuzatiladi. Adashgan asab ta’sirlanganda hujayra membranasi potensialining ortishi giperpolyarizatsiya va uning kamayishi depolyarizatsiya deyiladi Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling