Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Fiziologiya tarixining qisqacha ta’rifi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Fiziologiya tarixining qisqacha ta’rifi. Odam fiziologiyasi tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Qadimgi ilmiy izlanishlarda tajribalar kishi tanasining tuzilishi va uning faoliyatini bilish, o'rganish uchun turtki, bo’lib xizmat qildi. Bu intilish, tabiatshunoslar va tabiblar uchun muhim naza-riy va ilmiy poydevor bo'lib xizmat ko'rsatdi, chunki tabiblar uchun kasallikning kelib chiqish sabablari, uni davolash yo'llarini qidirib topish uchun zarurat edi. Odam fiziologiyasining taraqqiyoti asosan ikki bosqichda rivojlandi.
Birinchisi, odam anatomiyasi, ya'ni a'zolarning tuzilishini va joylanishini o'rganish, ikkinchisi, shu a'zolarning faoliyati (funksiyasi), ya'ni a'zolarda bo'lib o'tadigan turli jarayonlarni o'rganish. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun avvalo odam a'zolariga o'xshash a'zoli hayvonlar o'liklarini kesib, a'zolarning joylanishini va tuzilishini o'rganila boshladi, so'ngra a'zolarning funksiyasi to'g'risida fikr yuritila boshladi. Odam organizmining hayot faoliyatini o'rganishga qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, Hindiston va Misr olimlari asos solgan. Masalan, Buqrot eramizdan oldingi (46O-377) yillarda tabiat va tibbiyot sohasida o'zigacha bo'lgan ma'lumotlarni to'plab kuzatishlari asosida tibbiyot fanidan 7-ta ilmiy asarlar yozgan, bu qo'llanmalardan tabiatshunoslar, shifokorlar va faylasuflar 2OOO yil davomida foydalanib kelmoqda. Buqrot ko'hna Yunoniston tibbiyotining reformatori (qayta quruvchisi) hisoblanadi, yurak va qon tomirlari, hamda odamning mijozi (temperamenti) haqida muhim ma'lumotlar bergan. O'rta asrlar davomida Sharq mamlakatlarida ilm va fan juda 3 rivojlandi. Xurosonda yashab ijod etgan tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq al Ibodiy (8O8-877) arab, fors, qadimgi grek tillarini yaxshi egallangan. Buqrot, Arastu, Jolinus va boshqa antik olimlarning ilmiy asarlarini arab tiliga tarjima qilgan olimtarjimon edi. Tarjimalaridan tashqari Husayn ibn Isoq tomonidan yozilgan 1OO dan ortiq asarlaridan aksariyati tibbiyot va dorishunoslikka bag'ishlangan asliy asarlar nusxalari bizga yetib kelgan. Buqrot va Jolinusdan keyingi qadimgi Sharq tabo-batining yirik nazariyotchi namoyondasi Husayn ibn Isoq tomonidan yozib qoldirgan meros asarlari boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Shunday asarlardan bin (Jolinusning siydik haqidagi hamma narsani qamrab olgan kitobi) dir. Arab tiliga tarjima qi-lingan bu asar siydik tahliliga va uning asosida tashxis qo'yishga bag'ishlangan. Husayn ibn Isoqning bizga yetib kelgan tarjima asarlaridan yana biri «Ar-risolaal Qabriya» deb ataladi. Risola Buqrot qala-miga mansub bo'lib, uning qabridan topilgani uchun qabriya deb atalgan. Risolaning asosiy qismi hadisdan iborat bo'lib, unda asosan davolab bo'lmaydigan kasalliklari bayon qilinadi. Husayn ibn Isoqning arab tiliga tarjima qilgan mazkur «Qabriya risolasi» ni Xomidxon ibn Zohidxon ibn Muhammad Sodiqxon Shoshiy o'zbek tiliga tarjima qilgan. Bizga bu tarjimaning Xomidxon qo'li bilan yozilgan qo'lyozma nusxasi yetib kelgan. Abu Sahl Masihiy Jurjoriiy (97O-1O1O) Jurjonda tug'ilgan, Xorazmda yashab, ijod etgan. O'sha vaqtda Xorazmda Aburayhon Beruniy, Ibn Sino, Abul Xayr, Ibn Iroq va boshqalar ham yashar edi. Masihiy zamonasining yirik tabiatshunosi, tabibi,astronomi va faylasufi bo'lgan va shu sohalarga oid asarlar yozgan. Biroq, fan tarixida Masihiy tabib sifatida mashhurdir. U Ibn Sinoning yaqin do'sti va tabobat sohasida uning ustozlaridan bin bo'lgan. Masihiy Ibn Sino bilan birgalikda Xorazmdan Xurosonga o'tib ketayotganda 4O yoshda 1O1O yili vafot etgan. Masixiy yozgan 8 tibbiy asar bizgacha yetib kelgan, ulardan biri qomusiy ahamiyatga ega, qolganlari tabobatning ayrim masalalari: umumiy terapiyaga,odam a'zolarining fiziologiyasiga, chechakka, o'lat (chuma) ga, mijozga, tomir urushiga va badantar-biyaga bag'ishlangan. Masihiyning asosiy va eng katta asari «Tabobat san'ati bo'yicha' yuz kitob») deb nomlangan. Bu asar bizgacha ko'pgina nusxalarda yetib kelgan. O'zbekistonda dastlabki fiziologik tadqiqotlar Turkiston dorilfununining hayvonlar fiziologiyasi kafedrasining mudiri prof. E.F.Polyakov va shu oliygoh tibbiyot fakulteti qoshidagi me'yoriy fiziologiya kafedralarida olib borilgan. Organizm ftinksiyalarining boshqarilishi va ularning xususiyatlari haqida tushuncha. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling